49
3 ta va undan yuqori hollarni esa hududiy DSENM ga mutaxassislari o’rganib
chiqib, bajarilishi lozim bo’lgan epidemiyaga qarshi chora - tadbirlarni hajmini
aniqlab beradi.
Har qaysi shifoxona ichi infeksiyasi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z vaqtida
va to’liq bo’lishi uchun davolash - profilaktika muassasasi bosh vrachi javobgardir.
Tibbiy xodimlar maxsus kiyimlar (xalat, qalpoqcha yoki ro’molcha, niqob,
tapochka) bilan ta’minlanib, ular kir bo’lgan paytda tezkor almashtirish uchun
zaxirasi bo’lishi kerak. Tibbiy xodimlar maxsus
kiyimlarda DPM hududidan
tashqariga chiqishi mumkin emas. Barcha bo’limlarda tibbiy xodimlar qo’l yuvishi
uchun sharoit yaratilgan bo’lishi shart, chunki qo’l gigiyenasiga rioya qilmaslik
shifoxona ichi infeksiyasini paydo bo’lishiga va epidemiya tusini olishi uchun bosh
omil bo’lishi
tasdiqlangan, shifokorlar, tibbiy hamshiralar bemorni ko’rishdan oldin
va keyin, muolajalar o’tkazishdan oldin va keyin qo’l yuvishlari shart.
Davolash - profilaktika muassasalarida shaxsiy himoya vositalaridan
foydalanishga katta e’tibor berilishi kerak. Shaxsiy himoya
vositalaridan biri rezina
qo’lqoplar bo’lib, ularning 3 xili mavjud. 1 - jarrohlik; 2 - ko’rish; 3 - xo’jalik ishlari
uchun. Jarrohlik qo’lqoplari jarrohlik ishlarini o’tkazishda, tug’ruqqa yordam
berishda foydalanib, faqat zararsizlantirilgan bo’lishi va bir marta ishlatilishi lozim.
Ko’rish qo’lqoplari muolaja xonalari,
taxlil xonalar, ko’rish va stomatologiya
xonalarida, patologoanatomik yorish paytida foydalaniladi.
Ko’rish qo’lqoplari har bir muolajadan keyin almashtirilishi shart. Ishlatilgan
qo’lqoplar zararsizlantirilgandan keyin yoki markaziy zararsizlantirish bo’limida
chuqur dezinfeksiyalangandan keyin qayta ishlatilishi mumkin. Chuqur dezinfeksiya
zararsizlantirish ishlari to’liq o’tkazilgandan keyin qaynatish yo’li bilan o’tkaziladi.
Qaynatish muddati qaynab boshlagan vaqtidan boshlab 20 daqiqa. Qaynatilgan
qo’lqoplar toza dazmollangan salfetkalarda quritilib, juft
- juft holda bikslarda yoki
quruq salfetkalarda saqlanadi va 1 sutka davomida foydalanilishi shart.
Xo’jalik qo’lqoplari tozalash ishlarini o’tkazishda kir choyshablarni yig’ish,
tibbiy chiqindilarni yo’qotish paytida foydalanilib, foydalanilgan qo’lqoplar 0,5 foizli
xlor saqlovchi eritmada 10 daqiqa davomida zararsizlantirilib, keyin xo’jalik
sovunida yuviladi va quritilib, quruq holda saqlanadi.
Ifloslangan suyuqliklar sachrashi xavfi bor joylarda himoya ko’zoynaklari,
maska, plastik fartuklarni tadbiq etish va qo’llash lozim.
Shamollash alomatlari bor tibbiy xodimlar ishga qo’yilmasligi kerak, bu
mas’uliyat bo’lim boshliqlari zimmasiga yuklatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: