S yunusov, Z. Abdiyev



Download 11,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/138
Sana28.05.2022
Hajmi11,33 Mb.
#612635
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   138
Bog'liq
issiqxonalarda sabzovot kochatchiligi

32- rasm
. Ko‘chatlarni yomg‘irlatib sug‘orish tizimi

O„zbekistonda hozirgi kunda issiqxonalarni qurishda va avval 
qurilgan issiqxonalarda yomg„irlatib sug„orish moslamalari o„rnatil-
moqda. Issiqxonalarni asosiy sug„orish usuli hozircha shlanglar 
orqali sug„orilmoqda. Ammo zamonaviy issiqxonalarda sabazavot 
ko„chatlarini yomg„irlatib sug„orish uskunalari yordamida sug„o-
riladi (32-rasm) 
O„simliklarni sug„orish me‟yori o„simlik turi va yoshiga, 
quyosh radiatsiyasining jadalligiga, tuproqning suv-fizik xususiyat-
lari va boshqa omillarga bog„liqdir. O„zbekistonda sabzavot ko„chat-
larining sug„orish me‟yori u darajada yuqori bo„lmay – 5-7 l/m
2
ni 
tashkil etadi. 
Respublikamizda va chet ellarda so„nggi yillarda tomchilatib 
sug„orish usuli keng tarqalmoqda. Bunda suv yoki oziqali eritma 
nasos yordamida taqsimlagichdan kollektor orqali tarqatuvchi 


trubalarga, ulardan esa o„simliklar qatorlari orasidagi egatlar ustiga 
o„rnatilgan kapillyar trubalarga yuboriladi. Tomchilatib sug„orish 
tizimi odatda havoni namga boyituvchi tizim bilan qo„shib yig„iladi 
(33-rasm). 
 
33-rasm.
 Ko‘chatlarni tomchilatib sug‘orish. 
Issiqxonada tomchilab oziqlantirish tizimi tegishli konsentrat-
siyali oziqali eritmani sifatli tayyorlash va tarqatuvchi tarmoq orqali 
har bir ko„chatga me‟yorida uzatib berishni ta‟minlaydi. Bunda suv, 
o„g„it va elektr energiyasini sarfi kamayadi. 
Ko„chatlarni tomchilab oziqlantirish tizimi kompleksiga o„g„it-
larni aralashtirish, onalik eritma va kislotalarni saqlash uchun baklar, 
elektr o„tkazuvchanlikni (EC) ikki tomonlama nazorat qiluvchi ko„p 
tomchilarni va muhit reaksiyasini (pH) me‟yorlashtirib beruvchi 
moslama, suvni tayyorlash va saqlash uchun ehtiyot idishlar, filtrlar, 
nasoslar, har bir ko„chat uchun tomchilagichlar va tarqatib beruvchi 
tarmoq, mineral oziqani o„lchab nazorat qiladigan va avtomatlashti-
rilgan tizimlar kiradi. 


Issiqxonada sug„oriladigan suvni tozalash uchun tizimning 
boshlanishida qum-shag„al ushlab qoladigan maxsus filtrlar o„rnati-
ladi. U sug„orish tizimiga 75 mkm kattaroq zarrachalarni kirib qoli-
shidan asraydi. 
Ko„chatlarni tomchilatib sug„orishda suv aynan ildiz tizimi joy-
lashgan qatlamga beriladi, bunda boshqa sug„orish usullaridagi kabi 
tuproqning barcha hajmi namlanmasdan, balki qisqa muddatda er 
namligi 15-20 foiz NV ko„payadi. Tomchilatib sug„orishda suv uzoq 
muddat mobaynida beriladi, ammo tuproqni juda zahlab ketadigan 
davrlari kuzatilmaydi, tuproq namligini amplitudasi 4-5 foiz NV ga 
farq qiladi. Bunda tuproqdagi namlikni tegishli me‟yorda saqlab 
turish va sug„orishni avtomatlashtirish mumkin. Tomchilatib sug„o-
rishda tarkibida turli miqdorda suv va havosi bo„lgan tuproq minta-
qalari (qatlamlari) almashib turadi, natijada ildiz muntazam ravishda 
kislorod bilan ta‟minlangan bo„ladi. Uni eng muhim tomoni o„sim-
likni va tuproq yuzini namlamasligidir, shu tufayli zamburug„ kasal-
liklarini tarqalishi kamayadi. 
Ko„chatlarni tomchilatib sug„orishda suv, havo va oziqa tarti-
botlari maqbulga yaqin bo„lib, mineral oziq elementlarini boshqa-
rishga yaxshiroq imkon beradi. U sun‟iy substratlarda yetishtiriladi-
gan kichik hajmli yangi qurilmalarda keng qo„llaniladi. Tomchilatib 
sug„orish suv va o„g„itni 20-30 foiz iqtisod qilishga sharoit yaratadi. 
Issiqxonalarini tomchilatib sug„orish uskunalari bilan jihozlash 
bo„yicha Isroilni Nitafim, Janubiy Koreyaning MYUNGSUNG 
PLACON CO.LTD firmalari hisoblanadi. Bu firmalar model prinsipi 
bo„yicha loyihalarni «
kaltigacha
» bajarib, buyurtmachiga mahalliy 
sharoitlarni hisobga olib unga mavjud ko„pchilik loyiha va uskunalar 
ichidan layoqatliysini tanlashga imkon beradi, uskunalarni etkazib 
berish va o„rnatish, irrigatsiya tizimini ishga tushirish bilan birga 
joylarda xodimlarni o„qitish va konsultatsiyalar berishni ta‟minlaydi. 
MYUNGSUNG PLACON CO.LTD firmasi tomonidan 3 tipda-
gi tomchilab sug„oruvchi integral trubo-provodlar: kompensatsiya-
lashgan bosimli; barcha mavsumlar uchun kompensatsiyasiz (tovon-
siz); diametri 12 dan 25 mm va devorlarini qalinligi 0,15 mm li yup-
qa devorli trubalar; hamda biriktiruvchi moslamalar va ularga 
kerakli boshqa jihozlar ishlab chiqilgan va tavsiya etiladi. 


Firma o„rnatiladigan tomchilatib sug„orish tizimlarini turli xil 
filtrlar, trubalar, birlashtiruvchi moslamalar, multmediali va komp-
yuterlashtirilgan boshqaruvni turli modifikatsiyalarni komplektlaydi 
(to„playdi). U tizimlarga yig„iladigan, tizimlarga yoki tuvakchalarga 
o„rnatiladigan bosimni kompen-satsiyalashtiradigan (tiklaydigan) 
yoki kompensatsiyalashtirmaydigan (tiklayma-digan) turli xildagi 
tomchilatgichlarni etkazib beradi, ularni xoxlagan dia-metrdagi 
trubalarga o„rnatish mumkin (34-rasm). 
Bosimni 
kompensatsiyalayd
igan (tiklaydigan) 
tomchilatish 
mosla-masi. Suv 
sarfi: 2, 4, 8,5 l/s 
Bosimni 
kompensatsiyalaydi
gan (tiklaydigan) 
«dyatel» tipidagi 
tomchilatuvchi 
moslama. Suv sarfi: 
2, 4, 8,5 l/ch 
Bosimni 
kompensatsiyalash
tiradigan, ko„pikli 
tomchilatuvchi 
moslama. Suv 
sarfi: 25 l/s 
C.N.L.
YUqori 
bosimni kom-
pensatsiyalashti-
ruvchi zich yopila-
digan tomchilatuvchi 
moslama. Suv sarfi: 
3, 6, 12 l/s. Oxirgi 
bosimi: 4 m. 
C.N.L.
Past bosimni 
kompensatsiya-
lashtiruvchi zich 
yopiladigan (germe-
tik) tomchilatuvchi 
moslama. Suv sarfi: 
2, 4, 8 l/s. Oxirgi 
bosimi: 1,5 m 
Multifim.
Bosimni 
kompensatsiya-
lashtiruvchi bir necha 
chiqish yo„li bo„lgan 
tomchilatuvchi 
moslama. Har bir 
chiqadigan tomonga 
sarflana-digan suv: 2, 
3, 4 yoki 8 l/s 
PCI CNL 
Tomchilagich tubi 
atrofidagi halqalar 
bilan aniqlanadi 
PCI KNOKALI 
Suv sarfi: 2, 3, 4, 8 
l/s 


PCI.
Bosimni 
kompensatsiyalash-
tirib ko„piklab 
chiqaruvchi 
«dyatel» tipidagi 
tomchilatuvchi 
mosalama. Suv 
sarfi: 2, 3, 4, 8 l/s 
PCI. 
Bosimni 
kompensatsiyalasht
ir-uvchi nippeldan 
chiqadigan 
«dyatel» tipidagi 
tomchilatuvchi 
moslama. Suv sarfi: 
2, 3, 4, 8 l/s 
Knopkali 
tomchilatuvchi 
moslama. Suv 
sarfi: 1,15, 2, 3, 4, 
8 l/s 
CHiqish yo„li 
tishlashtirilgan 
«dyatel» tipidagi 
knopkai tomchila-
tuvchi moslama. 
Suv sarfi: 1,15, 2, 
3, 4, 8 l/s 
Tuvakchali 
tomchilatuvchi moslama. 
Suv sarfi: 1,15, 2, 3, 4, 8 
l/s 
Ustunli-purkagich. 
Suv sarfi: 12, 18, 23 l/s 
MOD. Bir necha chiqish 
yo„li bo„lgan tomchilatuv-
chi moslama. Suv sarfi: 2, 
3, 4, 8 l/s 

Download 11,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish