Samarqand davlat tibbiyot instituti. Mavlyanov f. Sh., MAVLYANOV Sh. X., Xayitov u. X. Tibbiyot kasbiga kirish



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/63
Sana16.07.2022
Hajmi3,15 Mb.
#810292
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   63
Bog'liq
Tibbiyet (5)

 
SHOSHILINCH VА REJАLI RАVISHDА 
 QILINАDIGАN OPERАTSIYALАRGА BOLАLАRNI TАYYORLАSH 
 
Jarrohlik bo’limiga yotqizilgan bemorlarning ko’pchiligi operatsiya qilinadi. 
Har qanday jarrohlik operatsiyasi bemor uchun muqarrar ravishda ma’lum bir xavf-
xatar bo’lib hisoblanadi. Shikastlovchi omil bo’lmish operatsiyaning o’zi qanday 
bo’lmasin, biror darajada qon ketishi bilan birga davom etib boradi va organizmni 
zaiflashtirib qo’yishi, nafas olishning, qon aylani shining buzilishiga sabab bo’lishi, 


56 
bemorni ma’lum bir vaqtgacha odatdagidek ovqatlana olmaydigan holga qo’yish 
mumkin. Operatsiya jarohati infeksiya uchun «kirish darvozasi» bo’lib qolishi 
mumkin. Operatsiya bemor organizmidagi surunkali infeksiyani qo’zib qolishiga 
sabab bo’la oladi. 
Kasal jarrohlik bo’limiga yotqizilgandan operatsiya oldi davri boshlanadi. Bu 
davr ichida tibbiyot xodimlarining xarakati operatsiya xavfini kamaytirish, uning 
asoratlarini oldini olishga qaratilgan. Buning uchun bola organizmining turli a’zo va 
tuzumlarining funksional holati tekshiriladi va operatsiyaga tayyorlanadi. Tayyorlash 
tadbirlari umumiy, hamma operatsiyalar oldidan bajariladigan va maxsus faqat ayrim 
operatsiyalar oldidan bajariladigan bo’ladi. 
Umumiy tadbirlar quyidagilardan iborat. Jarrohlikka oid kasallardan chov va 
kindik churrasi, moyak pardasining istiskosi, kriptorxizm (moyakning xaltasiga 
tushmasligi), katta bo’lmagan bezarar o’simtalar singarilarga chalingan bemorlar 
kerakli tekshiruvlardan poliklinikada o’tib, natijalarini shifoxona qabul bo’limidagi 
jarrohga ko’rsatadilar va ko’rsatkichlar yaxshi bo’lsa, operatsiya uchun jarrohlik 
bo’limiga yotqiziladilar. Shu kuni kechasi va ertasiga ertalab bemorga tozalagich 
huqna qilinadi, shundan keyin bola operatsiyaga tayyor deb hisoblanadi, buyrak va 
siydik yo’llari, qorin bo’shlig’i va ko’krak qafasi a’zolarida qilinadigan katta va 
shikastli ta’siri kuchli bo’lgan operatsiyalardan oldin kasallikni aniqlovchi maxsus 
tekshiruvlardan tashqari bola organizmining hayoti uchun muhim bo’lgan asosiy 
vazifalari tekshiriladi. Shu ma’noda jigar va buyraklarning ishlash qobiliyatini, 
qonning tarkibiy qismi va davrada aylanuvchi hajmlarini, qonning suyuq qismi va 
qizil qon tanachalaridagi asosiy elektrolitlarning miqdorini, azot tengligini hamda 
bezlar moddalarining miqdorini aniqlash muhim ahamiyatga ega. 
Operatsiyalardan oldin shartli ravishda bajariladigan asosiy tekshiruvlarga 
bemorning bo’yi va og’irligini o’lchash, qon bosimini aniqlash, qon va siydikni 
umumiy tahlili, qon turkumi va rezus holatini aniqlash, ko’krak qafasi a’zolarini 
rentgen nurlarida ko’rish, qon oqish muddati va qon ivish vaqtini aniqlash kiradi. 
Tekshiruvlar natijasi nazoratiga tayangan holda, bemorga tegishli davolash 
chora-tadbirlari tayinlanadi. Masalan: maqsadga muvofiq parxez, qon va boshqa 
suyuqliklarni quyish, vitaminlar va organizmga quvvat bag’ishlovchi boshqa dori-
darmonlarni buyurish. Tayinlangan tadbirlarni ijobiy natijalariga qarab rejali 
operatsiyaga tayyorlash vaqti belgilanadi. Mazkur vaqt ichida bolani operatsiyaga 
ruhan tayyorlash katta ahamiyatga ega. Shu borada tibbiy hamshiraning bemorlar 
bilan bo’lgan munosabati va muomalasi hal qiluvchi omillardan biri desak 
adashmaymiz. 
Operatsiyadan qo’rqib hayajonlanuvchi bolalar qayta-qayta tibbiy xodimlarga 
murojaat qilib: «Operatsiya vaqtida og’riqni sezamanmi?, qachon meni operatsiya 


57 
qilasizlar?» kabi savollar beradilar. Odatda bunday bolalar og’riqga bardosh bera 
olmaydigan bo’lib, operatsiyadan keyingi davrda ancha qiynaladilar. Shuning uchun 
bunday bemorlarni operatsiyaga tayyorlashda alohida choralar (tinchlantiruvchi 
dorilar, ota-onalar bilan birgalikda o’tkaziladigen suhbatlar) ko’rilishi lozim. Bolaga 
bo’lajak operatsiya hakida aytish yoki aytmaslikni har gal alohida hal etish kerak. 
Masalan, es-hushi joyida va ulkan maktab o’quvchilariga hamma gapni tushuntirish 
kerak, chunki ayrim belgilarga ko’ra (huqna, parxez) ular operatsiya vaqtini o’zlari 
ham payqab oladilar. Kichik yoshdagi bolalarga esa odatda tinchlantirish uchun 
«Xonaga kiritib, qorinchangni chiroyli chiroq bilan isitamiz», deyiladi. 
Rejali ravishda qilinadigan operatsiyalarga bolalarni tayyorlash kasallikning 
turiga va bemorning yoshiga bog’liqdir. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish