S. Y. Yusupov, sh. R. Gulomov, N. B. Nasrullayev


KOMPYUTER JINOYATLARINI OLDINI OLISH VA



Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/180
Sana19.02.2022
Hajmi2,92 Mb.
#457739
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   180
Bog'liq
61c5a35e77fa72.44071569

3. KOMPYUTER JINOYATLARINI OLDINI OLISH VA 
TEZKOR QIDIRUV TADBIRLARI
 
3.1. Kompyuter jinoyatlarinining oldini olish
Jinoyatchilikka qarshi 
kurashning xalqaro tajribasi shuni 
kо‗rsatadiki, zamonaviy jinoyatchilikka qarshi samarali kurashish 
muammosini hal qilishning ustuvor yо‗nalishlaridan biri huquqni 
muhofaza qilish idoralari tomonidan turli xil profilaktika choralarini 
qо‗llashdan iborat. Kо‗plab xorij mutaxassislarining fikricha, jinoyatni 
oldini olish, uni tavtish qilish va ochishdan osonroq. Odatda kompyuter 
jinoyatlarining oldini olish bо‗yicha uchta asosiy guruh mavjud bо‗lib, 
ular butunlay ushbu ijtimoiy xavfli hodisa bilan kurashish uchun 
ajralmas tizim bо‗lib xizmat qiladi: huquqiy, tashkiliy-texnik va sud. 
Ayni paytda, faqat qonunbuzarlik choralari bilan jinoyatchilikning 
oldini olish bо‗yicha kerakli natijaga erisha olmaydi. Keyingi qadam 
kompyuter uskunalarini ularga noqonuniy hujumlardan himoya qilish 
uchun tashkiliy va texnik chora-tadbirlardan foydalanishdir. Afsuski, 
kо‗plab kompyuter jinoyatlarida korxona va tashkilotlarda yetarli 
darajada tashkiliy choralar mavjud emasligi, maxfiy ma‘lumotlarni 
ruxsatsiz kirishdan muhofaza qilish zaifligi, maxfiylikning kamligi, zaif 
tekshiruvlar va xodimlarning yetarlicha yо‗riqnoma olmaganligi 
ta‘sirida sodir bо‗ladi. 
Ichki jinoiy ishlar materiallarini tahlil qilish natijasida shu narsa 
aniq bо‗ldiki, aksariyat hollarda kompyuter jinoyatlarini sodir etishga 
yordam beradigan asosiy sabablar va shartlar quyidagilardir: 
1) xodimlarning moliyaviy operatsiyalar jarayonida dastlabki 
buxgalteriya hujjatlarini uzatishda uzluksiz ravishda avtonom tarzda va 
avtomatlashtirilgan tarmoqning ishchi stansiyasi sifatida ishlatiladigan 
kompyuterning boshqaruv paneliga (klaviaturasiga) nazoratsiz kirish;
2) xizmat kо‗rsatuvchi xodimlarning xatti-harakatlari ustidan 
nazoratning yо‗qligi, bu jinoyatchiga jinoyat sodir etish vositasi sifatida 
kompyuterdan erkin foydalanish imkonini beradi;
3) kiritilgan axborotning muvofiqligi va tо‗g‗riligini tekshirishni 
ta‘minlaydigan, sinov xavfsizligi bо‗lmagan dasturiy ta‘minotning past 
darajasi;
4) foydalanuvchining shaxsiy biometrik parametrlari bо‗yicha 
ishonchli identifikatsiya qilinishini ta‘minlaydigan, ishchi stansiyasiga 


68 
va uning dasturiy ta‘minotiga ruxsatsiz kirishdan himoyalovchi parolni 
himoya qilish tizimining nomaqbulligi;
5) kompyuter texnikasini ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish 
nuqtai nazaridan tijorat axborotining maxfiyligi hamda uning 
xavfsizligini 
ta‘minlash 
uchun 
mas‘ul 
mansabdorlarning 
belgilanmaganligi;
6) xodimlardan qat‘iy moliyaviy hisobotlarni, shu jumladan
mashina ma‘lumotlari shaklidagi hujjatlarni rasmiy ravishda qabul 
qilinmasligi;
7) xodimlar bilan savdo va xizmat sirlarini, shaxsiy ma‘lumotlarini 
va boshqa maxfiy ma‘lumotlarni oshkor qilmaslik tо‗g‗risidagi 
shartnomalarning (kontraktlar) yо‗qligi.
Kompyuter jinoyatchilikka qarshi eng samarali himoya qilish, 
tashkilotning shtat jadvaliga kompyuter xavfsizligi bо‗yicha mutaxassis 
lavozimini joriy etish (ma‘lumot himoyasi bо‗yicha administrator) yoki 
vaziyatdan kelib chiqqan holda xususiy yoki markazlashgan maxsus 
xizmatlardan foydalanish hisoblanadi. Chet ellik mutaxassislarning 
fikriga kо‗ra, bunday bо‗linma (xizmat) ning mavjudligi kompyuter 
jinoyatlarining sodir qilish ehtimolini ikki marta kamaytiradi. 
Tashkiliy-boshqaruv choralari ichida texnik chora-tadbirlar 
(apparat, dasturiy ta‘minot va kompleks) muhim ahamiyatga ega. Texnik 
usul kompyuter jihozlarini kiruvchi jismoniy ta‘sirlardan himoya qilish 
va maxfiy axborotning qochqin kanallarini yopish uchun mо‗ljallangan. 
Ular orasida uzluksiz quvvat manbalari, apparatni himoya qilish 
vositalari, qulflar va shaxsiy identifikatsiyalash moslamalari mavjud. 
Dasturlarni muhofaza qilish usullari axborotni tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri himoya 
qilish uchun mо‗ljallangan. Ma‘lumotni uzatishda ma‘lumotni himoya 
qilish uchun odatda ma‘lumotlar shifrlashning turli usullari qо‗llaniladi. 
Amaliyotga kо‗ra, shifrlashning zamonaviy usullari xabarning ma‘nosini 
ishonchli tarzda yashirishi mumkin. Axborot resurslarini dasturiy 
ta‘minoti bilan bog‗liq masalalarni kо‗rib chiqishda, kompyuter 
jinoyatlarini sodir etish usuli sifatida ularni himoya qilish muammosi 
ta‘kidlangan. Hozirgi vaqtda antivirus dasturiy ta‘minoti ishlab 
chiqarilmoqda, bu zararli dasturiy ta‘minotni va uning tarkibiy 
qismlarini aniqlash uchun ba‘zi bir muvaffaqiyatlarga (taxminan 97%) 
ega bо‗lish imkonini beradi. Mavjud antivirus dasturiy paketlari 
(Kaspersky, AIDSTEST, DrWeb, SHERIFF, ADinf, Norton Antivirus 
va boshqalar) virusli dasturlarning aksariyatini aniqlash va yо‗q qilish 
uchun qо‗l keladi. 


69 

Download 2,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish