S yunusov, Z. Abdiyev


* I MODUL  ISSIQXONALARDA SABZAVOT KO„CHATCHILIGINING



Download 11,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/138
Sana28.05.2022
Hajmi11,33 Mb.
#612635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Bog'liq
issiqxonalarda sabzovot kochatchiligi

* I MODUL 
ISSIQXONALARDA SABZAVOT KO„CHATCHILIGINING 
UMUMIY MASALALARI 
 
 
Modul: 1 qismida siz 
 
 
 

Sabzavot ko„chatchiligining ahamiyati, holati va 
rivojlanishi

O„zbekistonda foydalaniladigan himoyalangan yer 
inshootlari
 
bilan tanishib o„tasiz
 
 
 
 
Tajanch iboralar
: qishloq xo„jaligi, oziq-ovqat, ko„chat, 
himoyalangan yer, issiqxona, oynavand, inshoot, parnik, loyiha, 
mahsulot, plyonkali issiqxona, ilitilgan yer, angar, blokli, 
maydon, pomidor, bodring. 


1-BOB. SABZAVOT KO„CHATCHILIGINING 
AHAMIYATI, HOLATI VA RIVOJLANISHI 
 
1.1. Sabzovat ko„chatchiligi uslubi va uni ahamiyati 
O„zbekiston dehqonchiligida sabzavot ekinlaridan yiliga 2-3 
marta hosil olish va himoyalangan yer inshootlaridan unumli foyda-
lanish imkoniyati mavjud. Respublikamiz aholisini sabzavot 
mahsulotlariga bo„lgan talabini qondirish va dunyoda yuz berayot-
gan oziq-ovqat muammosini oldini olishda bu imkoniyat muximdir. 
Doimiy o„sish joyiga ko„chirib o„tkazishga mo„ljallangan lekin, 
hosil beruvchi organlari xali shakllanmagan yosh niholga 
ko‘chat
deb ataladi. O„simliklarni ko„chat orqali o„stirishning mohiyati, ular 
hayotining birinchi boshlanish davrida oziqa va namlik yetarli 
bo„lgan kichik oziqlanish maydonda, sun‟iy iqlimli sharoitda o„sadi, 
so„ng ochiq yoki himoyalangan yer inshootlariga ko„chirib o„tqazib 
o„stirishdan iboratdir. Uni issiqlik tartiboti bo„yicha ochiq dalada 
yetishtirish imkoniyati bo„lmalganligi sababli himoyalangan yerda 
o„stiriladi. Ochiq yerdagi sabzavot ekinlarining yarmidan ko„pi va 
himoyalangan yerda taxminan 90 foizi ko„chat bilan ekiladi. Ko„chat 
uslubini o„suv davrining oxirida katta oziqlanish maydonini talab 
qiladigan va zaruriyat bo„lganda erta mahsulot olish uchun 
mo„ljallangan ekinlarda qo„llash maqsadga muvofiqdir. 
Ko„chat uslubi odatdagicha urug„larni to„g„ridan-to„g„ri erga 
ekishga nisbatan bir qator afzalliklarga ega. Ko„chat odatda 30-80 
kun mobaynida o„stiriladi. O„simlik rivojlanishidagi erishilgan ilga-
rilash erta hosil olish imkonini beradi. Erta olingan hosilni yuqori 
baholarda sotish qo„shimcha daromad olishni ta‟minlaydi. Ilgarilash 
tufayli ko„chat uslubi o„suv davrini cho„zish imkonini beradi. Bu 
o„simlik hosildorligini oshiradi va o„suv davri uzoq davom etadigan, 
ammo issiqlik etishmaydigan, hamda urug„dan ekilganda hosilni to„-
liq to„play olishga sharoit bo„lmaydigan shimoliy mintaqalarda is-
siqsevar ekinlarni yetishtirishga va u yerdagi sabzavotlar turini boyi-
tishga imkon yaratadi. Ko„chat uslubi o„simlik hayotining boshlarida 
erga bo„lgan ehtiyojini kamaytiradi. O„simliklarni oziqa, namlik, 
issiqlik, yorug„lik va boshqa omillar bilan yaxshiroq ta‟minlash, hali 
zaif nihollarni zararkunandalar, kasalliklar, begona o„tlardan yaxshi-


roq himoya qilish, ularga qarshi kurashda mehnat sarfini kamayti-
rishga imkon bo„ladi. Ko„chat uslubida urug„ sarfi doimiy joyga 
ekilganga ko„ra 3-7 marta kamayadi. Himoyalangan yer sharoitida 
o„simliklarni ko„chat orqali yetishtirish mahsulot chiqish davrini 
uzaytirib, sun‟iy yoritish manbalaridan iqtisodiy tomonidan samarali 
foydalanishga imkoniyat yaratadi. 
Sabzavotchilikda ko„chatdan o„stirilgan o„simliklarni, ko„chat-
siz o„stirilgan xuddi shunday o„simliklarga nisbatan o„sishi va rivoj-
lanishida oldin ketishi – 
ilgarilash 
deyiladi. Ilgarilashni o„simlikning 
doimiy o„sish joyiga ekilgan vaqtdan boshlab belgilanadigan yoki 
nihollar chiqishidan doimiy joyiga o„tqazilgunigacha o„tgan kunlar 
yoki chin barglarining soniga ko„ra ifodalanadigan yoshi bilan ara-
lashtirmaslik kerak. Ilgarilashni ko„chat qilib ekilib doimiy joyida il-
diz otgan o„simlikni xuddi shu tur va navdagi ko„chatsiz uslubda 
o„stirilgan o„simlik bilan qiyoslab fikr yuritiladi. Ilgarilash kattaligi-
ni ko„chat ekilgan yoki urug„ sepilgan kundan to birinchi hosilni yi-
g„ishgacha o„tgan kunlar soniga ko„ra belgilanadi. Ilgarilashning 
davomiyligi doimo ko„chat yoshining davomiyligidan kam bo„ladi, 
chunki ko„chatsiz o„stirilgan ekinlar yaxshi yoritilgan sharoitlarda 
rivojlanadi, ildiz tizimi zararlanish ta‟sirini o„zida o„tkazmaydi, 
ochiq yer sharoitlariga yaxshi moslashgan bo„ladi. 
Ammo ko„chatlarni o„stirishda ekin o„stiriladigan inshootlarni 
qurishga hamda uni yetishtirishga ko„p mablag„ va mehnat 
sarflashga to„g„ri keladi. Ko„chatlar ko„chirib o„tqazilganida ularni 
ildiz tizimini zararlanishi uni o„sishi va rivojlanishiga salbiy ta‟sir 
etadi. Bunda o„q ildizi bo„lmagan, deyarli chuqur tushmaydigan
ildiz tizimi rivojlanadi va o„simlikning noqulay sharoitga hamda 
kasalliklarga, ayniqsa viruslariga chidamligi kamayadi. 
Tannarxini yuqoriligiga qaramay ko„chat uslubi iqtisodiy 
jihatdan o„zini oqlaydi va u sabzavotchilikda keng miqyosda qo„lla-
niladi va ayrim hollarda ko„chatsiz sabzavotlarni yetishtirish 
mumkin emas. Ko„chat yetishtirishning usullari va texnikasi
ko„chatidan yoki ko„chatsiz o„stirish uslublarini aqliy ravishda 
to„g„ri tanlash sabzavotchilik iqtisodi uchun muhim ahamiyatga ega. 

Download 11,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish