jarayonida havoda suvning bug„lanishi ya‟ni havoning nisbiy nam-
ligini oshiradi va haroratni pasaytiradi (31-rasm).
Issiqxonalarda tuproq namligini
sozlash asosiy omillardan
xisoblanadi. Bunda sug„orishning turli usullarini qo„llash, sug„orish
soni va jadalligini ko„paytirish, sug„orishlar vaqtini o„zgartirish bilan
erishiladi. Sug„orish uchun foydalaniladigan suv kam nordon reak-
siyali bo„lishi, uning tarkibidagi quyuq qoldig„i 1 foizdan oshmasligi
kerak. Suvning issiqligi esa 23-25°S bo„lishi kerak. Sovuq suv bilan
sug„orilsa, xususan bodring va pomidorda, ildizlarini nobud bo„li-
shiga va o„simlikni so„lib qolishiga sabab bo„ladi. O„simliklar qish
va erta bahorning oftobli kunlarida, tuproq yaxshi qiziganida ertalab
sug„oriladi.
Tuproqli issiqxonalarda namlanadigan qatlam o„simliklarni yo-
shiga ko„ra, sukchakdagida 10-20 sm ni, so„kchak, tuvakcha va ya-
shiklarda esa tuproqning qaliniligi to„liq namlanishi kerak. Bodring
tez-tez sug„oriladi, ammo oz miqdorda, pomidor esa kamroq sug„o-
riladi, ammo suv katta me‟yorda beriladi. Sug„orilganda
tuproqda
yetarli darajada namlik to„planshini ta‟minlash kerak, ammo uni
me‟yoridan oriq namlanib ketishiga yo„l qo„ymaslik lozim.
Issiqxonalarda sug„orishlarni o„tkazish muddati bir necha usu-
lublarda: tuproqni termostatda quritib tortish orqali aniqlangan ko„r-
satgichlari bo„yicha; ilmiy tashkilotlar tomonidan tuzilgan taxminiy
sug„orish
tartibotlariga asosan; quyosh radiatsiyasi darajasini
ko„rsatuvchi integratorlar yordamida aniqlanadi.
Issiqxonalarda sug„orishlarning quyidagi asosiy usullari qo„l-
laniladi: yomg„irlatib, shlanga orqali, tuproq ostidan, tomchilatib va
impulsli. Hozirgi davrda Yevropaning sanoatlashgan issiqxonalarida
tuproq va o„simliklarni bir vaqtda namlaydigan, yomg„irlatib
sug„orish usuli keng tarqalgan. Bunda barg tarkibida namlik (suv)
ko„payadi va parlanish kamayadi. Yomg„irlatib sug„orish barg haro-
ratini pasaytrib, o„simlikni qizib ketishidan saqlaydi. Yomg„irlatib
sug„orish avtomatlashtirilgan tizim yordamida amalga oshiriladi.
Yomg„irlatib sug„orish
moslamasi, o„simliklarni oziqlantirishda,
zararkunanda va kasalliklariga qarshi eritmalarni purkashda ham
foydalaniladi.
Bunday yerlarda qo„lda va shlang orqali sug„orish asosiy avto-
matlashtirilgan sug„orishga qo„shimcha
sifatida hamda tasodifiy
(avariyali) xolatlarda qo„llaniladi. U bundan tashqari, yer ustki qismi
ho„llanganda, ekinlarni rivojlanishiga salbiy ta‟sir etadigan o„simliklar
uchun ham qo„llaniladi. Shlang yordamida sug„orilganda krandagi suv
shlang orqali egatlarga quyiladi (yo„naltiriladi), ko„kat sabzavotlarni
sug„orish shlanga uchiga o„rnatiladigan va olib qo„yiladigan to„rlar
(setka) yordamida olib boriladi. Bu usulda sug„orish
chegaralangan
holda o„tkazilishi kerak, chunki u ko„p mehnat talab etishi bilan
birga egat tubini yuvib ketadi, tuproqni zichligini oshiradi va havoni
namlanishini ta‟minlamaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: