K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
159
Eritrositar massa gematokrit 80%dan yuqori bo‘lmagan
asosiy
gemotransfuzion vosita, eritrositar massa konservatsiyalangan qondan
plazmani ajratib olish yo‘li bilan olinadi. Eritrositar massasini quyish,
qonda kislorod tashish vazifasini qayta tiklash uchun tanlash uslubi
hisoblanadi. Yaxlit qon bilan qiyoslanganda eritrositar massa kam hajmda
aynan shu miqdordagi eritrositlarni saqlaydi, ammo o’zida nisbatan kam
sitrat mahsulotlarni hujayraga tarqatishi, hujayrali va oqsilli antigenlar
hamda
antitanachalarni
saqlaydi.
Surunkali
anemiya,
yurak
yyetishmovchiligi mavjud keksa yoshli bemorlar
qon hajmining keskin
oshishini yomon qabul qiladilar, shuning uchun qonda kislorod miqdori
kamayganda ularga eritrositar massa quyish maqsadga muvofiq, chunki
qon
hajmining
o‘rtacha
oshishi
hamda
uning
natijasida
sirkulyatsiyalanuvchi eritrositlar miqdorini oshishi orqali to‘qimalarga
kislorodning kelishi nisbatan yaxshilandi. Bundan tashqari, eritrositar
massaning transfuziyasida nogemolitik transfuzion reaksiya yaxlit qon
quyishga qaraganda eritrositar massa quyishda nisbatan kamroq
kuzatiladi. Shu bilan bir vaqtda virusli infeksiyalarning o‘tish xavli
kamayadi.
Davolash amaliyotida tayyorlash uslubi va tayinlash ko‘rsatkichiga
bogliq holda eritrositar massaning bir qancha turlari qo‘llaniladi.
Gematokrit 80% dan ko‘p bo‘lmagan
standart nisbatan tez-tez
foydalaniladigan eritrositar massada 5 antigendan kam bo‘lmagan,
chunonchi A, В antigenlar va D rezus tizimida aniqlangan transfuzion
vosita fenotiplangan eritrositar massa tayinlanadi.
Eritrositlar antigenini alloimmunizatsiyalanishdan ogohlantirish
maqsadida tayinlanadi. Fenotiplangan eritrositar massani quyish
talassemiyani aplastik krizida bemorlarda ko‘p martalik transfliziyaga
asosiy ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi. Bunday holatlarda birinchi
transfuziyadan oldin fenotiplangan retsipiyentlar zarur. Eritrositar massa
bilan
bir qatorda resuspendirlovchi, konservatsiyalovchi qorishmada
eritrosit suspenziya (eritrositlar va qorishma orasidagi munosabatni uning
gematokriti, qorishma tarkibini saqlashning davomiyligini aniqlab
beradi), shuningdek eritrositar massa leykositlar va trombositlar bilan
birlashgan hamda muzlatilgan eritrositar massa muzdan xalos qilingan va
yuvilgan holda foydalaniladi. Ushbu transfuzion vosita ko‘p tuqqan
ayollarda og‘irlashgan transfuziyadan keyingi anamnezli kishilarda
leykositli yoki trombositli antitanachalar aniqlanishi mumkin bo‘lganda
о‘rnini bosuvchi terapiyani o‘tkazish zarur.
Bunday retsipiyentlar mos
O’quv qo’llanma
160
kelmaydigan leykositlarni transfuzion vosita quyilgandan keyin febril
nogemolitik reaksiya berishi mumkin. Xarakterli reaksiyaning tezligi va
og‘ir o‘tishi eritrositar massa bilan quyilgan leykositlar miqdoriga mos
keladi. Leykositlar va trombositlar bilan quyilgan eritrositar massani
quyish gistoleykositlarni antigenlar bilan alloimmunatsiyalangan hamda
trombositlarning quyilishdagi refraktorlikning profilaktikasi maqsadida
ko‘rsatma hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan maxsus leykositarli filtrlar,
eritrositar
massadan mikroagregatlar, trombositlar va leykositlarni
samarali ajratib olish imkonini beradi. Muzdan xalos etilgan va yuvilgan
eritrositar massa tiransfuzion vositani saqlovchi boshqa eritrosit bilan
kam miqdorda leykositlar, trombositlar va plazmani saqlaydi. U
autotransfuziya maqsadida qonning kamdan-kam uchraydigan guruhini
saqlash uchun hamda qon tarkibiy qismlarini uzoq vaqt (yillar davomida)
saqlash uchun ideal shaklni o‘zida namoyon qiladi. Muzdan xalos etilgan
va yuvilgan eritrositar massa muzdan xalos etilgandan keyin 24 soat
ichida foydalanilishi kerak. Muzdan xalos etilgan yuvilgan eritrositlarni
quyish
og'irlashgan
tranfuzion
anamnezli
bemorlarda
ularda
antileykositar va antitrombositar antitanachalar aniqlanganda alohida
ko'rsatma hisoblanadi.
Fiziologik qorishmali eritrosit suspenziyasi, izotonik qorishma yoki
maxsus yuvish vositasi bilan 3 karra yuvish yo‘li bilan olinadi.
Yuvish
jarayonida plazma oqsillari, leykositlar, trombositlar, hujayralar
mikroagregatlari va hujayra tarkibiy qismlari saqlanishda buzilgan
stromalardan xalos etiladi. Fiziologik qorishmali
eritrosit suspenziyasi,
anamnezida nogemolitik tipdagi transfuziyadan keyingi reaksiya bor
bemorlarda, shuningdek leykositar va trombositar antigenlari va plazma
oqsillari sensibilizatsiyalangan kishilarga quyish ko’rsatma hisoblangan
arektiogenli transfuziya vositada o‘zini namoyon qiladi. 4°C haroratda
fiziologik qorishmali eritrosit suspenziyasini saqlash muddati ular
tayyorlangan vaqtdan 24 soat hisoblanadi.
Standart eritrositar massa 4-2°C haroratda saqlanadi. Saqlash
muddati
qon
yoki
resuspenziyalovchi
qorishma
uchun
konservatsiyalovchi qorislima tarkibida aniqlanadi.
Glugitsir yoki
sitroglukofosfat qorishmasida tayyorlangan qondan olingan eritrositar
massa 21 kun davomida, siglufad, CPDI qorishmasi tayyorlangan qonda
35 kungacha saqlanadi. Eritrositar qorishmada resuspenziyalangan
K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
Do'stlaringiz bilan baham: