Issiqxonalardan
foydalanish muddati, ularni vazifasi,
isitish
usullari, konstruktiv xususiyatlari kursning nazariy qismida bayon
etilgan materiallarni hisobga olgan holda izohlanadi.
Issiqxonalarning asosiy elementlari
qanday materiallardan tay-
yorlanganligiga qarab aniqlanadi. Issiqxona va uning ayrim element-
lari ruletka bilan o„lchanadi. Issiqxonalarni qurilma,
inventar va
foydali maydonlari o„lchangan natijalar bo„yicha hisoblanadi. Quri-
lish maydoni – bu tashqi tomoni uzunligini uni eniga ko„paytmasi,
inventar esa issiqxona ichki uzunligini ichki eniga ko„paytmasi,
urug„ sepish va ko„chat ekish uchun foydalaniladigan maydon (doi-
miy foydalanish uchun asfaltlangan yo„lkadan tashqari) foydali may-
don deb yuritiladi.
Issiqxona erdan foydalanish koeffitsienti foydali maydon yuza-
sini inventar maydonga bo„linib va 100 ga ko„paytirish orqali aniq-
lanadi.
Issiqxonaning ichki jihozlarini tavsiflashda uni tavsifi issiqlik
manbalari, ularning joylashishi (issiq suv o„tadigan, nishabli (shatr)
tuproq yuzida va ostidan isitadigan trubalar, issiqlik generatorlari, kalo-
riferlar va boshqalar), sug„orish usullarini (tomchilatib, yomg„irlatib
yoki shlanglar yordamida), karbonat angidrid
bilan boyitish usulini,
issiqxonaga zaharli moddalar va o„g„itlar eritmasini berishni (magistral
truboprovodlar, yomg„irlatish tizimi orqali yo„qligi) mikroiqlimni
sozlashni (avtomatlashtirilgan yoki yo„q) ko„rsatgan holda izohlaydilar.
Issiqxona solishtirma (nisbiy) hajmi to„siqlari koeffitsienti,
hisoblashlar yordamida aniqlanadi. Solishtirma hajm – bu hajmni
inventar
maydonga nisbati, to„siqlar koeffitsienti esa – devorlar va
yopqichlar yuzasi yig„indisini inventar maydonga nisbatidir. Ikki
nishabli bir zvenoli issiqxona devorlari yuzasi to„rt devorlari yuzasi
va oldi hamda orqa tomonlari uchburchaklarining yuzalari yig„in-
disiga, yopqichi yuzasi esa – ikki nishab yuzasining yig„indisiga
teng. Blokli issiqxonalarda devorlari yuzasi to„rt devorlari yuzasi va
barcha seksiyalarining oldi va orqa tomonlari uchburchaklarining
yuzasi yig„indisiga, yopqichi (qoplama) yuzasi esa – barcha zvenolar
nishablari yuzasi yig„indisiga barobardir.
Material va jihozlar:
1. Issiqxona xo„jaligi. 2. O„zbekiston
uchun tavsiya etilgan issiqxonalarning namunaviy loyihalari. 3.
Himoyalangan yer sabzavotchiligi albomi. 4. Diafilmlar, kompyuter
tasvirlari va boshqa ma‟lumotlar. 5. Ma‟lumotli (spravochnik)
adabiyotlar. 6. Ruletka yoki yig„ma o„lchagichlar, chizg„ichlar.
Do'stlaringiz bilan baham: