Самарқанд давлат архитектура қурилиш



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/352
Sana03.03.2022
Hajmi3,21 Mb.
#481083
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   352
Bog'liq
Стратегик Менежмент дарслик

8.5. Matrisa tipini tanlash

Buyurtma portfelini bir turdagi matrisa orqali baholash to’g’ri 
bo’lmaydi. Har bir matrisaning o’ziga xos yaxshi va yomon tomonlari 
mavjud. Matrisalar buyurtma portfelining kuchli va kuchsiz tomonlarini 
Hayotiy 
sikl 
matrisasi 
diver-
sifikasiyalashgan 
kompaniyani 
tarmoqning hayotiy sikllari bo’yicha 
taqsimlanishini ko’rsatadi. 


269 
ifodalaydi. Buyurtma portfelini yuqori aniqlikda baholash zaruriyati 
to’g’ilsa, har uchala matrisadan foydalanish tavsiya etiladi. 
 
8.6. Tarmoqning jozibadorligini taqqoslash. 
Diversifikatsiya kompaniyasining strategiyasini baholashning 
muhim omili bu tarmoqning jozibadorligidir. Tarmoqning jozibadorligi 
qanchalik yuqori bo’lsa, uzoq muddatli yuqori foyda olish istiqboli ham 
shunga yuqori bo’ladi. Tarmoqning jozibadorligini baholash uch 
yo’nalishda amalga oshiriladi. 
1.
Buyurtma portfelida mavjud har bir tarmoqning jozibadorligi 
aniqlanadi. Bunda «Kompaniya uchun ushbu tarmoq ma’qulmi?» 
degan savol o’rinlidir. 
2.
Har bir tarmoqning boshqa tarmoqlarga nisbatan jozibadorligi 
aniqlanadi. Bunda «Buyurtma portfelidagi tarmoqlardan qaysi biri 
yuqori, qaysi biri past jozibador?» degan savol maqsadni aks ettiradi. 
Tarmoqlarning salmog’ini jozibadorlik bo’yicha aniqlash resurslar 
taqsimotining asosi hisoblanadi.
3.
Barcha tarmoqlarni guruh sifatida jozibadorligi aniqlanadi. Bunda 
«Tarmoqlar tarkibi qanchalik jozibador?» degan savol o’rinli. Asosiy 
daromadi jozibasiz tarmoqlarga mos keladigan korxonalar o’z 
buyurma portfelini qayta tashkil etishlari lozim. 
Tarmoqning (korxonaning, biznesning) jozibadorligini baholashda 
BKG, GYe yoki hayotiy sikl matrisalaridan foydalaniladi. Odatda 
buyurtma portfelidagi tarmoqlarni, hyech bo’lmaganda, quyidagi omillar 
orqali baholash mumkin.

Bozor o’lchamlari va uning prognozlash mumkin bo’lgan o’sish 
tezligi yuqori bo’lgan tarmoqlar sekin o’suvchi tarmoqlarga 
qaraganda jozibadordir. 

Raqobatning keskinligi. Raqobat darajasi keskin bo’lmagan 
tarmoqlar 
raqobat 
darajasi 
keskin 
tarmoqlarga 
nisbatan 
jozibadordir. 

Zaruriy texnologik va ishlab chiqarish ko’nikmalari. Texnologik va 
malaka ko’nikmalari kompaniya imkoniyatlariga mos keladigan 
tarmoqlar jozibalidir. 


270 

Kapitalga ehtiyoj. Katta hajmdagi kapitalni talab etmaydigan 
tarmoqlar nisbatan jozibalidir. 

Mavsumiy va siklik omillar. Iste’molchilar talabi keskin o’zgarib 
turadigan tarmoqlarga nisbatan iste’molchilar talabi barqaror 
tarmoqlar jozibalidir. 

Tarmoqning foydaliligi. Foyda me’yori yuqori va qisqa muddatli 
bo’lgan tarmoqlar jozibalidir.

Ijtimoiy, siyosiy, qonuniy va ekologik omillar. Ushbu sohalarda 
jiddiy muammolar mavjud tarmoqlar boshqalarga nisbatan 
jozibasizdir. 

Boshqa tarmoqlarga nisbatan strategik muvofiqlikka ega tarmoqlar 
jozibalidir. 
Kompaniya portfelidagi hamma bizneslarni jozibadorlik darajasini 
baholash - bizneslarni yuqori yoki past jozibadorlik bo’yicha saralash 
imkonini beradi. Biznesning jozibadorligini aniqlash bo’yicha hisob-
kitoblar juda murakkab va zerikarli bo’lsa, kompaniya menejerlari 
tarmoqning jozibadorligini «yuqori», «o’rta» va «past» baholashlar 
orqali aniqlashlari mumkin. Lekin bunday subyektiv mulohazalarning 
asosli bo’lishi menejerlarni tarmoqni qanchalik yaxshi bilishlariga 
bog’liq. Diversifikatsiyalashgan kompaniya yaxshi natijalarga ega 
bo’lishi uchun uning tushumlarini va foydasini katta ulushi jozibador 
tarmoqlarda faoliyat ko’rsatadigan xo’jalik birliklaridan olishi lozim. 
Bunda tayanch kompaniyaning korxonalari foydalilik darajasi va o’sish 
istiqbollari o’rtachadan yuqori bo’lgan tarmoqlarga tegishli bo’lishi 
muhim ahamiyatga ega. Past jozibador tarmoqlarda harakat qiladigan 
xo’jalik birliklari yetarlicha ustivor bozor mavqeiga ega bo’lmasa, ular 
yo’qotish va voz kechish uchun asosiy da’vogar hisoblanadilar. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish