S. Y. Yusupov, sh. R. Gulomov, N. B. Nasrullayev


 Kiber jinoyatlarning oldini olish



Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/180
Sana19.02.2022
Hajmi2,92 Mb.
#457739
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   180
Bog'liq
61c5a35e77fa72.44071569

 
6.3. Kiber jinoyatlarning oldini olish
"Jinoyatchilikning oldini olish" 
atamasi jinoyatchilik
 
xavfini 
kamaytirishga qaratilgan strategiyalar va tadbirlarni va jinoyatchining 
kо‗plab sabablarini bartaraf etish bо‗yicha chora-tadbirlar orqali 
shaxslar va jamiyat uchun mumkin bо‗lgan zararli oqibatlarni qamrab 
oladi. Jinoyatchilikni 
oldini 
olish 
bо‗yicha 
kо‗rsatmalar 
jinoyatchilikning oldini olishda davlat organlarining boshqaruvchi 
funksiyalari vazirliklar va idoralar, shuningdek, davlat organlari va 
jamoat tashkilotlari, nohukumat tashkilotlari, biznes va jismoniy 
shaxslar о‗rtasida hamkorlik va sheriklik munosabatlarida muhim rol 
о‗ynashini ta‘kidlaydi (25- rasm). 
 
 
 
 
 
25- rasm. Jinoyatchilikning oldini olish tamoyillari, tashkiloti, usullari 
va yondashuvlari 
Davlatning 
boshqaruvchilik 
roli; 
ichki ijtimoiy-
iqtisodiy 
rivojlanish; 
sheriklik va 
hamkorlik; 
turg‗unlik va 
ma‘suliyat; 
bilim bazasi; 
qonun boshqaruvi 
uchun inson 
huquqi; 
о‗zaro bog‗liqlik. 
Tamoyillar 
Davlat organlari; 
kadrlarni 
tayyorlash va 
salohiyatini 
oshirish; 
hamkorlikni 
qо‗llab 
quvvatlash; 
turg‗unlik. 
Tashkillanish 
Bilim bazasi; 
tadbirlarni 
rejalashtirish; 
baholash. 
Usullar 
Ijtimoiy 
rivojlanish; 
operativlik; 
tashkillangan 
jinoyatchilikni 
oldini olish. 
Yondashuvlar 


189 
Jinoyatchilik oldini olishning samarali yо‗li asosiy prinsiplarga 
(masalan, yetakchilik, hamkorlik va qonun ustuvorligi), tashkilot 
shakllarini (masalan, jinoyatlarning oldini olish bо‗yicha harakatlar 
rejalari) va metodlarni (masalan, mustahkam ma‘lumot bazasini yaratish) 
va yondoshuvlarni (jumladan, jinoyatchilik imkoniyatlari va jinoyat 
qurbonlarini himoya qilishni kuchaytirish) asoslangan. 
Kiber jinoyatlarning oldini olishda bir qator muammolar mavjud. 
Bunga kо‗plab 
potensial jabrdiydalarni taqdim etadigan Internet 
qurilmalarining mavjudligi va tarqalganligi; jismoniy shaxslarning 
global tarmoqda о‗zini ―qaltis‖ kо‗rsatishga istagining nisbatan yuqori 
darajadaligi; 
huquqbuzar 
shaxslar 
tomonidan 
anonimligi 
va 
qо‗rqitishining 
ehtimoli; 
kо‗plab kiber 
jinoyatlarning transmilliy 
xarakteri; va jinoyatchilik yangiliklarining yuqori darajasi kiradi. Ushbu 
muammolarning har biri kiber jinoyatlarning oldini olish sohasidagi 
tashkilot
, usul 
va 
yondashuvlarga 
ta‘sir qiladi. 
Shunday qilib, 
tashkiliy
tuzilmalar kiber jinoyatchilikning oldini 
olish bо‗yicha xalqaro va mintaqaviy darajada hamkorlik qilish 
zarurligini aks ettirishi kerak. 
Uslublar 
kiber-faktlar tahdidining doimiy 
yangilanib turishini ta‘minlashi kerak va 
yondashuvlar 
bir qator 
manfaatdor 
tomonlarning, 
xususan, Internet-infratuzilmasi va 
xizmatlarni boshqaradigan xususiy sektor tashkilotlarining ishtirokini 
о‗z ichiga olishi kerak. 
Axborot xavfsizligi sohasidagi xavflarga ta‘sir qiluvchi hozirgi 
davrning 
ikki 
о‗zgarishiga 
bulutli 
hisoblash 
xizmatlaridan 
foydalanishning ortishi va xodimlar tomonidan о‗zlarining raqamli 
vositalaridan (ayniqsa smartfon va planshetlar) foydalanish kiradi. 
Oxirgi paytlarda xavfsizlik masalalariga bulutli hisoblashlarning 
ta‘siri oshayotgani sezilmoqda. Masalan, texnologiya masalalari 
bо‗yicha kompaniya-konsultantlardan biri shuni ta‘kidladi: ‖Kichik 
kompaniyalar uchun kiber jinoyatchilik nuqtai nazaridan bulutli 
texnologiyalardan foydalanish buni server yordamida yertо‗lada amalga 
oshirishdan xavfsizroqdir. Kiber xavfsizlik bо‗yicha ekspertlarning soni 
har bir kompaniyani ta‘minlash uchun yetarli emas va aniqki bu 
qimmatga tushadi. Shuning uchun himoya va javob berish nuqtai 
nazaridan, bunday resurslarni ―Amazon‖ga jamlash maqbulroqdir. 
Ammo bu hujum jabrdiydalarining paydo bо‗lishiga olib kelish ehtimoli 
bor, chunki kichik mahalliy magazin himoyasidan kо‗ra, yirik xizmat 
kо‗rsatuvchini buzish manfaatliroq‖.


190 
Boshqa 
muammo 
xodimlarning 
shaxsiy 
vositalaridan 
foydalanishidir. Texnologiya bо‗yicha kompaniya-konsultant shuni qayd 
etgan: "Men xavf shaxsiy qurilmalardan foydalanishda tо‗planadi deb 
hisoblayman. Barcha keng kо‗lamdagi funksiyalarni bajaruvchi, simsiz 
tarmoqlarga ulanuvchi, ishda va shaxsiy hayotda ijtimoiy tarmoqlar va 
elektron pochta orasida bog‗lanishni hosil qiluvchi vositalarni ish joyiga 
olib keladi. Shuning uchun, о‗ylashimcha, asosiy xavf muammoni 
tushunish madaniyatining yо‗qligidadir‖. 
Sо‗nggi 
paytlarda 
kompaniyalar 
tomonidan 
tо‗plangan 
ma‘lumotlardan foydalanib hujumlarga javob berish imkoniyatlari kо‗rib 
chiqilmoqda. Bir qator tashkilotlar korxonalarga huquqbuzarlarning 
profillarini va ularning hujumlari sabablarini tuzishda yordam beradi. Bu 
ma‘lumotlar, texnik muhofaza qilish va sud jarayonlari sifatini 
yaxshilash, firibgarlik huquqbuzarni aldash uchun kompaniyalar о‗z 
tarmoqlarida notо‗g‗ri ma‘lumotlarni joylashtirish, hujumni iloji boricha 
kо‗p 
resurs talab qiluvchi faoliyatga aylantirish maqsadida 
qо‗llaniladi. Ba‘zi kompaniyalar xakerlarga qarshi qaratilgan "teskari 
xakerlik hujumi" imkoniyatini kо‗rib chiqmoqdalar, lekin bu qanchalik 
qonuniy va texnik jihatdan imkoni borligi hali aniq emas. 
Umumiy nigohda kiber jinoyatni oldini olish aralash xarakterga 
ega. Katta kompaniyalar, ayniqsa moliyaviy xizmatlar sohasida, 
foydalanuvchilarni avtorizatsiya qilish uchun apparat xavfsizligi kalitlari 
kabi maxsus xavfsizlik texnologiyalaridan foydalangan holda yanada 
murakkab kiber jinoyatchilikni oldini olish bо‗yicha strategiyalarga 
rioya 
qilishadi. 
Xavfsizlik 
masalalari 
bilan 
shug‗ullanuvchi 
kompaniyalar faol monitoring olib borshadi va yangi tahdidlar 
shakllanishi haqida hisobotlarni doimiy e‘lon qilib borishadi, bir qator 
texnologik kompaniyalar esa sudlarga bot-tarmoqlarni yо‗q qilish, 
spammerlar va firibgarlarni kuzatish tо‗g‗risidagi da‘volar bilan faol 
murojaat etishadi. Bundan tashqari, kichik kompaniyalar juda yaxshi 
himoyalanmagan va ba‘zilari xavfsizlik choralari bilan bog‗liq xavflarni 
aniq tushunchasiga ham ega emas. 

Download 2,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish