To„g„ri tushgan nur Sochma nur
Soyaning yo„qolishi
21-rasm.
Issiqxonada yorug‘likni taqsimlanishi
Inshootlarni qurishga ajratiladigan maydonini to„g„ri tanlash
kunduzgi yorug„likdan yaxshiroq foydalanishni ta‟minlashi mumkin.
Yaxshiroq
yoritish uchun maydon janub, janubiy-sharq yoki
janubiy-g„arb tomonlarga sal nishabli va soya beruvchi qurilish
(imorat) va daraxtlardan holi bo„lishi kerak.
Ko„chat yetishtirishda yoritilganlikni yaxshilash uchun issiqxo-
nalarni yorug„lik o„tkazuvchan nishabini hamda issiqxonalarda
o„simliklarni qatordagi yo„nalishini yorug„ tomonga qaratib joylash-
tirish muhim ahamiyatga ega. Ikki nishabli va yarim yoy shaklidagi
issiqxonalarni yo„nalishini meridional (issiqxonalarlarni sarrovini
meridiana yo„nalishda, ya‟ni shimoldan janubga qaratib va yorug„lik
o„tkazuvchan nishabini sharq va g„arbga qaratib joylashtirish),
nishabi bir tomonlilarni kenglik bo„ylab (sarrovlarni kenglik bo„y-
lab, ya‟ni sharqdan g„arbga, nishabini – shimoldan janubga) yo„nal-
tirib olish yaxshidir. Mart oxirida quyosh radiatsiyasini kirimi
kuchayib borayotganda foydalaniladigan
bahorgi plyonkali issiq-
xonalarni nishabini shimoldan janubga qaratib joylashtirish yaxshi-
roqdir.
Kunduzi soat 12 gacha erga tushuvchi issiqlik nurlarini me‟yori,
soat 12 dan keyin tushadiganga qaraganda 7-12% ga ko„proq ekanligi
aniqlangan, bu atmosferani yorug„lik o„tkazuvchanligini kamayishi
bilan bog„liq. Ertalab o„simliklarni harorati havo haroratiga tenglashishi
uchun qo„shimcha vaqt talab qilinadi. Haroratni o„zgarishi tufayli
o„simliklarda nam to„planishi mumkin. O„simlik qatorlarini quyosh
nurlari yo„nalishida joylashtirish o„simliklarni tezroq isishiga,
havo va
o„simlik haroratini tenglashishiga imkon beradi.
Issiqxonalarda yoritilganlikni yaxshilashda tomni yorug„lik
o„tkazuvchanlik
koeffitsientini
(inshooat
ichidagi
quyosh
radiatsiyasi keskinlashuvini qoplama yuziga nisbatan keskinlashishi)
oshirish juda muhimdir. Tomni yorug„lik o„tkazuvchanligi
qoplagichlarni optik xususiyatlariga, uni ifloslanishiga, to„siqlarda
yorug„likni o„tkazmaydigan elementlarni nisbiy vazniga, tomni
konfiguratsiyasigabog„liq. Tomning eng yaxshi konfiguratsiyasi
(shakli) yoki sferik (yarim yoy shaklidagi) 30-45°
burchakli nishab
hisoblanadi.
Yorug„lik o„tkazuvchan tiniq to„siq sifatida oyna va polimer
materiallardan foydalaniladi. Ko„pchilik polimer materiallar ko„rina-
digan spektr qismini o„tkazuvchanligi bo„yicha oynadan qolishmay-
di. Ularni ultrabinafsha, infraqizil nurlarni o„tkazuvchanligi oynaga
nisbatan, hatto yuqori. Foydalanish jarayonida polimer plyonkalar
eskiradi, chang bilan qoplanadi, ularda nam kondensat (shudring)
paydo bo„ladi. Shu bois ularni yorug„lik o„tkazuvchanligi kamayadi.
Polietilen plyonkani tiniqliligi ikki oydan so„ng 78-85% dan 64-67%
ga va poliamid plyonkaniki esa 85 dan 80% gacha tushadi.
Hozirgi
kunda Isroil, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy kabi
davlatlarda ishlab chiqariladigan plastik yopgichlar nafaqat inshootni
qoplashda, balki ularni ichiga kiruvchi va o„simlikni o„sishiga ta‟sir
etuvchi yorug„lik nurlari spektorini o„zgartirishda foydalanilmoqda.
Masalan, ultrabinafsha va infraqizil nurlanishni o„tkazish hamda
o„simliklarni o„sishi uchun mumkin qadar qulaylik yaratish maqsa-
dida yorug„lik energiyasini qaytorish va qaytadan taqsimlashda filtr
sifatida foydalaniladi. Ayrim plyonkalarda o„simliklarga suv
tomchilarini oqib tushishini (tumanga qarshi)
yoki qoplagichlarni
emirilishini oldini oluvchi qo„shimchalar mavjud. Turli ranglardagi
buyoqlarni qo„shish ayrim turdagi zararkunandalarga qarshi
kurashishga imkon beradi.
Issiqxona ichiga quyosh radiatsiyasini kirishini kamayishi ular-
dagi tiniq bo„lmagan elementlarni soniga bog„liq. Polimer material-
larni engilligi va ulardan katta mato ko„rinishida foydalanish mum-
kinligi, to„siqlardagi yorug„lik o„tkazmaydigan elementlar maydo-
nini yana ham qisqartirishga imkon beradi,
bu esa inshootlarga
quyosh radiatsiyasi kirimini ko„paytirishga yordam beradi.
Nurli energiyani yutilishini kamaytirish uchun yorug„lik o„tkaz-
maydigan elementlar oq yoki kumush ranglarga bo„yaladi. Bu maqsad-
larda issiqxonalarni ichki konstruksiyalarini ham bo„yaydilar.
Plyonkani ikki qavat qilib yopish, inshoot ichiga kiruvchi quyosh
radiatsiyasini 7-8% ga kamaytiradi. Buning sabablaridan biri plyonkalar
orasida hosil bo„ladigan nam (kondensat) shudringdir. Ammo
O„zbekiston sharoiti uchun bu unchalik muhim emas. Ifloslangan
oynalar yorug„likni 50% va undan ortiq kamaytiradi. Ifloslanishiga
qarshi uni oldini olish choralari ko„riladi. Ularni yomg„irlatib yoki
shlanglar yordamida, maxsus yuvgich vositalar qo„llanilib yuviladi.
Ko„chatlarni qoplamalarga yaqinlashtiruvchi so„kchakchalarda
(stelajlarda) yetishtirish, maqbul oziqlanish maydoni berish,
egatlarni yo„nalishini shimoldan janubga qaratib olish o„simliklarga
yorug„likni tushishini yaxshilashga imkon beradi.
Sabazvot ko„chatlarini yetishtirishda shimoliy mamlakatlarda
yorug„likni yaxshilash va yorug„ kunni
uzaytirish uchun qishki
davrda qo„shimcha elektryoritgichlar va elektr yorug„ligidagi ekinlar
qo„llaniladi. Elektr yordamida qo„shimcha yoritish – bu kunduzgiga
yaqin qo„shimcha elektr yorug„ligida o„sadigan o„simliklar; elektr
yorug„likdagi ekinlar – bu faqat elektr yordamida yorug„lik berilib
o„stiriladagan ekinlar.
Ko„chat yetishtirishda elektr bilan qo„shimcha yorug„lik berish
shimoliy tumanlarda, ayniqsa keng qo„llaniladi. Qo„shimcha yorug„-
lik berish uchun kunduzgi yorug„likka yaqin, quvvati 15 dan 100 Vt
gacha bo„lgan LD i LDI lyuminessent lampalardan hamda DRLF-
400 va ishga tushirishni boshqaruvchi apparatlardan tashkil topgan,
OT-400 kabi issiqxona yoritgichlari qo„llaniladi (22-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: