Qurilmaning qolgan barcha qismlari
va plyonkani mahkamlab
yopish usullari o„zgarishsiz qoladi. Ko„chma sinchli qurilmalar
maydoni 3-5 m
2
dan 20 m
2
gacha bo„ladi.
Yopgichlar erga metall
yoki yog„och qoziqlar bilan mahkamlanadi.
O„zbekistonda kichik hajmli plyonkali tonnelli deb ataladigan
arkasimon (yarim aylana)
sinchli qurilma, keng tarqalgan. Ularda
diametri 4-5 mm va uzunligi 1,8-2 m bo„lgan
simdan tayyorlangan
yoysimon sinchlari bo„ladi. Tayanch yoylari 2-3 m masofada
o„rnatilib, ularni uchlari 25-30 sm tuproqqa kiritilib mahkamlanadi.
Yoylar ustidan 3-5 qator kanop ip tortib bog„lab qo„yiladi. Sinchlar
ustiga tonnelning bor uzunligi bo„yicha eni 140-200
sm li plyonka
yopiladi, plyonkani shamol ta‟siridan saqlash uchun uni ustiga har 3-
4 m da bittadan plyonkani bostirib siqib turuvchi sim yoy o„rnatiladi.
Plyonkani har ikki cheti tuproq bilan bostiriladi. Ayrim hollarda
tonnel ichini shamollatishni osonlashtirish
maqsadida plyonkaning
bir tomoni g„altakka (bobinaga) mahkamlanadi yoki biror og„ir
material bilan bostirib qo„yiladi. Plyonkaning har ikki tomoni yig„i-
lib erga qoqilgan qoziqqa bog„lab qo„yiladi (7-rasm).
7-rasm.
Kichik hajmli arkasimon sinchli plyonkali tonnel qurilma
.
a – simdan yoy sinchni tayyorlash; b – tonnel qismlarini joylash
shakli; v – shamollatish uchun plyonkani yon tomoni ko„tarib qo„yil-
gan tonnelning umumiy ko„rinishi; 1 – simlarni tayyorlash; 2 – sinch
yoyi; 3 – tayanch yoylar; 4 – plyonkani ustki tomondan siqib turadi-
gan yoy; 5 – plyonka; 6 – tonnelning oldi va orqa tomonida plyonka
mahkamlab bog„lab qo„yiladigan qoziqlar (o„lchami mm da)
Eng ko„p tarqalgan tonnelning asosini kengligi 80-120 sm,
balandligi 40-60 sm va uzunligi 50-60 m. Agar qo„shqatorli
lentasimon qilib ekiladigan bo„linsa tonnel har ikki qator ustiga
o„rnatiladi, ular orasidan sug„orish egati o„tadi.
Sabzavot ekinlari
yetishtirilayotganda tonnellar oralig„idagi yo„lka kengligi – 40-60
sm, poliz ekinlari yetishtirilganda esa – 140-160 sm bo„ladi.
1 gektarga tonnel qurish uchun: 1000-1100 kg plyonka, 1300-
1400 kg (6-7 ming yoy) sim, 250-300 dona qoziqlar, 20-30 kg kanop
ip zarur bo„ladi. Poliz ekinlarini yetishtirishda materiallarga talab 2
baravarga kamayadi.
O„zbekiston sharoitida yil mobaynida
plyonkali tonnel quril-
masidan bir necha ekinlarni yetishtirishda foydalanish mumkin.
O„zbekistonda qish faslining oxirlari – bahor faslining boshlanishida
ularni sovuqqa chidamli ko„kat sabzavotlar ustiga o„rnatiladi, keyin-
roq esa issiqsevar ekinlar ustiga ko„chiriladi.
Plyonkali tonnel qurilmalardan sovuq va issiq ko„chatxona sifa-
tida foydalanib uni ostida ko„chat ham yetishtiriladi. Buning uchun
kengligi 1-1,5 m, chuqurligi sovuq ko„chatxona uchun 20 sm va is-
siq ko„chatxonaga – 45-60 sm chuqurlikda xandaq (transheya) kav-
lanadi. Sovuq ko„chatxona xandaqiga 12-15
sm qalinlikda faqat
tuproq aralashmasi, issiq ko„chatxonaga esa – avval 30-35 sm
qalinlikda qizigan go„ng va uni ustiga 12-15
sm qalinlikda tuproq
aralashmasi solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: