Samarqand davlat tibbiyot instituti. Mavlyanov f. Sh., MAVLYANOV Sh. X., Xayitov u. X. Tibbiyot kasbiga kirish



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/63
Sana16.07.2022
Hajmi3,15 Mb.
#810292
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63
Bog'liq
Tibbiyet (5)

Quyidagilar mumkin emas: 
- ko’zni sovun yoki dezinfeksiyalovchi eritma bilan yuvish. 
Zararlanganligiga gumon qilingan qon va boshqa biologik suyuqliklar 
og’izga sachraganda harakat tartibi quyidagicha: 
- zudlik bilan og’izga tushgan suyuqlikni tuflab tashlash; 
- og’izni bir necha marta suv yoki fiziologik eritma bilan chayish. 
Quyidagilar mumkin emas: 
- yuvish uchun sovun yoki dezinfeksiyalovchi eritmalardan foydalanish. 
Tibbiy avariyani ro’yxatga olish uchun O’zbekiston Respublikasi sog’liqni 
saqlash vazirligining 2006 yil 26 iyundagi 287-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan
f-521 X shaklidagi avariya jurnalidan foydalaniladi. 
 
OPERATSIYADAN OLDINGI DAVRDA
 BEMORLAR PARVARISHI. 
Operatsiyadan oldingi davr – shifoxonada bemor to’liq tekshirilib klinik 
diagnozi aniqlanib, operatsiya qilinishi to’g’risida qaror qabul qilingan va 
operatsiyaga rozilik olingan vaqtdan, operatsiya boshlanganigacha bo’lgan davr.
Ushbu davr davomida operatsiya jarayonida va undan keyingi vaqtda bemor hayoti 


53 
uchun havfli bo’lgan asopatlarning oldini olishga qaratilgan choralar bajariladi.
Bundagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
1) Kasallikning diagnozini aniqlash;
2) Operatsiya qilish uchun ko’rsatmalarni aniqlash;
3) Operatsiya rejasi va og’riqsizlantirish usulini tanlash;
4) Bemorda mavjud bo’lgan yo’ldosh kasalliklar va ichki a’zolardagi
o’zgarishlarni bilish;
5) Bemor organizmi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan tizimli davolash tadbirlarini 
bajarish;
6) Endogen infeksiya o’choqlarini bartaraf etish;
7) Bemor ruhiy tayyorgarligini ta’minlash.
Operatsiya oldi davri ikki bosqichdan iborat: diagnostika va operatsiyaga 
tayyorlash bosqichlari. Operatsiyaga tayyorlash bemorning hayotiy muhim a’zolari 
faoliyatini mo’tadillashtirishdan iborat, ya’ni yurak – qon tomir, nafas olish, ovqat 
hazm qilish tizimlari, buyrak, jigar faoliyatlari organizm holatiga mos ravishda 
ishlashini ta’minlash zarur. Bemorga nafas olish gimnastikasini o’rgatish kerak.
Rejali operatsiyalarga tayyorlashda bir kun oldin bemor cho’miltirilib, to’shak 
oqliklari va ichki kiyimlari almashtiriladi, kechqurun va ertalab tozalovchi huqna 
qilinadi. Kechki ovqat yengil taomlardan bo’lishi tavsiya etiladi. Ertalab ovqat va 
suv iste’mol qilish man etiladi. Bemorga kechqurun uxlashidan oldin 
tinchlantiruvchi dori berilishi mumkin. Operatsiyadan 30 – 40 daqiqa oldin 
bemorga premedikatsiya dorilari (promedol, dimedrol, atropin) qilinadi.
Shoshilinch operatsiyalarga bemorlarni tayyorlashda yuqorida qayd etilgan vazifalar
qisqa vaqt ichida (3 soatgacha) imkon darajasida bajariladi. Oshqozonga
zond qo’yilib yuviladi. Gomeostazni tiklash choralari ko’riladi.
Operatsiyaga ko'rsatmalar bemor ahvoli, kasallik turi va xususiyatlariga
ko'ra quyidagicha bo'lishi mumkin: 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish