189
Jinoyatchilik oldini olishning samarali yо‗li asosiy prinsiplarga
(masalan, yetakchilik, hamkorlik va qonun ustuvorligi),
tashkilot
shakllarini (masalan, jinoyatlarning oldini olish bо‗yicha harakatlar
rejalari) va metodlarni (masalan, mustahkam ma‘lumot bazasini yaratish)
va yondoshuvlarni (jumladan, jinoyatchilik imkoniyatlari va jinoyat
qurbonlarini himoya qilishni kuchaytirish) asoslangan.
Kiber jinoyatlarning oldini olishda bir qator muammolar mavjud.
Bunga kо‗plab
potensial jabrdiydalarni taqdim etadigan Internet
qurilmalarining mavjudligi va tarqalganligi; jismoniy shaxslarning
global tarmoqda о‗zini ―qaltis‖ kо‗rsatishga istagining nisbatan yuqori
darajadaligi;
huquqbuzar
shaxslar
tomonidan
anonimligi
va
qо‗rqitishining
ehtimoli;
kо‗plab kiber
jinoyatlarning transmilliy
xarakteri; va jinoyatchilik yangiliklarining yuqori darajasi kiradi. Ushbu
muammolarning har biri kiber jinoyatlarning
oldini olish sohasidagi
tashkilot
, usul
va
yondashuvlarga
ta‘sir qiladi.
Shunday qilib,
tashkiliy
tuzilmalar kiber jinoyatchilikning oldini
olish bо‗yicha xalqaro va mintaqaviy darajada hamkorlik qilish
zarurligini aks ettirishi kerak.
Uslublar
kiber-faktlar tahdidining doimiy
yangilanib turishini ta‘minlashi kerak va
yondashuvlar
bir qator
manfaatdor
tomonlarning,
xususan, Internet-infratuzilmasi va
xizmatlarni boshqaradigan xususiy sektor tashkilotlarining ishtirokini
о‗z ichiga olishi kerak.
Axborot xavfsizligi sohasidagi xavflarga ta‘sir
qiluvchi hozirgi
davrning
ikki
о‗zgarishiga
bulutli
hisoblash
xizmatlaridan
foydalanishning ortishi va xodimlar tomonidan о‗zlarining raqamli
vositalaridan (ayniqsa smartfon va planshetlar) foydalanish kiradi.
Oxirgi paytlarda xavfsizlik masalalariga bulutli hisoblashlarning
ta‘siri oshayotgani sezilmoqda. Masalan, texnologiya masalalari
bо‗yicha kompaniya-konsultantlardan biri shuni ta‘kidladi: ‖Kichik
kompaniyalar uchun kiber jinoyatchilik nuqtai nazaridan bulutli
texnologiyalardan foydalanish buni server yordamida yertо‗lada amalga
oshirishdan xavfsizroqdir. Kiber xavfsizlik bо‗yicha ekspertlarning soni
har bir kompaniyani ta‘minlash uchun yetarli emas va aniqki bu
qimmatga tushadi. Shuning uchun himoya
va javob berish nuqtai
nazaridan, bunday resurslarni ―Amazon‖ga jamlash maqbulroqdir.
Ammo bu hujum jabrdiydalarining paydo bо‗lishiga olib kelish ehtimoli
bor, chunki kichik mahalliy magazin himoyasidan kо‗ra, yirik xizmat
kо‗rsatuvchini buzish manfaatliroq‖.
190
Boshqa
muammo
xodimlarning
shaxsiy
vositalaridan
foydalanishidir. Texnologiya bо‗yicha kompaniya-konsultant shuni qayd
etgan: "Men xavf shaxsiy qurilmalardan foydalanishda tо‗planadi deb
hisoblayman. Barcha keng kо‗lamdagi funksiyalarni bajaruvchi, simsiz
tarmoqlarga ulanuvchi, ishda va shaxsiy hayotda ijtimoiy tarmoqlar va
elektron pochta orasida bog‗lanishni hosil qiluvchi vositalarni ish joyiga
olib keladi.
Shuning uchun, о‗ylashimcha, asosiy xavf muammoni
tushunish madaniyatining yо‗qligidadir‖.
Sо‗nggi
paytlarda
kompaniyalar
tomonidan
tо‗plangan
ma‘lumotlardan foydalanib hujumlarga javob berish imkoniyatlari kо‗rib
chiqilmoqda. Bir qator tashkilotlar korxonalarga huquqbuzarlarning
profillarini va ularning hujumlari sabablarini tuzishda yordam beradi. Bu
ma‘lumotlar, texnik muhofaza qilish va sud jarayonlari sifatini
yaxshilash, firibgarlik huquqbuzarni aldash uchun kompaniyalar о‗z
tarmoqlarida notо‗g‗ri ma‘lumotlarni joylashtirish, hujumni iloji boricha
kо‗p
resurs talab qiluvchi faoliyatga aylantirish maqsadida
qо‗llaniladi. Ba‘zi kompaniyalar xakerlarga qarshi qaratilgan "teskari
xakerlik hujumi" imkoniyatini kо‗rib chiqmoqdalar,
lekin bu qanchalik
qonuniy va texnik jihatdan imkoni borligi hali aniq emas.
Umumiy nigohda kiber jinoyatni oldini olish aralash xarakterga
ega. Katta kompaniyalar, ayniqsa moliyaviy xizmatlar sohasida,
foydalanuvchilarni avtorizatsiya qilish uchun apparat xavfsizligi kalitlari
kabi maxsus xavfsizlik texnologiyalaridan foydalangan holda yanada
murakkab kiber jinoyatchilikni oldini olish bо‗yicha strategiyalarga
rioya
qilishadi.
Xavfsizlik
masalalari
bilan
shug‗ullanuvchi
kompaniyalar faol monitoring olib
borshadi va yangi tahdidlar
shakllanishi haqida hisobotlarni doimiy e‘lon qilib borishadi, bir qator
texnologik kompaniyalar esa sudlarga bot-tarmoqlarni yо‗q qilish,
spammerlar va firibgarlarni kuzatish tо‗g‗risidagi da‘volar bilan faol
murojaat etishadi. Bundan tashqari, kichik kompaniyalar juda yaxshi
himoyalanmagan va ba‘zilari xavfsizlik choralari bilan bog‗liq xavflarni
aniq tushunchasiga ham ega emas.
Do'stlaringiz bilan baham: