Самарқанд давлат архитектура қурилиш


 Biznes – birliklarining kuchli tomonlarini taqqoslash



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/352
Sana03.03.2022
Hajmi3,21 Mb.
#481083
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   352
Bog'liq
Стратегик Менежмент дарслик

8.7. Biznes – birliklarining kuchli tomonlarini taqqoslash. 
Biznes birligining kuchli tomonlarini va raqobat mavqeini baholash 
kompaniyaning biznes birligi muvaffaqiyatini ta’minlash imkonini 
oshiradi. Kompaniya mavqeini aniqlashda ikki usul: SWOT tahlili va 
raqobat kuchlarini baholash qo’l keladi.


271 
Diversifikatsiyalashgan 
kompaniyalarning 
raqobat 
mavqeini 
baholash quyidagi omillarga asoslanadi.
1.
Bozorning nisbiy ulushi. Bozor ulushi katta bo’lgan biznes 
birliklarining raqobat mavqei bozor ulushi kichik biznes 
birliklarining raqobat mavqeiga nisbatan mustahkam deb 
hisoblanadi.
2.
Tovar narxi yoki sifati bo’yicha raqobatlashish qobiliyati. 
Xarajatlar bo’yicha raqobatdosh va taniqli savdo markasiga ega 
hamda mahsulot sifati yuqori bœlgan tashkilotlar o’zining savdo 
markasini iste’molchilar tomonidan e’tirof etilishi uchun yoki tovar 
narxi uchun kurashayotgan tashkilotlarga nisbatan yuqoriroq 
mavqyega ega. 
3.
Texnologik va innovasiya qobiliyatlari. Texnologik sardorlar o’z 
tarmog’ida raqobatbardosh hisoblanadi. 
4.
Tarmoqdagi muvaffaqiyatni ta’minlovchi omillar biznes birligi 
malakasiga va ko’nikmalariga qanchalik mos kelishi. Korxona 
muvaffaqiyatining tayanch omillari uning kuchli tomonlariga 
qanchalik to’liq mos kelsa, u raqobat kurashida shunchalik yuqori 
bozor mavqeiga ega bo’ladi.
5.
Raqobatchilar bilan taqqoslaganda korxonaning foydalilik darajasi. 
Investisiyalardan keladigan foyda me’yori raqobatchilarnikiga 
qaraganda qanchalik yuqori bo’lsa, korxona shunchalik mustahkam 
bozor mavqeiga ega bo’ladi. Bundan tashqari o’rtachadan yuqori 
foyda olish imkoniyati raqobat kurashida ustunlikdan darak beradi. 
O’rtachadan past foyda me’yori esa korxonaning bozorda zaif 
mavqyega ega ekanligini bildiradi. 
Bozorlarni va xaridorlarni bilish, katta ishlab chiqarish 
imkoniyatlariga ega bœlish, yuqori malaka ko’nikmalari, savdo 
markasining nufuzli ekanligi hamda boshqaruv sifati va boshqalar 
raqobat ustunligining qo’shimcha omillari deb hisoblanadi. 
Har bir biznesning raqobat ustunligini hisoblash ulardan qaysilari 
mustahkam, qaysilari zaif bozor mavqeiga ega ekanligini aniqlash 
imkonini beradi. Agar ushbu tahlillarni amalga oshirish uchun kerakli 
axborotlar yetarli bo’lmasa, har bir biznes birligini vaziyatini «kuchli», 


272 
«o’rta» va «zaif» deb baholash mumkin. Ushbu subyektiv mulohazalar 
yetarli darajada ishonchli bo’lsa, ular sonli baholashlarni o’rnini bosishi 
mumkin.
Kompaniya portfelida qanaqa bizneslar kuchli raqobat mavqeiga 
ega ekanligini menejerlar tomonidan 
baholanishi 
uning 
resurslarini 
taqsimlanishida 
qo’shimcha 
asos 
bo’lib xizmat qiladi. Kompaniya 
foydali tarmoqda harakatlanadigan 
zaif korxonani investisiyalashga qaraganda o’rtacha jozibador tarmoqda 
joylashgan kuchli raqobat mavqeiga ega korxonani investisiyalash orqali 
uzoq vaqt davomida yuqoriroq foyda olishni afzal ko’radi. Shu sababli 
diversifikatsiyalashgan kompaniya o’z resurslarini muayyan tarmoqqa 
yo’naltirishda uning jozibadorligini va korxonaning kuchli tomonlarini 
inobatga olishi zarur. 
Ko’pchilik diversifikatsiyalashgan kompaniyalar o’z resurslarini 
muvafaqqiyatli raqobatlashishi mumkin bo’lgan tarmoqlarga yo’naltiradi 
va sardor bo’lish imkoniyati mavjud bo’lmagan tarmoqlardagi 
bizneslardan voz kechadi. Masalan, General Elektric kompaniyasining 
strategiyasi korxonalarning o’z tarmoqlarida birinchi yoki ikkinchi 
bo’lishiga qaratilgan. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish