Oldi tomoni devorining o„rtasiga balandligi 2 m eni 1 m bo„l-
gan eshik o„rnatiladi, uni ustidagi fermaga shu o„lchamdagi darcha
perpendikulyar holatda joylashtiriladi. Eshik va darcha ko„ndalang
kesimi 25 mm li metall uchburchakdan (ugolnikdan), kesakisi esa
kesimi 50×30 mm bo„lgan yog„och taxtalardan tayyorlanadigan
romdan iborat. U shtapik (taxtacha) yordamida plyonka bilan qopla-
nib tiqiladi.
Oldi va orqa devorlarni har bir zvenolarini eni bo„ylab,
qalin-
ligi 20 mm va uzunligi 5,4 m li armaturalardan tayyorlangan ustun-
lar o„rnatiladi, Har bir armatura ikki bo„lak qilib buklanadi, shunda
ularni uzunligi 2,7 m ni tashkil qiladi.
Armaturani bir-biriga tutashmay bo„sh
qolgan tomoni,
oralig„iga qarab pishiq g„isht joylashtiriladi. Bunday ustunlar yana
ham pishiqroq bo„lishi uchun ularni orasi ko„ndalangiga armatura
bo„lakchalari bilan mahkamlanadi. Tutashmay bo„sh
qolgan va
orasiga g„isht joylashtirilgan tomoni erga 0,5 m chuqurlikda
ko„miladi. Ustunlarni yuqoridagi aylanma shaklida bukilgan uchlari-
ga ko„ndalang va yon devorlar ustidan qalinligi 20 mm li armatura
bo„laklari o„rnatilib payvandlanadi. Individual
plyonkali issiqxo-
nalarda yon devorlarni ko„rinishi 15-rasmda keltiriladi.
15-rasm.
Shaxsiy plyonkali issiqxonaning
bo‘ylama devori bir qismining ko‘rinishi
Diametri 20 mm li armatura,
(uzunligi 2,7 m, ikki qavat)
16 mm li armatura
sim
Kengligi 2 m, balandligi
1 m, 25 mm li ugolnikdan
yasalgan yog„och romli
darcha
Diametri
50 mm li 4 truba
0,5 m, yer
G„isht
Uzunligi 4,7 m
45 mm li ugolnik
Oldi tomoni devori uchun ustunlar qanday tayyorlangan bo„lsa,
bo„ylama devori uchun ham shunday tayyorlanadi,
ammo bunda
kesimi 16 mm bo„lgan armaturalardan foydalaniladi. Ustunlar har 2
m oraliqda o„rnatiladi. Bo„ylama devor ustunlari ustiga kesimi 20
mm li armatura payvandladi (svarka qilinadi). Zvenolar oralig„iga
xuddi shunday ustunlar, shunday usulda o„rnatiladi.
Yon devorning uzunligi bo„ylab har 2 yoki 4 m oralatib o„lcha-
mi 4×2 m li darchalar (fortochka) o„rnatiladi. Bo„ylama devor
burchaklarini mustahkamligini yanada oshirish uchun kesimi 45 mm
uzunligi 4,7 m bo„lgan burchakli tirgovich o„rnatiladi. Uni 4 m
naridagi keyingi ustining pastki qismiga, tiralib mahkamlanadi.
Zvenolar ustidan har 2 m (keyingi qo„shni ustunlar orasidagi
masofa bo„yicha) masofada yon devorlarga tirkab yarim yoy ko„ri-
nishli ferma o„rnatiladi, ularni uchlari
devor asoslariga mahkam-
lanadi. Har bir ferma (faramuga) qalinligi 16 mm li ikki bo„lak biri
ikkinchisiga mahkamlangan armaturalardan iborat. Fermalarni
(faramugalarni) balandligi 1-1,3 m. Fermalarni asosida o„simliklarni
bog„lash uchun bir necha qator simlar tortiladi.
Issiqxonaning konturi bo„yicha oldi-orqa va uzunasi bo„ylab
devorlari o„rta qismiga kesimi 50 mm bo„lgan isitish trubalari,
zvenolari oralig„iga esa shunday trubalardan 3 tadan o„rnatiladi.
Shamol ta‟sirida plyonkani yirtilishi
oldini olish uchun
sinchlari oralig„iga har 0,5-0,6 m masofada ingichka sim tortiladi.
SHu tartibda yasalgan sinyalar ustidan yaxlit plyonka tortilib
yopiladi. Eshik va darchalarga to„g„ri kelgan joyi kesiladi.
Issiqxonani isitish qozonga ulangan va issiqxonaning uzunasi
bo„ylab o„tkazilgan kesimi 100 mm li ikki magistral truba orqali olib
boriladi. Ulardan kesimi 35 mm li –
tarmoq trubachalari chiqarilib,
ular orqali suv isitish trubalariga keladi.
Maydoni 500 m
2
(27×19 m) bo„lgan bunaday plyonkali issiq-
xonalarni qurish uchun taxminan: kesimi 100 mm li po„lat truba-
lardan – 62 m; 50 mm – 530 m; 35 mm – 70 m kerak bo„ladi; kesimi
20 mm armaturadan – 740 m; 16 mm – 300 m; 45 mm ugolniklardan
– 38 m, 25 mm – 72 m; yo„g„on simdan – 680 m, ingichkasidan –
1006 m; tarnov uchun – 22 m
2
tunuka, 1 dona qozon, kesimi 5×3 sm