S yunusov, Z. Abdiyev



Download 11,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/138
Sana28.05.2022
Hajmi11,33 Mb.
#612635
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   138
Bog'liq
issiqxonalarda sabzovot kochatchiligi

 
13-jadval
Turli xil qoplamalar bilan yopilgan va turli darajada ifloslangan 
qoplamalarini issiqxonalarga yorug„lik o„tkazuvchanligi va 
yorug„likni yo„qotish miqdori 
Issiqxona 
turi 
Qoplamalarni 
ifloslanganligi 
Yoritilganlik 
darajasi, lk 
Yorug„likn
i o„tkazuv-
chanligi, 

Yorug„-
likni 
yo„qolish 
miqdori, 

tashqi 
ichki 
Issiqxonadan 
tashqarida 




Oynavand 
blokli 
Toza 

Kam ifloslangan 
Ko„p ifloslangan 

Oynavand 
angar 
Toza 
Kam ifloslangan 
Ko„p ifloslangan 
Plyonkali 
yarim yoy 
(arkasimon) 
Toza 
Kam ifloslangan 
Ko„p ifloslangan 


Material va jihozlar:
1. Turli konstruksiyadagi issiqxonalar va 
turli darajada ifloslangan qoplamlar. 2. Piranometrlar yoki lyuks-
metrlar. 3. Kalkulyatorlar. 4. Ma‟lumotli (spravochnik) adabiyotlar. 
Uyga vazifa: Konseptual jadval tuzing 
Yorug„lik o„tkazuvchi 
qoplamalar 
Toyifalari va xususiyatlari 
Oyna 
Plyonka 
3.2. Issiqxonalarda harorat tartiboti 
 
Sabzavot ekinlari ko„chatlarini xararatga talabi.
Harorat 
o„simlik hayoti faoliyatidagi jarayonlarga, fotosintez jadalligini o„z-
garishiga va transpiratsiya, mineral moddalarni o„zlashtirilishiga va 
boshqa fiziologik jarayonlarga katta ta‟sir etadi. Me‟yordan juda past 
yoki yuqori harorat hujayralarda qayta tiklanmaydigan va o„simlikni 
nobud bo„lishiga sababchi bo„ladigan o„zgarishlarga olib keladi. 
O„simlikni butun organizm yoki uni ayrim qismlarini nobud 
qiluvchi harorat chegaralari biologik minimum (past haroratlar) yoki 
maksimum (yuqori haroratlar) deb yuritiladi. 
Har bir ekinlarni hayotiy jarayonlarini o„tishiga ijobiy ta‟sir 
etuvchi va yuqori jadallikda hosilni yig„ilishiga olib keluvchi haro-
ratlarni maqbul harorat deb ataydilar. 
Issiqxonalarda harorat tartibotini sozlashni iloji bo„lganligi 
haroratni biologik minimum va maksimum chegaralarigacha pasa-
yishi yoki oshib ketishi kamdan-kam hollarda ro„y beradi. Bu yerda 
agrotexnik minimum yoki maksimum eng ahamiyatlidir. Bu kattalik 
harorat chegaralarini belgilaydi. Bu chegaralar atrofida hosilga katta 
ta‟sir yettirmay haroratni 24 soatgacha pasayishiga yoki 6 soatgacha 
yuqori ko„tarilishiga yo„l qo„yish mumkin. Agrotexnik minimumdan 
past yoki agrotexnik maksimumdan yuqori bo„lgan haroratlar, 
o„simliklarni ayrim fiziologik funksiyalarini buzilishiga olib keladi. 
Issiqxonalarda ko„chat yetishtirishda maqbul harorat qiymati 
turli xil o„simliklar uchun bir xil emas, hattoki bir xil turdagi o„sim-


likda ham u yil va sutka davomidagi yoritilganlikga, o„sish va rivoj-
lanish fazalarga, yetishtirish usullariga va boshqalarga qarab o„zga-
radi. Doimo maqbul haroratni saqlab turish zarur, hatto favqulotdagi 
holatlarda ham pastki va yuqoridagi agrotexnik harorat chegaralari-
dan chiqish mumkin emas. 
Issiqxonalarda sabzavot ekinlarini yetishtirish usullarini 
hisobga olib xararatga munosabati uch guruhga bo„linadi: 
1. Issiqsevar o„simliklar (maqbul harorat 23±5°S). Ularga 
Qovoqdoshlar, Ituzumguldoshlar oilasiga mansub sabzavotlar
hamda urug„ va ko„chat uslubi bilan yetishtiriladiganlar loviya, bar-
cha tezlashtirib o„stiriladigan sabzavot ekinlari kiradi. 
2. Mo„„tadil haroratni talab qiluvchi o„simliklar (maqbul haro-
rat 12±2°S). Ularga Karamsimonlar oilasiga kiruvchi sabzavot 
o„simliklari, urug„ bilan va ko„chat uslubi bilan yetishtiriladigan 
salat, ismaloq, ukrop, hamda qo„ziqorin kiradi. 
3. Past haroratni talab qiluvchi o„simliklar (maqbul harorat 
4±2°S). Ularga barcha etiltirib olinadigan ekinlar va pomidordan 
tashqari barcha o„stirilmay ushlab turiladigan o„simliklar kiradi. 
O„simliklar talab qiladigan issiqlik tartibotlariga rioya qilmas-
lik (buzish) ularni, o„sish va rivojlanishida (anomal) salbiy holatlar 
paydo bo„lishiga olib keladi.
Issiqxonalarda kechasidagi yuqori harorat natijasida o„simliklar 
bo„yiga cho„ziladi va noziklashadi, ularni o„sishi tezlashadi, ammo shox-
lanishi susayadi, o„simliklar tez qariydi. Issiqxona ekinlari, ayniqsa, 
o„suv davrining birinchi yarmida, haroratni o„zgarib turishiga salbiy ta‟-
sirlanadi. O„simliklarni issiqlikka munosabati boshqa omillarni va o„sim-
liklarni o„zini holatiga ko„ra o„zgaradi. Yaxshi yoritilganlikda, yetarli 
namlik va unumdor tuproqlarda issiqlikka talab oshib boradi. Yorug„lik 
pasayganda issiqlikka talab ham kamayadi. Tunda fotosintez jarayoni 
to„xtaydi, ammo nafas olish davom etadi, harorat qanchalik yuqori 
bo„lsa, u ham shuncha yuqori bo„ladi. Tungi past haroratda o„simliklar 
organik moddalarni o„sish va meva organlarida to„plash uchun ko„proq 
saqlaydilar. Shu sabablarga ko„ra bulutli kunlarda ham haroratni pasay-
tirish kerak. Tungi va bulutli kun o„rtasidagi harorat farqi 7°S, quyoshli 
kunda 14°S atrofida bo„lishi lozim. Ildiz uchun tungi maqbul harorat, 
o„simliklarni yer ustki qismidagiga qaraganda 2-3°S yuqoriroq bo„ladi. 


Har bir o„simlik o„suv davrining turli bosqichlarida issiqlikka 
talabi bir xil emas. Urug„ini unib chiqishi harorat vaqtida vegetativ 
o„sishdagi maqbul haroratdan 4-7°S yuqori bo„lganda yaxshiroq 
o„tadi. Nihollar ko„rinishi bilan murtaklarda zahirasidagi oziq 
moddalar sarflanib bo„lgach va o„simliklar ildizdan va yashil urug„ 
barglaridan oziqa olishga o„tganda, nafas olishni kuchaytiradigan 
ortiqcha issiqlik, yosh nihollarga oziqa etishmasligiga sabab bo„lishi 
mumkin. Shu bois urug„ unib chiqqandan boshlab, to ikki haqiqiy 
barg paydo bo„lguncha (3-7 kun) harorat bulutli kunlarda katta 
yoshli o„simliklarga moyil haroratga qaraganda taxminan 7°S ga 
kamaytirish kerak. Shundan so„ng o„simliklarni vegetativ o„sishi 
kuchayganda haroratni yuqori bo„lishiga muhtoj bo„ladi. YAna ham 
yuqori harorat o„simlik gullaganda va hosilga kirganda zarur. 

Download 11,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish