S yunusov, Z. Abdiyev


-rasm.  Tuproq ko‘tarmali sinchsiz qurilma ko‘rinishi:  1-plyonka, 2-tuproq ko‘tarmasi



Download 11,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/138
Sana28.05.2022
Hajmi11,33 Mb.
#612635
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   138
Bog'liq
issiqxonalarda sabzovot kochatchiligi

3-rasm.
 Tuproq ko‘tarmali sinchsiz qurilma ko‘rinishi: 
1-plyonka, 2-tuproq ko‘tarmasi. 
 
Sinchli plyonkali yopqichlar
.
Ularda plyonka uchun, simlar, 
plastmassa trubalar, tol novdalari, yog„ochlar yoki reykalar va bosh-
qalardan tayyorlangan sinchlar tayanch vazifasini bajaradi. Ular 
sinchning konfiguratsiyasiga ko„ra chodirsimon (шатровые) (ikki 
nishabli) va arkasimon (yarimdoirasimon, tonnelsimon)larga bo„linadi. 
Chodirsimon (шатровие) plyonkali yopigichlar yog„och chor-
poya (козелок) yoki uchburchak shaklli vertikal yog„och bag„azdan 
yasalib ularni pastki qismi tuproqqa qadaladi (4-rasm). 
4-rasm.
 Chodirsimon yog‘och sinchlar

Chorpoyalar (козелок) ko„ndalang kesimi 30×30 mm li yo-
g„och burslardan tayyorlanadi. Uzunligi 1-1,2 m bo„lgan yog„och 
burslar mix yoki bolt yordamida biriktiriladi. Chorpoyalar (козелки) 
egat bo„ylab 1,2-1,5 m oraliqda o„rnatilib, asosining orasidagi maso-
fa 75-85 sm, orasi ochilgan tirgovuchlarni pastki qismi tuproqqa 20-


35 sm botirib kiritilganidan keyin yopqichli qurilmaning balandligi 
45-60 sm ni tashkil etadi. Yog„och burslarning yuqori uchki qismiga 
yog„och bag„azlar (reyka) o„rnatib birnecha chorpoyalar (kozelki) 
biri ikkinchisi bilan birlashtirilib yaxlit inshoot shakliga keltiriladi. 
Bag„az (reyka) va chorpoyalar (sinchlar) ustiga plyonka yopilib, 
uning pastki qismi tuproq bilan bostiriladi. Inshoot yon tomon 
plyonkalarini ochish va bosh hamda oxirgi tomonlarini ochib qo„yib 
shamollatiladi. 
Yog„och uchburchaklar (sinchlar) kesimi 40×40 mm bo„lgan 
yog„och burslardan tayyorlanadi. Uning tomonlari 80 sm uzunlikda 
bo„lib – shakli teng tomonli uchburchak. Uchburchakning uchki qis-
mi qarshisidagi ko„ndalang taxtachaga uzunligi 80-85 sm bo„lgan 
reyka bilan biriktiriladi. Uning pastki qismi uchburchakning aso-
sidan 30-35 sm chiqib turadi. U tuproqqa qadaladi va bu uni xolatini 
mahkam bo„lishini ta‟minlaydi. Uchburchaklar 1,2-1,5 m oraliqda 
o„rnatilib ular bir-biri bilan sim yoki kanop ip bilan biriktiriladi. 
Sinchlar o„rnatib bo„lganidan so„ng ustiga plyonka yopilib, plyonka-
ning chetlari tuproq bilan bostiriladi. Inshoot yuqoridagiga o„xshash 
yon tomon plyonkalarini ko„tarish hamda bosh va oxirgi (torets) to-
monlarini ochib shamollatiladi. 
Chorpoyalar va uchburchaklar yordamida yasalgan chodirsi-
mon inshootlarning boshlanish va oxiri tomonlari plyonka qoplan-
gan, shakli uchburchaksimon moslama bilan berkitiladi. Yоg„och 
materialning qimmatligi sababli sinchli chodirsimon qoplamalar 
O„zbekistonda juda kam qo„llaniladi. 
Arkasimon (yarimaylana) sinchli plyonkali yopqichlar yoysi-
mon sinchli bo„lib, sinchlari po„lat sim, plastmassa yoki alyumin tru-
balar, tol novdalari va boshqa egiluvchan materiallardan tayyorla-
nadi. 
Tomorqa xo„jaliklarida, ilgari zavodlarda ishlab chiqarilgan 
metall va plastmassalardan tayyorlangan qismlari bo„lgan, arkasi-
mon sinchli plyonkali qurilmalardan foydalanadilar. Ular barchasi 
yoysimon sinchili bo„lib, ular ustidan plyonka tortilib yopiladi. Yon 
tomonlaridagi plyonkaning chetlari tuproq bilan bostirilib, bosh va 
oxirgi qismlaridagi plyonka bukilanib yig„iladi va kanop bilan oldin-
dan yerga qoqilgan qoziqchaga bog„lanadi. Ularning quyidagi uch 


turi juda keng tarqalgan: egatlarda qo„llash uchun sinchi alyumin 
trubalardan yasalgan, o„rkachlar uchun plastmassa trubalardan va 
po„lat simdan tayyorlangan sinchlardan foydalaniladi (5-rasm). 
5-rasm.
 Zavodda tayyorlangan tonnelli yopqichlar

Nur o„tkazadigan plyonkalar ko„chma va suriladigan sinchli 
qurilmalarda undan samaraliroq qo„llaniladi, bu ularni foydalanish 
davrini 1-1,5 oyga uzaytiradi. Ular, avval qish oldi muddatda yoki 
erta bahorda ekilgan sovuqqa chidamli ekinlar ustiga yopiladi, so„ng 
esa, ekilgan ko„chat yoki issiqsevar sabzavotlar ustiga ko„chirib 
o„ranatiladi. 
Plyonkali ko„chma yopqichlar statsionardan, to„g„riburchakli 
romga o„rnatilgan tutqichi va ko„chirishda foydalaniladigan g„o„lasi 
bo„lgan yaxlit sinchlari bilan farqlanadi. Ko„chiriladigan va surib 
harakatlantiradigan yopqichlarning oldi va orqa tomoni g„altakka 
(bobina) o„raladigan parda bilan yopiladi (6-rasm). 

Download 11,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish