S. Y. Yusupov, sh. R. Gulomov, N. B. Nasrullayev


 IP-manzilining tegishliligini va joylashuvini aniqlash



Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/180
Sana19.02.2022
Hajmi2,92 Mb.
#457739
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   180
Bog'liq
61c5a35e77fa72.44071569

3.2. IP-manzilining tegishliligini va joylashuvini aniqlash
Internet bilan bog‗liq deyarli har bir jinoyat ishi bunday 
muammoni о‗z ichiga oladi: ma‘lum IP- manzil bо‗yicha foydalanuvchi 
kompyuterni va uning joylashuvini aniqlash. 
Odatda, bunday dalillar quyidagilarga о‗xshaydi: 
(jinoyat) — (IP-manzil) — (kompyuter) — (inson) 
Turli texnik vositalar yordamida jinoyat sodir etilgan IP-manzil 
qayd etiladi. S3.4.о‗ng, kompyuter qо‗llagan IP manzil aniqlanadi va bu 
fakt ekspertiza yordamida isbotlanadi. Shundan sо‗ng, gumonlanuvchi 
ushbu kompyuterni tegishli vaqtda nazorat qilganini isbotlashi kerak. 
IP-manzil Internetdagi kompyuter yoki boshqa qurilma uchun 
noyob identifikator hisoblanadi. 
Bu shuni anglatadiki, bir vaqtning 
о‗zida butun global kompyuter tarmog‗ida faqat bitta kompyuter ma‘lum 
bir IP-manzilni ishlatishi mumkin. Ushbu qoidaga bir qator istisnolar 
mavjud: 

maxfiy yoki "kulrang" deb ataluvchi IP-manzillar; 

ommaviy yoki kо‗p kastli (multicast) IP-manzillar; 

tarmoq va keng eshittirish (broadcast) IP manzillari; 

alohida belgilanmagan yoki registratdan berilmagan IP-
manzili; 

kompyuterlarning geografik taqsimlangan klasterlari bilan 
bog‗liq IP manzillar. 
IP-manzil umumiy manzili toifasiga tegishli bо‗lsa ("oq" deb 
ataluchi), u registratdan berilmagan bо‗lsa, bu manzil marshrutlashadi. 
Buning mazmuni shuki, ushbu manzilga Internetning istalgan nuqtasidan 
yuborilgan IP-paket о‗z manzilini topadi. Boshqacha qilib aytganda, IP 
manzil noyobdir va bu IP-manziliga ega bо‗lgan kompyuterni sozlash 
mumkin. 
IP-manzili noyobligi yoki noyob emasligi, yuqorida aytilgan 
istisnolarga kirish yoki kirmasligi - bu mutaxassis tomonidan belgilanadi. 
Registratorlar
.
 
Internetda IP-manzillarni taqsimlash va IP-
manzillari rо‗yxatdan о‗tkazish bilan shug‗ullanuvchi tashkilotlar IP 
registratorlar (IP Registry) deb ataladi. Bu tashkilotlar Internetning о‗z-
о‗zini boshqarish organlari hisoblanadi. Registratorlar uch darajali 
iyerarxiyani hosil qiladi: IANA — RIR — LIR. 
IANA ni tashkillashtirish asosiy registrator hisoblanib, hududiy 
registrator va katta tashkilotlarga IP-manzillarning eng ulkan IP-
manzillar blokini ajratadi. 


70 
Hozirda mintaqaviy registratorlarning (RIP) soni 5 ta (12-rasm). 
16- rasm. Mintaqaviy registratorlar 
Bular ARIN (Shimoliy Amerika), RIPE (Yevropa va Markaziy 
Osiyo), APNIC (Osiyo-Tinch okeani hududi), LACNIC (Lotin 
Amerikasi), AfroNIC (Afrika). Ular mahalliy registratorlarga о‗rta va 
yirik address bloklarini berishadi, shuningdek belgilangan IP-manzil 
ma‘lumotlar bazasini yuritadi va unga kirish huquqini beradi.
Mahalliy registratorlar (LIP) kichik IP-manzil bloklarini aloqa 
operatorlari va foydalanuvchilarga beradi hamda о‗zining mahalliy 
registrator ma‘lumotlar bazasida rо‗yxatga oladi. Odatda, mahalliy 
registrator vazifasi aloqa operatori (internet provayder) bajaradi. Bundan 
registratorlarning soni bir necha minglabdir. 
Barcha 
IP-manzillar 
mahalliy registrator (RIR) qо‗llab-
quvvatlovchi maxsus ma‘lumotlar bazasida rо‗yxatdan о‗tadi. Ushbu 
bazadagi ma‘lumotlar (bir necha maydonlar bundan istisno) whois 
protokoli bо‗yicha istalgan shaxs uchun ochiqdir. Bu bazaga murojaat 
etish oson. Internetga ulangan holda, buyruqlar satriga «whois manzil>» ni kiritish lozim. Ushbu buyruq Windowsdan tashqari barcha 
operatsion tizimlarda mavjud. Undan foydalanish noqulay bо‗lgan yoki 
imkoniyati mavjud bо‗lmaganlar uchun brauzer yordamida sо‗ralgan IP-
manzilni kiritish va kerakli ma‘lumotlar bazasidan foydalanish mumkin 
bо‗lgan veb-interfeyslar, ya‘ni veb sahifalar mavjud.
Olingan ma‘lumotlarga shu tarzda ishonish mumkinmi? Yozishni 
yaratish, о‗zgartirish va yо‗q qilish bо‗yicha javobgarlik mahalliy 
registratorlar (LIR) bо‗ynidadir. Biroq bu vazifalarni bajarish qat‘iy 
ravishda monitoring qilinmaydi. Mahalliy registr yozuvni vaqtincha 

Download 2,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish