S. Y. Yusupov, sh. R. Gulomov, N. B. Nasrullayev


Kiber  jinoyatlarning oldini



Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/180
Sana19.02.2022
Hajmi2,92 Mb.
#457739
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   180
Bog'liq
61c5a35e77fa72.44071569

Kiber 
jinoyatlarning oldini 
olishda 
ilmiy 
jamoatchilik 
ishtiroki. 
Ilmiy muassasalari va hukumatlararo tashkilotlar kiber 
jinoyatning oldini olish va unga qarshi kurashishda muhim rol о‗ynaydi. 
Bunday muassasalar, xususan, axborot bazasi va bilimlarni almashish, 
qonunchilik va siyosatni ishlab chiqish, texnologiyalar va texnik 
standartlarni ishlab chiqish, huquqni muhofaza qilish idoralari bilan 
texnik yordam kо‗rsatish va hamkorlikni rivojlantirishga yordam berishi 
mumkin. 
Axborot bazasini rivojlantirish va bilimlarni almashish: 
Davlat 
muassasalari va xususiy korxonalar tomonidan kiberxavfsizlik sohasida 
malakali kadrlar va xodimlarni rivojlantirishga bо‗lgan talabga 
javoban, ilmiy muassasalar bilim va tadqiqot natijalarini mustahkamlash 
va soha hamda fanlararo birikishning ta‘sirini kuchaytirish uchun 
maxsus о‗quv dasturlari, о‗quv rejalari va kadrlarni tayyorlash 
markazlari 
yaratdilar. 
Kiber 
xavfsizlik va kiber 
jinoyatlar 
sohasida diplomlar, sertifikatlar va о‗quv mashg‗ulotlarini «xavfsiz 
kompyuter amaliyoti va texnik aspektlari masalalari bо‗yicha yosh 
mutaxassislar va bо‗lajak ekspertlar uchun ta‘lim va professional 
tayyorlov» 
maqsadida 
taklif 
etadigan universitetlar 
soni ortib 
bormoqda. . Seminar va konferensiyalarni tashkil qilish orqali 
universitetlar shuningdek, kiber jinoyatlarga qarshi kurashish uchun 


197 
ijtimoiy tarmoqlarning amaliy ta‘limi va rivojlanishini rag‗batlantiradilar. 
Bunday tadbirlar axborot almashish va jinoyatchilikning oldini olish va 
javob berish bо‗yicha tavsiyalar beradi, bu esa norasmiy hamkorlikni 
rivojlantirishga yordam beradi, ba‘zida tegishli organlarga ma‘lum 
jinoyatlar haqida axborot berish va texnik yechimlarni ishlab chiqish 
mexanizmlarini taklif etadi. 
Qonunchilik va siyosatni ishlab chiqish: Universitet mutaxassislari 
loyihalarni ishlab chiqish va qonunchilik, siyosatga о‗zgartirishlar kiritishda 
katta hissa qо‗shmoqdalar. Milliy, mintaqaviy va xalqaro miqyosda olimlar 
keng kо‗lamli masalalar, shu jumladan kriminallashtirish, maxfiylik va 
shaxsiy 
hayot 
huquqi, 
konstitusiyaviy 
hamda 
huquqiy 
himoya 
qilish masalalari bо‗yicha qonun loyihalarini tayyorlashda maslahat 
berishadi va ishtirok etishadi. Bunday maslahat turli mexanizmlar orqali, 
shu jumladan konsultativ va maxsus ishchi guruhlar, institutlar va individual 
mutaxassislar darajasidagi aloqalarni va texnik yordam dasturlari orqali 
ta‘minlanadi. Ilmiy muassasalardan birining respondentlaridan biri, masalan, 
maxsus kiber muhit masalalari bilan shug‗ullanuvchi tadqiqot markazlari 
kо‗pincha " kiber jinoyatlarga oid muammolar (huquqiy, kriminalistik, 
texnik 
ekspertiza) bilan 
bog‗liq 
bо‗lgan bir 
qator tor 
doiralarda tadqiqotchilarning faoliyati" uchun koordinator bо‗lib xizmat 
qilishi aytgan . 
Texnologiyalar va texnik standartlar:
Universitetlar kompyuter 
texnologiyalari sohasida ilmiy ishlarni 
mahalliy yoki xorijiy 
homiylarning moliyaviy kо‗magida xususiy sekto va (yoki) davlat 
tashkilotlari bilan hamkorlikda, yoki universitet xavfsizligini ta‘minlash 
doirasida olib boradilar. Bundan tashqari, universitetlar kompyuter 
kriminalistikasi, dalillar tahlili va tashkilot ma‘lumotlari tahlili kabi 
yо‗nalishlar bо‗yicha о‗z hissalarini qо‗shishlari mumkin. Universitetlar 
va alohida mutaxassislar darajasida olib borilgan tadqiqotlar bilan bir 
qatorda, universitetlar ham standartlar о‗rnatish uchun mas‘ul bо‗lgan 
professional tashkilotlar va tashkilotlarda, hamda texnik ishchi 
guruhlarda ishtirok etishda hamkorlikning muhim hamkorlar va 
hamkorlikning tashkilotchilari hisoblanadi. 
Huquqni muhofaza qilish idoralari bilan hamkorlik: 
Huquqni 
muhofaza qilish organlari rahbarlari universitetlar bilan hamkorlik qilish, 
universitetlarda 
kiber 
jinoyatlarda va kiberxavfsizlik sohasidagi 
tо‗plangan tajribani inobatga olgan holda, hamkorlik qilishdan 
manfaatdor bо‗lishi mumkin. Oliy о‗quv yurtlari vakillarining 
respondentlari huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda 


198 
bilimlar bazasini, texnik standartlarni va texnik yordamni ishlab 
chiqishda hamkorlik qiladilar, biroq kо‗plab ilmiy jamoatchilik vakillari 
ham huquqni muhofaza qilish idoralari bilan bevosita aloqada 
bо‗lmaganligini qayd etdilar. Olimlar bunday ta‘lim dasturlari va 
axborot almashinuvini kengaytirish uchun resurslarning mavjudligiga 
doir muammolar ularni bezovtalikka solishini ta‘kidlashadi. Masalan, 
respondentlardan biri: ―Hamkorlik uchun umumiy rasmiy asoslar yо‗q -
davlat muassasalari universitetlar bilan hamkorlik qilish uchun standart 
yoki byudjetga ega emas. Shuning uchun barcha mavjud aloqalar va 
axborot almashinuvi norasmiydir‖ deb aytib о‗tgan. Jamoat xavfsizligini 
ta‘minlashda yordam berish uchun ―mablag‗ ajratish, xodimlar soni va 
tor doira mutaxassislarining mavjudligi‖ ishlashni yaxshilash uchun 
zarur bо‗lgan omillar sifatida qaraladi, bu ayniqsa "sud ekspertizasi va 
kriminalistik analiz vositalari, kadrlarni tayyorlash va malakasini 
oshirish masalalari bо‗yicha moliyalashtirishni oshirish"ga tegishlidir. 
―Qо‗shimcha resurslar, tartibni saqlash organlari tomonidan 
hamkorlikka tayyorlikni kо‗rsatish va ilmiy muassasalardagi izlanishlar‖ 
ga bо‗lgan talabga qaramay, davlat tashkilotlari va tartibni saqlash 
organlari bilan hamkorlikni kengaytirishga imkoniyat kattadir. 
Kiber 
jinoyatchilar va kiber-terrorchilar doimiy 
ravishda 
yangi 
amaliyotlarni, dasturiy yechimlarni va texnologik yangiliklarni qabul 
qilmoqda. Bularning barchasi moliyaviy tizimda yangi shifrlash usullari, 
transaksiyalar va boshqalar kirib kelishi bilan bog‗liq moliyaviy inqilobning 
fonida yuzaga keladi. Bunday sharoitda kiberxavfsizlik strategiyasi va 
ularning tegishli standartlari, protseduralari va dasturiy ta‘minoti, 
shuningdek stressni tahlil qilish va kadrlarni о‗qitish tizimlari davriy 
tekshirishni va yangilanishni talab qiladi. Kiber xavfsizlik sohasidagi 
dasturiy ta‘minot, apparat, tashkiliy, boshqaruv va kadrlar yechimlari 
doimiy о‗zgarishi bilan xavflarni kо‗paytirishi, tahdidlarni kuchaytirishi 
va kiber muhitda tez о‗zgarishga moslashish mumkin. Iqtisodiyotning 
boshqa moliya sektorlarida, ayniqsa energetika va telekommunikatsiya 
tarmoqlarida mavjud muammolar, moliyaviy sektorda kiberxavfsizlik 
holatiga ijobiy yoki salbiy ta‘sir kо‗rsatishi mumkin. Shuning uchun moliya 
institutlarining menejerlari va aksiyadorlari, davlat organlarining yuqori 
mansabdor shaxslari kiber xavfsizlik masalalarini nafaqat rivojlanish, balki 
jamiyat, biznes va davlatning omon qolishida muhim masalalar 
sifatida kо‗rib chiqishlari kerak. Biznes, milliy xavfsizlik, davlat xizmati 
sohalaridagi har qanday boshqaruv jarayonlarida kiber xavfsizlik masalalari 
о‗z о‗rnini topishi lozim. 


199 

Download 2,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish