Самарқанд давлат архитектура қурилиш


 Kompaniya strategiyasini yaratish



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/352
Sana03.03.2022
Hajmi3,21 Mb.
#481083
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   352
Bog'liq
Стратегик Менежмент дарслик

8.11. Kompaniya strategiyasini yaratish. 
Yuqorida keltirilgan tahlillar diversifikatsiyalashgan kompaniyani 
faoliyat natijalarini yaxshilashga qaratilgan strategik qadamlar uchun 
asos yaratadi. «Nima qilish kerak?» degan savol korxonaning buyurtma 
portfeli tarkibida yechiladi. Bunda tayanch iboralar: jozibador tarmoqlar 
korxona portfelida yetarlicha o’rin egallaganmi, portfelda marginal 
tipdagi yoki so’nib borayotgan tarmoqlarning ulushi qanday, 
kompaniyada «yulduzlar»ni va kelajak g’oliblarini mablag’ bilan 
ta’minlovchi «sog’in sigirlar» yetarlichami, kompaniya tayanch 
Diversifikasiyalashgan kompaniyaning 
uzoq muddatli moliyaviy natijalarini 
yaxshilash uchun uning resurslarini 
istiqbolli 
bizneslarda 
to’plash, 
qoniqarsiz istiqbolga ega korxonalarni 
minimal investisiyalash yoki ulardan 
butunlay voz kechish lozim. 


275 
korxonalari naqd pul hajmini yetarlicha ta’minlaydimi, buyurtma portfeli 
mavsumiy omillarga ta’sirchanmi, buyurtma portfelida raqobat mavqei 
zaif korxonalarning ulushi oshib ketmaganmi, kompaniya buyurtma 
portfeli istiqbolni ta’minlaydimi? degan savollardan iborat bœladi. 
Ushbu savollarga javob kompaniya buyurtma portfelini qayta tashkil 
etish imkonini yaratadi. 
8.11.1. Samaradorlik mezoni
Diversifikatsiyalashgan 
kompaniya 
portfelini 
strategik 
va 
moliyaviy jozibadorligining ishonchli mezoni bu mavjud tuzilma 
yordamida o’z maqsadlariga erishishi imkoniyatidir. Agar javob ijobiy 
bo’lsa, strategiyani o’zgartirishga ehtiyoj qolmaydi. Agar maqsadga 
erisha olmaslik ehtiyoji mavjud bo’lsa, quyidagi harakatlar amalga 
oshiriladi: 
1. Portfel tarkibidagi ba’zi (yoki hamma) korxonalarning strategik 
rejalarini muvofiqlashtirish. Ushbu variant mavjud biznes birliklar 
asosida yaxshi natijalarga erishishni nazarda tutadi. Kompaniya 
menejerlari birlik biznes menejerlaridan natijalarni yaxshilashni talab 
qilishi mumkin. Lekin qisqa muddatlarda natijalarni yaxshilash uchun 
qilinadigan keskin harakatlar korxonaning ko’rsatkichlarini xavf ostida 
qoldiradi. Korxonaning uzoq muddatli raqobatdoshligini oshiradigan 
xarajatlardan qisqa muddatli moliyaviy ko’rsatkichlarni yaxshilash 
uchun voz kechish xavfli strategiya hisoblanadi. 
2. Kompaniya portfelini yangi biznes birliklari bilan to’ldirish. 
Kompaniya yangi bizneslarni sotib olishi yoki o’z tarkibida tashkil etishi 
bilan yangi strategik muammolarga to’qnash keladi. Kompaniya 
portfelini kengaytirilishi quyidagilarni jiddiy tahlil etishni taqozo etadi: 
a) hozirgi faoliyat turiga mos keladigan yoki mos kelmaydigan 
korxonalarni sotib olish kerakmi; b) qanaqa o’lchamdagi korxonalarni 
sotib olish kerak; v) yangi biznes birliklari kompaniyaning
shakllangan tuzilmasiga qanday moslashadi; g) sotib olish uchun yangi 
nomzodning qanaqa xususiyatlari muhim ahamiyatga ega; d) mavjud 
bizneslarni kamsitmasdan yangilarini moliyalash mumkinmi: yangi 
bizneslarni sotib olish – bu muhim strategik variant hisoblanadi. 


276 
Daromadlarni 
pasaytirmaslik 
uchun 
diversifikatsiyalashgan 
kompaniyalar tez-tez ushbu usuldan foydalanadilar. 
3. 
Qoniqarsiz 
natijalarga 
ega 
bo’lib, zarar keltiradigan 
korxonalardan voz kechish. Zaif raqobat mavqeiga ega bo’lib, nisbatan 
jozibasiz tarmoqlarda yoki kompaniya strategiyasiga mos kelmaydigan 
tarmoqlarda faoliyat ko’rsatadigan korxonalar yo’qotilish uchun asosiy 
nomzodlar hisoblanadi. Ushbu korxonalarni sotilishidan keladigan 
mablag’larni yangi biznesni sotib olishga, qarzlarni to’lashga yoki 
kompaniyaning 
yangi 
yo’nalishdagi tashabbuskorlikni qo’llab-
quvvatlashga yo’naltirish lozim. 
4. Qoniqarsiz natijalar an’anasini o’zgartirish uchun alyanslarni 
shakllantirish. Bir qator vaziyatlarda milliy yoki xorijiy firmalar, 
tarmoqdagi assosiasiyalar, ta’minotchilar, manfaatdor guruhlar bilan 
alyanslar tuzish kompaniya istiqbolini yaxshilaydi. 
5. Kompaniya maqsadlarini natijalarga nisbatan muvofiqlashtirish. 
Bir yoki bir necha biznes yo’nalishlarda noqulay bozor vaziyati paydo 
bo’lishi bilan bog’liq kompaniyaning maqsadlari bajarilmay qoladi. 
Ushbu vaziyat dastlabki maqsadlarni haddan tashqari yuqori belgilanishi 
oqibatida ham vujudga kelishi mumkin. Vaziyatni tartibga solish uchun 
maqsadlar bilan imkoniyatlar bir-biriga muvofiqlashtiriladi. Odatda bu 
boshqa variantlar natija bermaganda «oxirgi vosita» hisoblanadi. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish