S. Y. Yusupov, sh. R. Gulomov, N. B. Nasrullayev



Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/180
Sana19.02.2022
Hajmi2,92 Mb.
#457739
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   180
Bog'liq
61c5a35e77fa72.44071569




О‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT 
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
 
 
 
S.Y.YUSUPOV,
SH.R.GULOMOV, N.B.NASRULLAYEV 
 
 
RAQAMLI
KRIMINALISTIKA 
 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi 
tomonidan o‗quv qo‗llanma sifatida tavsiya etilgan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT – 2020 
 
 




KIRISH 
 
Oxirgi yigirma yillikda butun dunyoda kompyuter texnikasi va 
yangi axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etiladigan 
jinoyatlarning keng miqyosdagi о‗sishi kuzatilmoqda. Kompyuter 
texnikasidan foydalangan holda sodir etiladigan jinoyatlar yuqori 
darajadagi latentlik va past darajadagi fosh etilish bilan xarakterlanadi, 
va bu ―kompyuter jinoyatchiligi‖ni juda foydali va yetarlicha xavfsiz ish 
sifatida ko‗rsatadi. Qayd qilingan kompyuter jinoyatlari va kompyuter 
bezoriliklarining 
sezilarli 
darajadagi 
zararlari 
sonining 
о‗sishi 
kuzatilmoqda. Oddiy bank о‗g‗riligida bir martada bir necha о‗n ming 
dollar atrofida olib ketiladi, vaholanki o‗rtacha bank axborot tizimiga 
kompyuter orqali buzib kirilishi bugungi kunda millionlab dollar zarar 
keltirmoqda.
Kompyuterlar, 
kompyuter 
tarmoqlari, 
raqamli 
texnikalar 
noqonuniy harakatlar obyekti bо‗lib bormoqda: 
-
noqonuniy buzib kirishlar, xakerlik hujumlari; 
-
ma‘lumotlar bazasini modifikatsiyasi, buzilishi yoki yо‗q 
qilinishi; 
-
axborotni о‗g‗irlanishi yoki nusxalanishi; 
-
pul mablag‗larini о‗g‗irlanishi, tо‗lov vositalari firibgarligi 
(bank-mijoz va boshqalar); 
-
viruslar va boshqa zararkunanda dasturiy ta‘minotlardan 
foydalanish; 
-
shaxsiy kompyuterlardan hujumlarni va boshqa zararli 
harakatlarni boshqa shaxsiy kompyuterlar va lokal tarmoqlarda 
uyushtirish uchun foydalanish; 
Bu jinoyatlarni tergov qilish bilan fanning ―Raqamli kriminalistika‖ 
yoki ingliz tilida ―Forenzika‖ deb nomlanuvchi bо‗limi shug‗ullanadi. 
Respublikamizda axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan bir 
qatorda 
xо‗jalik va davlat boshqaruvi organlarida raqamli 
kriminalistikaning vazifalari va predmeti, kriminalistikani tadqiq qilish 
vositalari va usullari hamda kompyuter jinoyatlarini sodir etish 
yо‗llariga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Shu sababli ma‘lumotlarni qayta 
tiklash, 
ma‘lumotlarni 
va 
ma‘lumot 
tashuvchilarni 
kompyuter 
ekspertizasi bо‗yicha sezilarli natijalarga erishildi hamda axborot 
xavfsizligi insidentlariga qarshi reaksiya rejasi va tergov bosqichlarini 
yaratish boshlandi. Shu bilan birga raqamli steganografiya vositalari va 
usullari 
va 
axborotni 
kiberjinoyatdan 
himoyalash 
yо‗llarini 



takomillashtirish talab etiladi. О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 8 fevraldagi ―Qonun hujjatlarini 
tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖gi 
qarorida va 2017-2021 yillarda О‗zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bо‗yicha Harakatlar strategiyasida vazifalar belgilab olindi, 
shular qatorida «...axborot xavfsizligini ta‘minlash va axborotni himoya 
qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga о‗z 
vaqtida va munosib qarshilik kо‗rsatish» va kiber jinoyatchilikni fosh 
etish masalalariga alohida e‘tibor qaratilgan. Bu vazifalarni amalga 
oshirish eng muhim muammolardan biri hisoblanadi.
Mazkur о‗quv qо‗llanma kompyuter jinoyatlarini tadqiq qilish va 
ekspert faoliyatlarida kompyuter texnologiyalari va kompyuter 
texnikasini qо‗llashning nazariy va amaliy asoslarini o‗z ichiga oladi.
Qо‗llanmaning birinchi bоbida raqamli kriminalistikaning 
vazifalari, kо‗rinishlari va asosiy tushunchalari, uning qо‗llanilish sohasi, 
kriminalistikani tadqiq qilish usullari hamda qidiruv usullari, raqamli 
dalillarni aniqlash va ta‘minlashga qarshilik qilish – kontr-forenzika 
masalalari kо‗rib chiqilgan. Maxsus texnik vositalar, kriminalistik 
fototasvirlar va videoyozuvlar hamda kriminalistik axborot tizimlaridan 
iborat raqamli kriminalistika vositalari keltirilgan. 
Ikkinchi bоbda kompyuter jinoyatlarining asosiy yо‗nalishlari, 
kompyuterlar ishlariga aralashishlar va kompyuterlardan kerakli texnik 
vosita sifatida foydalanish bilan bog‗liq ularning toifalari, Interpolning 
Bosh Sekretariati kodifikatori bо‗yicha kompyuter jinoyatlarining 
klassifikatsiyasi, kompyuter jinoyatchilarining kо‗rinishlari kо‗rib 
chiqilgan. Kompyuter jinoyatlarini sodir etish yо‗llari va kompyuter 
jinoyatlarini turli kо‗rinishlari keltirilgan.
Qо‗llanmaning 
uchinchi 
bоbida 
kompyuter 
jinoyatlarini 
ogohlantirish choralarining asosiy guruhlari keltirilgan, kompyuter 
jinoyatlarining katta qismi tashkilot va korxonalarda tashkiliy 
choralarning yetishmovchiligi, ma‘lumotlarni ruxsatsiz kirishdan 
kuchsiz himoyalanganligi, maxfiylikning yetarli emasligi, xodimlarning 
kuchsiz tekshiruvi va ko‗rsatmasi oqibatida sodir etilishi kо‗rsatilgan. 
Kompyuter jinoyatlarini ogohlantirish mexanizmlari va ikki tashqi va 
ichki toifaga ajratilgan jinoyat izlarini tadqiq qilish keltirilgan.
Tо‗rtinchi bоb insidentlarni boshqarishdagi murakkabliklar, hujum 
oqibatlari, sabablari va ularning paydo bо‗lish yо‗llarini aniqlanuvchi 
insidentlarni tadqiq qilish masalalarini kо‗rib chiqishga bag‗ishlangan. 
Insident toifalari va klassifikatsiyasi hamda axborot xavfsizligi 



insidentlarini 
namunaviy 
tahlillash 
tadqiq 
qilinadi. 
Klassik 
steganografiya yо‗nalishi – xabarlarni yashirin yuborish tizimiga qarshi 
hujumlar toifalari va qо‗shimcha axborotlarni raqamli obyektlarga joriy 
qilish yoki yashirishga asoslangan raqamli steganografiya kо‗rib 
chiqilgan. 
Beshinchi bоbda kompyuter vositalari va tizimlarini kriminalistik 
tadqiq qilish, ular natijasida olingan axborot, kompyuter-texnik 
ekspertizalar kо‗rinishlarida dalil sifatida ishlatilishi mumkinligi kо‗rib 
chiqiladi. Bu yerda ikkita ekspert tizimlari – tez, stabil va erkin 
foydalanish uchun yaratilgan, sud organining raqamli yechimni yagona 
izohlovchi va raqamli kriminalistikada foydalaniluvchi sud organi 
tо‗plami instrumentlari (FTK) va ikkinchisi esa ekspertlarga tayyor 
filtrlar va modullar keng spektri yordamida ma‘lumotlarni yozish, 
axborotni kriminalistik tahlillash yо‗li bilan potensial dalillarni aniqlash 
va olingan dalillar ishonchliligi va butunliligini saqlagan holda olingan 
natijalar haqida tо‗liq hisobotlarni tayyorlash imkonini beruvchi 
kompyuter ekzpertizalarining barcha bosqichlarini о‗tkazish uchun 
(EnCase Forensic) texnologiya va dasturlari. 
Oltinchi bоb zamonaviy kiber jinoyatchilik muammolariga 
bag‗ishlangan, kiber jinoyatchilik о‗sishining asosiy sabablari va kiber 
jinoyatlar hisoblanuvchi faoliyatlar keltirilgan. Kiber jinoyatchilikni 
ogohlantirish sohasidagi yondashuvlar va usullar, tashkiliy ishlar, 
tamoyillar kо‗rib chiqilgan.
О‗quv qо‗llanma 5A330302 - «Axborot xavfsizligi» va 5A330301 
-«Kriptografiya va kriptoanaliz» mutaxassisligi bо‗yicha ta‘lim 
olayotgan magistratura talabalari uchun tavsiya etiladi, hamda faoliyati 
axborot xavfsizligini ta‘minlash va kompyuter jinoyatlarini tadqiq qilish 
bilan bog‗liq bо‗lgan mutaxassislarning keng doirasi uchun ham foydali 
bо‗lishi mumkin. 

Download 2,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish