qaysi maqsadda foydalanishiga ko„ra sabzavot yoki ko„chat
yetishtiriladigan bo„ladi;
isitish usuli bo„yicha – quyosh yordamida (oddiy va geliois-
siqxonalar), biologik, texnik (suv, gaz, havoni qizdirib beradigan
isitgichlar va generatorlardan foydalanish,
elektr energiyasi yorda-
mida) turlarga bo„linadi;
nur o„tkazadigan qoplamasining turi bo„yicha – oynavand,
plyonkali, oyna plastikli (nur o„tkazadigan qattiq polimer mate-
riallardan qoplangan); qo„ziqorin yetishtiriladigan qorong„i xonalar;
pishib etilmagan sabzavot mahsulotini yetishtirishda foydalanila-
digan inshootlar; shimoliy mintaqalarda qorong„i
joyda elektr nuri
ta‟sirida ekin o„stiriladigan issiqxonalarning qoplamasi nur o„tkaz-
maydigan materiallardan tayyorlanadi;
qoplamalarni mahkamlanishi bo„yicha – oynavandlarda –
statsionar va panelsimon (romli va yig„ma); plyonkalilarda – parda-
simon (yaxlit qoplagich chodir) va panelsimon;
zvenolar soni bo„yicha – bir zvenoli (bir proletli), bir zveno-
dan tashkil topgan va blokli, bir necha zvenolardan iborat bo„lib,
o„zaro metall tarnovlar, ichki ustunlar yordamida bir-biriga birlashti-
rilgan;
qoplamalarining shakli va konfiguratsiyasi bo„yicha – to„g„ri
(yassi), qiya (bir nishabli, ichki ustunli ikki nishabli, ichki ustunsiz
ikki nishabli yoki angarsimon), poligonal (gumbazsiz), arkasimon,
yarim yoysimon bo„ladi.
foydalanish ketma-ketligiga ko„ra – statsionar (doimiy) bo„-
lib, u bir joyiga o„rnatiladi va unda ishlatishga yaroqsiz holatiga kel-
guncha
foydalaniladi; mavsum mobaynida bir ekindan ikkinchisiga
ko„chirib o„rnatiladigan muvaqqat (nostatsionar). Muvaqqatlar (nos-
tatsionar), o„z navbatida, rels yoki biror moslama ustida harakatlan-
tirib surib yuriladigan va ko„tarib ko„chiriladiganlarga bo„linadi.
yengil konstruksiyali, oynavand panelli yoki plyonka to„siqli bo„la-
di;
yerga joylashtirilishi bo„yicha – erga chuqur joylashtirilgan
(o„rali) va yer yuziga o„rnatilgan bo„ladi;
ichki maydonidan foydalanish bo„yicha – erli, o„simliklar
egatlarda yoki tekis maydonda va so„kchakchali, ichi tuproq ara-
lashmasi yoki neytral substratlar bilan to„latilgan so„kchaklar –
oxirsimon moslamalarda o„stiriladi;
o„simliklarni joylashtirish usuli bo„yicha –
bir yarusli, ko„p
yarusli va konveyrli bo„ladi. Yerli issiqxonalar doimo bir yarusli,
so„kchaklilar esa bir va ko„p yarusli. Konveyrli esa gorizontal yoki
tik harakatlanadigan konveyrdan iborat;
ildizdan oziqlantirish usullari bo„yicha – tuproqli, kichik
hajmli, gidropon, aerosuvli, fitotronli, qo„ziqorinxonalarga bo„linadi;
sinchlarni mavjudligi – oynavand issiqxonalarning yopqichi
og„ir bo„lganligi uchun,
ular doim sinchli, plyonka yopilganida esa
sinchli yoki sinchsiz bo„lishi mumkin. Sinchsiz issiqxonalar
muntazam ravishda dam beriladigan havo tayanchli va vantali
(issiqxonalar ustidan stolbalarga tortilgan trosslarga osib qo„yiladi-
gan) bo„ladi.
Ko„rsatilgan belgilar nazarda tutiladigan bo„linsa issiqxona-
larning ko„p turlarini mavjudligidan farq beradi.
Ularning har bir
turini ijobiy va salbiy tomonlari mavjud bo„lib, issiqxona loyihasi
tanlanayotganda mintaqa iqlim sharoiti hisobga olinishi kerak.
O„tgan asrning 60-nchi yillari oxiri 70-nchi yillari boshlarida
O„zbekistonda oynavand issiqxonalarni qurish jadal sur‟atlarda olib
borildi. Ularning namunaviy loyihalari o„zgardi va konstruksiyalari
takomillashtirildi. Shu sababli, respublikamizda
turli loyihalar
asosida qurilgan issiqxonalarni uchratish mumkin.
Ayrim xo„jaliklarda 60-nchi yillar oxiri, 70-nchi yillar bosh-
lanishida 810-78 raqamli namunaviy loyiha asosida maydoni 3 ga
bo„lgan angar issiqxonalaridan bloki qurilgan. Blokka har birining
maydoni 3000 m
2
bo„lgan angar tipidagi 9 issiqxonalar kirib va
maydoni 1500 m
2
bo„lgan ko„chat yetishtirishga mo„ljallangan ikkita
issiqxona, xo„jalik
va yordamchi binolar, kengligi 6 m bo„lgan
yo„lak bilan blokka biriktirilgan. Bu davrda shuningdek, 810-45
sonli namunaviy loyihaga muvofiq zvenolari oralig„i (zveno) 3,2 m
bo„lgan 3-6 ga li blokli issiqxona kombinatlari qurilgan.
O„zbekistonda keyingi yillarda 810-73, 810-92 raqamli
loyihalar bo„yicha qishki issiqxonali kombinatlar qurildi. Bu
zvenolarining oralig„i 6,4 m bo„lgan maydonli 6 ga oynavand qishki
issiqxonalar blokidir. Konstruksiyasi mahsus engillashtirilgan
ko„rinishda (profilli). Blokda har birining maydoni 1 ga dan bo„lgan
6 issiqxona mavjud. Bir gektarli issiqxonaning tashqi o„lchami
141×75 m (13-rasm).
Blok maxsus qurilgan qozonxonadan issiqlik oladi. SHu bilan
birga xo„jalik va yordamchi binolar hamda yo„lakni
isitilishi ham
hisobga olingan. Shuningdek, tuproq aralashmasi va suyuq yonil-
g„ilarni saqlaydigan maydoncha ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: