S yunusov, Z. Abdiyev



Download 11,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/138
Sana28.05.2022
Hajmi11,33 Mb.
#612635
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   138
Bog'liq
issiqxonalarda sabzovot kochatchiligi

Parniklar
– statsionar yoki ko„chma nur o„tkazmaydigan yon 
to„siqlari (25 sm gacha) bo„lgan va yorug„lik o„tkazadigan qoplamali 
kichik hajmli inshootdir. Yon to„siqlari bo„lgani uchun parniklar 
ekin o„stiriladigan binolar qatoriga kiritiladi. Ammo, parnik qopla-
masi (romi) bilan tuprog„i oralig„idagi masofa kam bo„lganligi 
uchun xizmat qiluvchilar parnikdagi barcha ishlarni uni tashqarisida 
turib bajaradilar. Bu, parniklarni issiqxonalardan asosiy farqi hisob-
lanadi. 
Parniklar himoyalangan yer inshootlarining qadimiy turidir. 
“Parnik” nomi “bug„lash” so„zidan kelib chiqqan, chunki qizigan 
go„ng parchalanganda o„zidan bug„ chiqadi. Parniklar O„zbekistonda 
qish va bahor faslida foydalaniladi va unda asosan ko„chat 
yetishtiriladi. Unda shu jumladan, erta yetiladigan sabzavotlar 
yetishtiriladi hamda ochiq yerda etilmay qolgan ayrim sabzavotlar 
hosili etiltiriladi va tezlashtirib o„stiriladi. 
Parniklar qoplamasi nishabining (bir va ikki nishabli) soni, 
maydonning past balandlik darajasidan kelib chiqqan holda erga 


joylashtirilishiga ko„ra (yer ustki va erni kavlab), konstruksiyasiga 
(ko„chma va statsionar), nur o„tkazadigan qoplamasining turiga 
(oynayand, plyonkali), qoplamasini qoplanish usuliga (sidirg„i-yop-
pasiga, romli), isitish usullariga (quyosh nuri yordamida, biologik, 
texnik), foydalanish muddatiga ko„ra (erta muddatda yoki issiq, o„rta 
muddatda yoki yarim issiq, kech muddatda yoki sovuq) biri ikkin-
chisidan farqlanadi. Parniklarni ko„p sondagi turli xillaridan 
O„zbekistonda, ilgari, faqat bir turi – bir nishabli, erni kavlab joy-
lashtiriladigan, biologik usulda isitiladigan, oynavand romli rus 
parnigi deb nomlangan turi keng tarqalgan edi (8-rasm). 
8-rasm.
 Biologik usulda isitiladigan yerga xandaq kavlab 
o‘rnatilgan rus parnigining ko‘ndalang kesimi

a – yog„och suyamali parnik; b – temir betondan yig„ilgan 
parnik; 1 – romi; 2 – shimoliy kesakisi; 3 – janubiy kesakisi;
4 – tuprog„i; 5 – bioyonilg„i; 6 – qo„shni parnik kesakilarini 
birlashtiruvchi moslama (lejen); 7 – rom tirgagi; 8 – parnik 
romlariga tirab turadigan temir moslama (skoba) (o„lcham mm da) 
Rus parnigining asosiy qismlari – oynavand rom, ko„rinishidagi 
tiniq shaffof qoplama, kesakilar, o„ra va isitadigan qurilmalar 
hisoblanadi. 
Parniklarning standart romi o„lchami 160×106 sm, bir romning 
foydali maydoni 1,5 m
2
. Rom bo„yiga ikki va eniga ikki suyama 
(ko„ndalang kesimi 55×47 mm), oyna mahkamlanadigan suyama 
(shpros) (ko„ndalang kesimi 47×38 mm) va oynadan iborat bo„ladi. 
Romlar parnik quti kesakisi bo„ylab uzunasi ko„ndalang 
joylashtiriladi. Parniklar romlarini bir tomonini tirgovich bilan 
ko„tarib qo„yib shamollatiladi. Kesaki to„g„ri to„rtburchak shaklida 
bo„lib taxtadan, yoki yig„ma temir-betondan yasaladi. 
Parnik romlari biroz (5-8°) qiyaroq (nishabli) bo„lishi uchun 
uni qutisini shimoliy kesakisi balandroq o„rnatiladi. Romlarni surilib 
ketmasligi uchun kesakining janubiy tomonida chuqurligi 3 sm 


bo„lgan o„yig„i bo„lib, rom unga tiralib turadi. Parnik kengligi rom 
uzunligiga teng, uzunligi esa 20 romning eniga teng (21,2 m). 
Parnik chuquri yerda kavlagan o„radek ko„rinadi. U isitish 
moslamalarini joylashtirish uchun xizmat qiladi. O„raning yuqori 
qismi bo„yi va enini uzunligi ichki kesakining o„lchamiga nisbatan 
10-15 sm ortiq. O„ra devorlari erning zichligiga ko„ra tik yoki 
qiyaroq bo„lishi mumkin. Erta muddatda foydalanadigan parniklar 
o„rasini chuqurligi – 60-70, o„rta muddatdagisiniki – 45-55 va 
kechki muddatdagisiniki – 25-30 sm bo„ladi. 
Erta yetiladigan issiq parniklar, qishda foydalaniladigan 
bioyonilg„isi qalinligi – 50-60 sm, bahorda foydalanadigan yarim 
issiqxonalarniki esa – 30-40 sm bo„ladi. 
Oynavand parniklar qo„pol va qimmat. Shuning uchun so„nggi 
yillarda romi plyonka bilan qoplangan engil va arzon parniklardan 
foydalanilmoqda. 
Plyonkali 
parniklarning 
yon 
tomonlarida 
oynavand parniklar kabi to„siqlari bo„ladi. Ular bir va ikki nishabli 
bo„ladilar. Bularni har ikkisi ko„chma va statsionar bo„lishi mumkin. 
Bir nishabli plyonkali parnik
o„lchaml 1,5×3 m bo„lib, uning 
uchun 0,5-0,6 m chuqurlikda o„ra tayyorlanadi. O„raning 
burchaklariga va bo„yini uzun tomonlari o„rtasiga ustunlar o„rnatilib, 
ularga kesaki (bort) qoqiladi (9-rasm). 
Parnik romlari yog„och reykalardan yasalib maxsus xalqalar 
yordamida shimoliy baland kesakiga (bortga) qotiriladi. Issiqni 
yaxshi saqlanishi uchun, romning ikki tomoni ham plyonka bilan 
qoplanadi. Qoplangan plyonkalar oralig„idagi bo„shliq 3-4 sm 
bo„lishi kerak. Parnik romlari ochilgan vaqtda yog„och tirgovuch 
tirab qo„yiladi. 
9-rasm.
 Bir nishabli plyonkali parnik

 


Ikki nishabli plyonkali parnik
1,6×6 m o„lchamda yasaladi (10-
rasm). 

Download 11,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish