nishni ta‟minlash maqsadida, zamonaviy gidropon issiqxona xo„ja-
liklarini tashkil etish ko„zda tutilgan. Prezidentimiz 2018 yil 28 fev-
ralda Buxoro viloyatiga tashrifida zamonaviy gidropon issiqxonalar-
ni qo„rish bo„yicha topshiriqlar berdi va 2018-2019 yillarda 10 ming
gektar maydonda gidroponika usulda zamonaviy issiqxonalar qurish
bo„yicha qaror loyihasi tayyorlandi.
Shu bilan birga “O„zbekiston Respublikasi Prezidenti adminis-
tratsiyasi moliya-xo„jalik departamentining
davlat rezidensiyalari
direksiyasi negizida issiqxona, chorvachilik va mehmonxona kom-
plekslarini tashkil etish chora-tadbirlari to„g„risida”gi 2018 yil 4
oktyabr 793-sonli, “Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun
qo„shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to„g„risida”gi
2018 yil 20 noyabr PQ-4020-sonli va “O„zbekiston
respublikasida
bog„dorchilik va issiqxona xo„jaligini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to„g„risida”gi 2019 yil 20 mart PQ-4246-sonli qarorlari
qabul qilindi.
Bu qaror loyihalari va farmoyishlar natijasida Respublikamizda
mavsumdan tashqari muddatlarda sabzavot mahsulotlarini ishlab
chiqarish
hajmini oshirish, issiqxona ko„chatchiligi bo„yicha soha
mutaxassislarini tayyorlash ko„zda tutilgan.
FAO tashkiloti bergan ma‟lumotga ko„ra, 2017 yilda dunyo
bo„yicha issiqxonalarning maydoni quyidagicha bo„lib, Ispaniyada -
52 ming, Yaponiyada - 42 ming, Xitoyda – 1500 ming, Tursiyada -
35 ming, Italiyada - 20 ming, Nideolandiyada – 10 ming, Marokko
10 ming, Fransiyada – 8,5 ming, Polshada 6,3 ming, Germaniyada –
3,7 ming, Meksikada – 15 ming, Rossiyada 3,1 ming, Ukrainada 8,0
ming, Qozog„istonda 2899, Tojtkistonda 72,75 va O„zbekistonda 8,3
ming gektarni tashkil etgan. Bu davlatlar ichida olingan yalpi
mahsulot bo„yicha 2016 yilgi ma‟lumotga ko„ra, Ukrainada 547
ming tonna, Qozog„istonda 1594,8 ming tonna, Rossiyada160 ming
tonna va Tojikistonda 140 tonna mahsulot yetishtirilgan.
Dunyo bo„yicha issiqxonalarda yetishtirilgan
mahsulotlarning
hajmi 12,6 mlrd doll.ni tashkil etib, yillik o„sish miqdori 11 foizni
tashkil etmoqda.
O„zbekistonda 2018 – 2030 yillarda issiqxonalarning
rivojlanish istiqbollari «O„zbekoziqovqatxolding»
kompaniyasi
bergan ma‟lumotga ko„ra, Respublikamizda issiqxonalar soni 57088
ta bo„lib, maydoni 8239 gektarni tashkil etgan. 2016 yilda mahsulot
ishlab chiqarish miqdori: pomidor 4560 gektarda 263 ming tonna,
bodring 2397 gektarda 117,1 ming tonna, sitrus va boshqa ekinlar
1282 gektarda 103.3 tonna yetishtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: