191
ulash imkonini beradi. Bir tomondan, xizmat kо‗rsatuvchi
provayderlar kiber jinoyatlarning oldini olishda rol о‗ynashi aniq, ammo
boshqa tomondan, xizmat kо‗rsatuvchi provayderlarning mas‘uliyati
va Internet-kontent uchun javobgarlik muammolari ham mavjud. Kiber
jinoyatlarning oldini olishda xizmat kо‗rsatuvchi
provayderlarning
imkoniyatlarini kо‗rib chiqish uchun birinchi navbatda bir nechta texnik
jihatlarni qisqacha tahlil qilish kerak.
Internet-provayderlar foydalanuvchilarni Internetga ulaydi va
global tarmoq, elektron pochta va ovozli IP (VoIP) serverlari orqali
foydalanuvchilar va qurilmalar о‗rtasida ma‘lumotlarni uzatadi. Agar
foydalanuvchi virtual xususiy tarmoq, proksi-server yoki ma‘lumotlar
almashinuvida ishlatiladigan dasturiy ta‘minotga
biriktirilgan vazifalar
yordamida ma‘lumotlarni shifrlamasa, Internet xizmati provayderlari
ba‘zi trafikni tahlil qilishi mumkin. Internet xizmatlarini kо‗rsatuvchilar
uchun
ma‘lum
bо‗lgan foydalanuvchi ma‘lumotlariga axborot
almashinuvi
tarkibi,
ya‘ni
veb-sayt
va
elektron-
pochtadagi
shifrlanmagan matnlar va suratlar, kontekstual ma‘lumotlar, misol uchun
abonent qaysi serverlarga tashrif buyuradi, elektron pochta xabarlarining
manbasi va yо‗llanish manzili, turli xizmatlardan foydalanishning
vaqti
va davomiyligi kiradi. Shu vaqtning о‗zida, bunday ma‘lumotlar shifr
qо‗llash holatida ham provayder uchun ma‘lum bо‗ladi. Umuman
olganda, tarkib faqatgina jо‗natilish vaqtida qо‗llanila oladi, keyinchalik
esa faqat foydalanuvchi ulanishlarining aniq monitoring va maxsus
qurilmalarni qо‗llagan holda ma‘lumotlarni saqlashda amalga oshadi.
Istisno sifatida provayder elektron pochta
serverini boshqarish holati
hisoblandi, negaki bunda xabar uzoqroq muddat saqlanadi.
Bir kishiga kо‗pincha bir nechta Internet-provayderlar tomonidan
xizmat kо‗rsatiladi, chunki kirish turli joylardan amalga oshiriladi.
Kо‗pincha uy uchun Internet xizmatlarini bitta provayder, mobil
qurilmalar uchun esa boshqasi ta‘minlaydi.
Uchinchi provayder ish
joyida Internetga kirish uchun foydalanilishi mumkin va mahalliy kafe
ichidagi simsiz tarmoqqa ulanishda boshqa internet-provayder bunday
ulanishni ta‘minlash uchun ishlatiladi. Shuning uchun,
bir shaxsning
faoliyati
tо‗g‗risida
ma‘lumot
turli
xil
xizmat
kо‗rsatuvchi
provayderlarga tegishli bо‗lishi mumkin.
Yetkazib
beruvchi Internet
hosting veb-saytlar va
boshqa
xizmatlarda qо‗llaniluvchi tizimlarni nazorat qiladi. Internet-servis
provayderlari va ularning abonentlari о‗rtasidagi munosabatlarda
bо‗lgani
kabi,
xizmat
kо‗rsatuvchi
192
provayderlar hosting xizmati mijozlarning barcha kiruvchi va chiquvchi
trafiklarini kuzatish uchun noyob imkoniyatga ega.
Shuning uchun ular
bunday xizmatlardan noqonuniy foydalanishni tо‗xtatish yoki
blokirovka qilish uchun texnik imkoniyatlarga ega. О‗zlarining xizmat
shartnomalarida, hosting kompaniyalari,
odatda,
о‗z
serverlarida
joylashtiriladigan xizmatlarning tabiatiga, odatda ma‘lum miqdordagi
spam
yoki
noqonuniy
elektron
pochta
xabarlarini
yuborish,
noqonuniy kontentni о‗rnatish yoki mualliflik
huquqining buzilishi kabi
ma‘lum nomaqbul xatti-harakatlarga qо‗yilgan cheklovlarni yoritadi.
Xizmat kо‗rsatuvchi provayderlar ikki asosiy sohada kiber
jinoyatlarni oldini olishda muhim rol о‗ynaydilar:
keyinchalik kiber jinoyat tergovida huquq-tartibot idoralari
foydalanishi uchun foydalanuvchi ma‘lumotlarini saqlash;
avvalo kiber jinoyatning oldini olish uchun internetdagi
ma‘lumotlar almashinuvi yoki ma‘lumotlar tarkibini faol «filtrlash».
Do'stlaringiz bilan baham: