salbiy haroratdan saqlayolmasligi tufayli, ularni tez-tez qaytalay-
digan sovuqlar o„tgandan so„ng qo„llaydilar.
O„simliklarni o„zi ham mikroiqlimga katta ta‟sir ko„rsatadi.
Issiqxona ekini joylashgan havo va tuproq muhitida, o„simlik yashay
oladigan mikroiqlim mintaqasi – agrofitoiqlim yaratiladi. Bu qonuni-
yatni o„zgartirish o„ziga xos xususiyatlarga ega,
issiqxona maydoni
va o„simliklarni massasi qanchalik katta bo„lsa, bu xususiyatlar
shunchalik sezilarli bo„ladi.
Issiqxonalarda mikroiqlimni hozirgi paytda zamonaviy uskuna-
lar va sensorlar bilan boshqarilmoqda (18-rasm).
3.1. Issiqxonalarda yorug„lik tartiboti
Issiqxonalarda yorug„likni ahamiyati va unga talabi.
Yorug„lik o„simliklar uchun energiya beruvchi manba hisoblanadi.
Tarkibida xloro-fill bo„lgan yashil o„simliklar, nurli energiya yorda-
mida organik moddalarni yaratish va to„plash qobiliyatiga ega, u o„z
navbatida hosilni shakllanishini ta‟-minlaydi. Yorug„lik yana nafas
olish, transpiratsiya va moddalarni harakati uchun sarflanadigan
energiya manbai hisoblanadi.
Ko„chatlarni issiqxonalarda o„sishi, rivojlanishi va hosildorligi
uchun yorug„likni jadalligi va spektr tarkibi,
qanchalik ahamiyatga
ega bo„lsa, yorug„ kunning davomiyligi ham shunchalik ahamiyatga
ega. Quyoshdan tushadigan yorug„lik qanchalik ko„p bo„lsa, havo
harorati va CO
2
miqdori shunchalik (tegishli me‟yorgacha) yuqori
bo„lishi kerak.
Quyosh radiatsiyasi yorug„lik manbai hisoblanib, u turli to„lqin
uzunligidagi elektromagnit tebranishlarga ega bo„ladi. 280-4000 nm
(namnometr – metrni milliarddan bir ulushi) spektor doirasidagi
to„lqin uzunligi qisqa to„lqinli, 4000-10000 nm esa uzun to„lqinli
radiatsiya deyiladi. 400-750 nm to„lqin uzunligidagi spektr qismi u
ko„rinadigan spektr mintaqasi hisoblanib, uni inson ko„zi
turli
ranglarda xis qilib qabul qiladi. 750 nm dan katta bo„lgan spektor
doirasidagi to„lqin uzunligi infraqizil, 400 nm dan pasti esa –
ultrabinafsha nurlanishga kiradi. Nurli energiyaning asosiy qismi
ko„rinadigan (44%) va infraqizil (54%) spktor doirasiga to„g„ri
keladi. Ultrabinafsha nurlanish odatda 2% tashkil qiladi va u faqat
baland tog„larda 5-6% etadi.
Radiatsiya to„g„ri, tarqoq (yoyilgan) va umumlashgan bo„lishligi
bilan farqlanadi. To„g„ri radiatsiya xaraktdagi yuzaga to„g„ri quyoshdan
keladigan parallel nurlarning to„p (tutam) ko„rinishida qabul qilinadi.
Tarqoq – havo molekulalari va undagi
muallaq qattiq va suyuq
zarrachalar, bulutlar ta‟sirida parchalanib tushadigan radiatsiya.
Radiatsiyaning (to„g„ri va tarqoq) umumiy yig„indisi
umumlashgan
(jamlangan) radiatsiya yoki radiatsiya balansi
deb ataladi. Tarqoq
radiatsiyaning solishtirma og„irligi o„rtacha 26% ni, to„g„riniki esa –
74% ni tashkil qiladi, ammo bu nisbat yil va sutkalik vaqt davomida,
bulutli kun va boshqa omillarga qarab keskin o„zgaradi.
Bulutli
kunlarda to„g„ri radiatsiya bo„lmaydi, ertalab va kechqurun osmon tiniq
bo„lganda uni solishtirma og„irligi katta emas. Tiniq kunlarning
yarmidagi vaqtlarda uning ulushi 85% ga etadi. To„g„ri radiatsiya
o„simlikni tashqi barglariga quyosh tomondan, tarqoq – salqin
tomondan tushadi. O„simliklar uchun tarqoq (yoyilgan) radiatsiya katta
ahamiyatiga ega.
O„simliklarni hayoti faoliyati uchun to„lqin uzunligi 380 dan to
720 nm gacha bo„lgan optik nurlanuvchi maydonda o„simlik
uchun
fotosintezni ta‟minlovchi va boshqa fiziologik jarayonlarga ta‟sir
etuvchi – FFR (fotosintetik faol radiatsiya) ayniqsa zarurdir. O„sim-
liklar tarkibida vitaminlar miqdori va ularni sovuqqa chidamliligini
oshiruvchi, poyasini cho„zilib ketishidan saqlaydigan, uzun to„lqinli
ultrabinafsha (280 dan to 380 nm gacha) va issiqlik beruvchi hisob-
langan qisqa infraqizil (720 dan to 800 nm gacha) nurlarini o„z ichi-
ga olgan fiziologik faol radiatsiya ham ahamiyatlidir.
FFR jadalligi maydon va vaqt birligida tushadigan nurli yener-
giya miqdori bilan tavsiflanib, ming kkal/sm
2
da ifodalanadi. Qu-
yosh energiyasi tarkibida FFR 45-50% ni tashkil qiladi.
Quyoshning nurli energiyasi barglar tomonida to„liq ushlan-
maydi. Uni ko„p qismi fotosintezda ishtirok etmay yon atrofdan o„tib
ketadi. Bargga tushadigan energiyaning 15% atrof muhitga tarqaladi,
10% barg orasidan o„tadi, 75% barg o„ziga singdiradi, undan 70%
issiq-likka aylanib transpiratsiyaga sarflanadi va ekin o„stiriladigan
xonaga tarqaladi (19-rasm).
19-rasm
.
Bargni yorug‘likdan foydalanishi
(Klaypvayk bo‘yicha)
Fotosintez uchun nurli energiya-dan foydalanish ko„p
emas va u
issiqxona ekinlari uchun – 0,3 dan 1-2% gacha bo„ladi.
Yer yuziga tushadigan quyosh energiyasi quyosh yog„dusini
davomiyligi, quyosh turishini balandligi va atmosfera havosini aylanishi
bilan aniqlanadi. Quyosh yog„dusining davomiyligi geografik mintaqa
va yil vaqtiga bog„liq. U yorug„ kunning uzunligidan juda kam.
Vaholanki shimolda janubga nisbatan yorug„ kun uzunroq, bu yerda
quyosh yog„dusi soatining soni havo ko„proq bulutli bo„lganligi tufayli
kamroqdir. Quyosh yog„dusining davomiyligi barcha kengliklarda qish
vaqtida qisqaradi. Yilning eng sovuq kunlarida – noyabrdan to
fervalgacha MDH dagi o„rta mintaqalarida quyosh yog„dusi-ning
davomiyligi O„rta Osiyo va Kavkazga nisbatan 3-4 marta,
quyosh
radiatsiyasining kattaligi esa 8-10 marotaba kamdir (10-jadval).