Neyron tarmoqlari bazasi asosida jinoyatchilarning yuzlarini
tanish.
2014 yilda AQSH Federal Tergov Byurosi (FTB)
tanib olish
tizimini yangi avlodi (NGI)
muvaffaqiyatli ishga tushirilganini
e‘lon qildi
.
Uning maqsadi fuqarolarning identifikatsiyalash bо‗limini
201
mustahkamlashdir.
NGI
ning
asosiy
xususiyati -
biometrik
ma‘lumotlarni avtomatik ravishda qabul qilish va qayta ishlash. Tizim
butun mamlakat bо‗ylab CCTV (yopiq elektron televizion tizim)
kameralaridan olingan ma‘lumot hisobiga ishlaydi. U insonning noyob
xususiyatlarini aniqlaydi va ularni ma‘lumotlar bazasida saqlaydi. Keyin,
jinoyatni tergov qilish paytida, u rasmlarni tez tahlil qilish va
buzg‗unchini aniqlashi mumkin bо‗ladi. Biror kishini aniqlash uchun,
masalan, yuzidagi xarakterli chandiqni yoki uning tanasidagi
tatuirovkani aniqlash kifoya.
Yuzni tanib olishdan tashqari, NGI о‗z shaxsni qо‗z qorachig‗iga
qarab aniqlashga qodir. Sо‗nggi paytlar Amerika qamoqxonalaridagi
mahbuslarning kо‗z qorachig‗i suratlari faol ravishda tо‗planadi.
Nazariy jihatdan, ular jinoyat sodir etgan joyda tajovuzkorlarni aniqlash
uchun ishlatilishi mumkin.
Jinoiy
xatti-harakatni
bashorat
qilishning
yangi
texnologiyalari.
Shanxay transport universiteti olimlari jinoyatchilar va
qonunga bо‗ysunuvchi fuqarolarning yuzlarini tekshirish uchun turli xil
mashina kо‗rish algoritmlarini qо‗lladilar va keyin ular mashina farqni
sezish yoki sezmasligini tekshirishdi.
Insondan
farqli
о‗laroq,
tasvirni
tasniflash
uchun
kompyuterlashtirilgan algoritm subyektivlik yuki bilan yuklangan emas,
о‗tgan tajriba, irqiy, diniy yoki siyosiy imtiyozlar, jinsi, yoshi va boshqalar
bilan bog‗liq his-tuyg‗ular va noaniqliklarga ega emas, u charchamaydi va
uyqu yoki oziq-ovqat yetishmovchiligi unga ta‘sir etmaydi, deb yozadi
Xitoy olimlari. Ular о‗zlarining yuz suratlari asosida jinoiy moyilliklarni
bashorat qilishning avtomtlashgan tizimini taklif etmoqda.
Cloud
Walk kompaniyasi
(XXR),
yuzni
tanib
olish
avtomatlashtirilgan,
shuningdek potensial
jinoyatchilarning
xavf
darajasini kuzatish uchun katta hajmdagi ma‘lumotlarni tahlil qilish va
baholashni tizimlarini о‗rgatishni amalga oshiradi. Qurol-yaroq
dо‗konlariga tashrif buyuruvchilar yoki turli transport markazlariga tez-
tez kelib turadiganlar tizim tomonidan belgilanishi ehtimoli yuqoridir.
Hatto uy jihozlari dо‗koni ham "shubha" ostida qolishi mumkin, chunki
bu joylar hukumat tomonidan "yuqori xavfli" zonalar deb hisoblanadi.
"Albatta, agar kimdir oshxona pichog‗i sotib olsa, bu yerda hech
qanday jinoyat yо‗q. Lekin agar bu kishi qо‗shimchasiga qop va bolta
ham xarid qilsa, keyin u tizim uchun shubhali bо‗ladi" – deydi Cloud
Walk kompaniyasi vakili.
202
Mutaxassislarning fikriga kо‗ra, bunday tadqiqotlar keyingi о‗rganish-
larni talab etadi va agar muvaffaqiyatli bо‗lsa, bunday tadqiqot jinoyatni
aniqlash va oldini olish uchun yangi vositani taqdim etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |