S yunusov, Z. Abdiyev



Download 11,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/138
Sana28.05.2022
Hajmi11,33 Mb.
#612635
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   138
Bog'liq
issiqxonalarda sabzovot kochatchiligi

26-rasm.
 Isitilmaydigan xitoy plyonkali
issiqxonasining tashqi ko‘rinishi. 
 
Issiqxonalarda sun‟iy isitilganda issiqlik balansini kirim qismi-
ga sun‟iy isitkichlardan keladigan issiqlik ham kiradi. Ammo bu 
holatda ham issiqlik balansini asosini radiatsion balans tashkil qiladi. 
Shu bois barcha himoyalangan yer inshootlarida, quyosh radiatsiya-
sini tutish va uni saqlashni yaxshilaydigan tadbirlarni qo„llashga 
to„g„ri keladi.
Shuni aytish zarurki, tabiiy yorug„likdan foydalanishni yaxshi-
laydigan yuqorida keltirilgan barcha uslublar, quyosh radiatsiyasidan 
keladigan issiqlikni yaxshiroq tutishini ta‟minlaydi. 
Quyosh radiatsiyasidan tushadigan issiqlikni saqlanishi ko„p 
darajada, to„siqlarni issiqlik nurlarini o„tkazuvchanligi bilan bog„liq. 
Polimer plyonkalar oynaga nisbatan issiqlik nurlarini yaxshiroq 
o„tkazadi, shu bois plyonkali issiqxonalarda kunduzgi vaqtdagi havo 
harorati odatda oyna ostidagi shu toifadagi inshootlarga qaraganda 
yuqori bo„ladi. Tundagi harorat plyonka ostida oyna ostidagiga 
nisbatan ancha past bo„lib, ochiq yerdagi sharoitga yaqinroq. 
Kunduzgi va tundagi haroratni shunchalik keskin farqlanishi, 
plyonkali inshootlarda haroratni katta o„zgarishiga olib keladi. 
Plyonkali issiqxonalarda issiqlik tartibotini barqarorligini oshirish 
uchun qo„sh qavatli qoplamalar qo„llaniladi, o„simliklar qo„shimcha 
tonnel (yarim yoy) sinchli plyonkalar bilan yopiladi, tuproq ostiga 
issiqlikni yo„qolishiga yo„l qo„ymaydigan materiallar (issiqlik 


izolyatorlari) joylashtiriladi. Parniklarda romlardagi oynalarini butunligi 
kuzatiladi, kechasi to„shaklar (bordon) bilan yopiladi, yon devorchalar 
bo„ylab bioyonilg„idan “shinelkalar” (shinelga o„xshash) o„rnatiladi. 
Ko„chat yetishtirishda parnik tirqishlar orqali issiq havoni 
yo„qotilishi hisobiga sarflanadigan issiqlikni oldini olish lozim. 
Vaholanki bu sarflar havoda solishtirma issiqlik sig„imini kichik 
bo„lishi (0,3 kkal/m
3
) hisobiga sezilarli ko„p bo„lmasada, ammo u 
bilan kurashish zarur. Hatto yaxshi yopiladigan issiqxonalarda ham, 
havo bir soat davomida ikki-uch marta almashtiriladi. Oynalar 
orasidagi tirqishlar va boshqa tuzatilmay qolgan nuqsonlarni 
mavjudligi bu almashinuvni kuchaytiradi. Yirik issiqxonalarda 
oynalarni tutashgan joylari va oyna o„rnatilgan choklar (elastik) 
qayishqoq mastikalar (mumsimon modda) bilan zich berkitiladi
qoplama devorchalari va tarnovlar orasidagi tirqishlar kamaytiriladi, 
parniklarda romlar zich joylashtiriladi, oynalarni yoni yaxshilab 
surguchlanadi. 
Issiqxonalarda issiqlik tartibotini sozlashni samarali uslubi 
sun‟iy isitishni qo„llashdir. Sabzavotchilikda biologik va turli xil tex-
nik isitish (suvli, havoli, elektr, gazli va boshqalar) usullari qo„llani-
ladi. 
Chet davlatlarda isitiladigan issiqxonalar issiqlik tartibotini 
avtomatlashtirilgan holda sozlaydigan tizimlar bilan jihozlangan. Bu 
tizimlar tashqi muhit sharoitlarini (yorug„lik va haroratni) hisobga 
oladi va EHM yordamida mikroiqlimni va energiyani iqtisod qiluv-
chi sozlash buyruqlarini beradi. U harorat dasturini yoritilganlik 
o„simlikni yoshi va boshqa omillarni hisobga olib, isitish va shamol-
latish tizimlarini ishi bilan kelishgan holda muntazam differensiya-
lashga (tabaqalashtirishga) imkon beradi. 
Issiqxonalarning issiqlik bilan ta‟minlanishida issiqlik tizimi 
ya‟ni qozonxona jihozlari va uskunalariga e‟tibor kuchayadi. Oxirgi 
paytda qozonxonalarning zamonaviy turlari ya‟ni tabiiy gaz, ko„mir, 
o„tin, neft mahsulotlaridan dizel yoqilg„isi va mazut bilan ishlay-
digan turlari ishlab chiqilgan. Ular tejamkorligi va universalligi bilan 
ajralib turadi (27-rasm). 



Download 11,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish