S yunusov, Z. Abdiyev



Download 11,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/138
Sana28.05.2022
Hajmi11,33 Mb.
#612635
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   138
Bog'liq
issiqxonalarda sabzovot kochatchiligi

Nazorat savollari: 
1. Sabzavot ko„chatchiligi deganda nimani tushunasiz?
2. Ko„chatchilik vazifasi nima?
3. Himoyalangan yer sabzavothiligining qanday xususiyatlari 
bor?
4. Sabzavot ko„chatchiligi qanday rivojlangan?
5. Hozirgi kunda himoyalangan yer sabzavotchiligining o„rni 
qanday?
6. Sabzavot ko„chatchiligida qanday muammolar bor?
7. Issiqxonalardan yuqori hosil olish uchun nimalarga e‟tibor 
berish kerak? 
 


2-BOB. O„ZBEKISTONDA FOYDALANILADIGAN 
HIMOYALANGAN YER INSHOOTLARI 
 
Himoyalangan yer inshootlarining tashkil qilinishi tuzilishini 
murakkabliligi va o„simliklar uchun qulay sharoitlar yaratish uslub-
lariga ko„ra ular ilitilgan yer va ekin o„stiriladigan binolarga (parnik 
va issiqxona) bo„linadi. Bu ikki guruh binolar turli usulda isitilishi, 
sinchli yoki sinchsiz ko„tarib turuvchi konstruksiyaga yoki rom 
qoplamali bo„lishi mumkin. 
Ilitilgan yer ekin o„stiriladigan binolardan yon tomonlarida 
to„sig„i bo„lmasligi bilan farq qiladi. Himoyalangan yer inshootlari 
nisbiy hajmi (bino hajmining inventar maydoniga nisbati) bo„yicha 
farqlanib, u ilitilgan yerda 0,3 dan ko„p emas, parniklarda – 0,2-0,4 
va issiqxonalarda 1 dan 6 gacha bo„ladi. 
 
2.1. Ilitilgan yer va parniklar 
 
Ilitilgan yerning parniklardan asosiy farqi uni yon tomonlarida 
to„siqlari bo„lmasligidadir, parniklarda esa bor. 
Ilitilgan yer
– yon tomonlarida to„sig„i bo„lmagan sodda 
kichik hajmli vaqtinchali qurilma. Tuproq yuzi va qoplama orasidagi 
masofa usti uncha baland bo„lmaganligi tufayli o„simliklarni 
parvarishlash ishlari yopilgan qoplama olib qo„yilgan yoki biroz 
ochib qo„yilgan holda bajariladi. Ilitilgan yer hamma erda keng 
tarqalgan va undan erta bahor davrida ko„proq foydalaniladi. Unda 
ochiq yerga nisbatan 10-25 kun oldin erta yetiladigan sabzavot 
hosilini olish va arzon ko„chat yetishtirish mumkin. U shuningdek, 
qish oldi muddatida ekilgan sabzavotlarni erta kuzgi sovuqlardan 
saqlashda ham qo„llanadi. 
Ilitilgan yer ikki asosiy: isitiladigan va isitilmaydigan guruh-
larga bo„linadi. 
Isitiladigan ilitilgan yer asosan biologik usulda (go„ng va 
boshqa organik moddalarni chirishi natijasida ajraladigan issiqlik 
hisobiga) isitiladi. 
Isitiladigan yerga bug„ chuqurlari (o„ralari), uyumlar, bug„lana-
digan pushta va jo„yaklar kiradi. O„zbekistonda faqat bug„lanadigan 


jo„yaklardan foydalaniladi. Bug„lanadigan jo„yaklar chuqurligi 20-
25 sm, eni 1,8 m o„radan iborat bo„lib, unga 30-35 sm qalinlikda 
biologik yonilg„i solinadi, uni usti o„radan chiqqan tuproq bilan yo-
piladi. Ular ustini yopilmasdan foydalanish mumkin, ammo nur 
o„tkazadigan guruh yopg„ichlardan foydalanish yana ham yaxshi 
natija beradi (2- rasm). 
2- rasm
. Bug‘ uyumlar, chuqurlari (o‘ralari), bug‘lanadigan pushta. 
Isitilmaydigan ilitilgan yer usti albatta biror material bilan 
himoyalangan bo„ladi, isitiladiganlari esa usti himoyalangan ham 
himoyalanmagan bo„ladi. Ilitilgan yerlarni himoya qilish uchun nur 
o„tkazadigan va nur o„tkazmaydigan qoplamalar foydalaniladi, 
ularni har ikkala turi individual (bitta o„simlik yoki uyani 
himoyalaydigan) yoki bir guruh (bir guruh o„simliklarni himoya 
qiladigan) o„simliklarni himoya qiladi. 
Nur o„tkazmaydigan material (qoplama) harorat sezilarli dara-
jada pasayganda 2-3 sutka davomida yopiladi, asosan tungi soat-
larda, nur o„tkazadiganlaridan esa uzoq muddat davomida foydala-
nish mumkin. 
Nur o„tkazmaydigan va nur o„tkazadigan individual himoya qila-
digan yopqichlar sermashaqqatli bo„lgani uchun sanoatlashgan sab-
zavotchilikda qo„llanilmaydi, ular faqat tomorqa xo„jaliklarida foy-
dalanadi. 
Nur o„tkazmaydigan individual (yakka) yopqichlar sifatida ip 
bilan tiqilgan yoki sim bilan mahkamlangan oddiy yoki perforatsiya 
qilingan qog„oz, karton, toldan yasalgan qalpoqchalardan; nur o„tka-
zadigan to„nkarib yopilgan shisha bankalar, tagi kesib tashlangan 
polietilen butilkalar, ustiga plyonka qoplangan turli shaklda simdan 
tayyorlangan sinchlar va reykalar ustiga tortib yopilgan plyonkalardan 
foydalaniladi. 
Guruh o„simliklar ustidagi sinchlar asosan, nur o„tkazadigan 
bo„ladi. Ular polimer materiallar va oynavand rom ko„rinishida bo„-
lishi mumkin. 


Oyna qoplangan romlarning qimmat va og„ir bo„lishi tufayli 
foydalanishdan chiqarilgan, ular o„rnida faqat kichik hajmli plyon-
kali yopqichlar qo„llanilmoqda. 
Guruh o„simliklarini ustini yopish 
sinchli 
va 
sinchsiz
bo„ladi. 

Download 11,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish