elementlarni taqdim etadilar. Bu OOO da yuqori sifatli ko„p yil foy-
dalaniladigan integral
tomchilatuvchi tarmoqlar, tashqaridan
kompensatsiyalashtiruvchi «Supertif» tomchilagichlar va turli
ikkinchi darajali qismlar sotiladi, ularga: mikrotrubkalar, tarmoq-
lantiruvchi qismlar, strelkalar kiradi (35-rasm).
O„simliklarni suv tartiboti faqat sug„orish bilan belgilanmaydi.
Suv tartibotini optimallashda quyosh radiatsiyasini
oqib kelishini
sozlash, havoni suv parlari bilan to„yintirish, harorat va transpi-
ratsiya jadalligiga ta‟sir etuvchi boshqa omillarni sozlash muhim rol
o„ynaydi. Issiq vaqtlarda suv balansini buzilishi barglaridagi og„iz-
chalarni ochilish darajasini (me‟yorini) kamaytirib, fotosintez
jadalligi va o„simliklarni hosildorligini pasaytiradi. Masalan, bodring
uchun qizib ketish xatari barg harorati 35
S dan oshib ketganda
yuzaga keladi. «Suvli stress» holatlarini oldini olish uchun tomchi-
latib sovutish va namlatishni avtomatlashtirilgan tizimlarini qo„llash
samaralidir.
Issiqxonalarda sabzavotlarni yetishtirishda sug„orish
uchun
foydalaniladigan suvning sifati muhim ahamiyatga ega. Sug„orila-
digan suvning muhim sifatli ko„rsatkichlari bu yeriydigan tuzlarnnig
umumiy konsentratsiyasi; natriy, xlor, bor va boshqa zaharli ele-
mentlarni miqdori; biokarbonatlarni miqdori va kalsiy va magniy
konsentarsiyasini yig„indisi; suvning qattiqligidir.
Issiqxonalarda suvning asosiy oltita kimyoviy komponentlari:
makroelementlar – K, Na, Ca, Mg, Cl, SO
4
, HCO
3
, CO
3
; eritilgan
gazlar – kislorod, azot, metan,
vodrod sulfid, karbonat kislotasi;
biogel moddalar, azot, fosfor, temir, kremniy birikmalari; organik
moddalar – organik kislotalar,
murakkab efirlar, fenollar, gumusli
moddalar; mikroelementlar; ifloslashtiruvchi moddalar mavjud.
Sug„oriladigan suv taxlilining natijalari quyidagilar bilan ifodalana-
di: asosiy ionlar jami 1 g/l dan ortiq, minerallashganda – g/kg da yo-
ki foizda, 1 g/l past bo„lganda – mg/l da; erigan gazlar, biogen mod-
dalar va mikroelementlar – mg/l da. Ko„pincha makroelementlarni
miqdori millimolda (MM/l), mikroelementlar esa mikromolda
(mkm/l) ifodalanadi.
Issiqxonalarda sug„oriladigan suv bilan tuzlarni ortiqroq kelishi
substratni sho„rlanishiga
olib keladi, bu o„simliklarni hosildorligiga
salbiy ta‟sir etadi. Tuzi yo„q suvdan foydalanish, o„simlik hujay-
raylarida osmatik bosimni pasayishiga olib kelishi mumkin.
Sug„orish uchun foydalaniladigan suv nordonligi pastroq ney-
tral reaksiyaga yaqin bo„lishi kerak, unda quyuq (zich) qoldig„ miq-
dori 1-1,2% oshibketmasligi kerak. Sug„oriladigan suv minerala-
shish darajasi bo„yicha quyidagilarga bo„linadi:
juda yaxshi yoki
chuchuk (sho„rlanmagan) minerallanishi 0,1 g/l dan kam; kam
minerallashgan – 0,11-0,3 g/l; qoniqarli – 0,31-0,9 g/l; qoniqarsiz –
1,6 g/l dan ko„proq. Tomchilab sug„orish uchun foydalaniladigan
suvda mineral tuzlarning miqdori 0,5 dan to 1 g/l gacha bo„lishi ke-
rak. Suvdagi tuzlarni miqdori elektr o„tkazuvchanligiga qarab ham
aniqlanadi: 0,75 mSm/sm – yaxshi, 1,5-2,5 mSm/sm – kam yaroqli,
2,5 mSm/sm ortig„i – sug„orish uchun yaroqsizdir.
Issiqxonalarda sug„oriladigan suv sifatini tavsiflovchi ionlar
ichida Cl anioni eng muhim hisoblanadi, chunki u yuqori ko„chish
(migratsiya) xususiyatiga ega. Uni suvdagi miqdori 50 mg/l (1,5
mM/l) dan oshib ketmasligi kerak. Bundan yuqoriroq konsentratsiya
o„simliklarni ildiz tizimini zararlaydi va ularni hosildorligini pasay-
tiradi.
Issiqxonalarda o„simliklar uchun sulfat ioni oz miqdorda kerak,
ammo uni konsentratsiyasi 4 mM/l dan oshib ketsa kalsiyni o„zlash-
tirilishi yomonlashadi. Gidrokarbonatlar (HCO
3
), karbonatlar (CO
3
)
va biokarbonatlar (H
2
CO
3
) muhit reaksiyasini (rN) belgilaydiva
aerob sharoitda suv to„xtab qolganda (turg„un holatda bo„lganganda)
karbonat angidridi gazi yig„iladi. O„simliklarni
gidropon usulda
yetishtirishda HCO
3
miqdori 244 mg/l dan yoki 4 mM/l dan oshib
ketmasligi kerak. Xlorni me‟yorlashtiruvchi kationlar ichida Na
birinchi o„rinni egallaydi.
Suvda biokarbonatlarni, sulfatlarni va Ca va Mg xloridlarini
miqdori uni qattiqligini belgilaydi. Kaliy kationlari suvda kam. Ki-
chik hajmli ekinlarda tomchilab sug„orish uchun qattiq suvni qo„lla-
maslik kerak, chunki Ca va Mg yuqori miqdorda bo„lishi kaliyni
o„zlashtirishni siqib qo„yadi.