S. Y. Yusupov, sh. R. Gulomov, N. B. Nasrullayev


Tor  ma‘nodagi kiber jinoyat



Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/180
Sana19.02.2022
Hajmi2,92 Mb.
#457739
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   180
Bog'liq
61c5a35e77fa72.44071569

Tor 
ma‘nodagi kiber jinoyat 
(kompyuter 
jinoyati) 

bu 
kompyuter tizimi va u qayta ishlovchi ma‘lumotlarga nisbatan 
yо‗naltirilgan elektron operatsiyalar kо‗rinishidagi har qanday 
noqonuniy harakat. 
Keng ma‘nodagi kiber
jinoyat 
(kompyuterlarni 
qо‗llash bilan bog‗liq jinoyat) - bu kompyuter tizimi yoki tarmoq 
yordamida yoki ular bilan birgalikda amalga oshiriluvchi har qanday 
noqonuniy harakat, jumladan, kompyuter tizimi yoki tarmoq yordamida 
ma‘lumotning noqonuniy qо‗lga olinishi, taklif qilinishi yoki tarqatilishi. 
Kiber 
jinoyatning asosi kompyuter 
ma‘lumotlarining 
yoki 
tizimlarining maxfiyligi, yaxlitligi va mavjudligiga nisbatan cheklangan 
qator tadbirlar 
hisoblanadi. 
Ammo bu bilan 
cheklanmasdan, 
kompyuterdan shaxsiy yoki moliyaviy foyda kо‗rish, shaxsiy yoki 
moliyaviy zarar yetkazish maqsadida kompyuterdan foydalanishni, 
jumladan, shaxsiy ma‘lumotlarni ishlatish, kompyuter ma‘lumotlari 
tarkibi bilan bog‗liq kirdikorlarni (ularning bari ―kiberjinoyat‖ning keng 
tushunchasiga kiradi) qо‗shsak, barchasini qoplovchi huquqiy ta‘rifini 
topish qiyinlashadi. Kiber jinoyatlarning asosini tashkil etuvchi 
jinoyatlar 
uchun ba‘zi 
ta‘riflar 
kerak. 
Biroq 
kiber 
jinoyatchilik ―ta‘rifini‖ aniqlash biron bir jinoyatni sodir etishning 
elektron 
dalillarini 
topish 
bilan 
kо‗proq 
bog‗liq bо‗lgan 


181 
qator maxsus tergov 
vakolatlarini 
va 
xalqaro 
hamkorlik 
imkoniyatlarini aniqlash 
kabi 
boshqa 
maqsadlardan 
juda 
muhim emas. Shu sababli ―kiberjinoyat‖ tushunchasiga harakat va 
faoliyatlar birlashmasi deb qarash maqsadga muvofiq. 
Ijtimoiy-iqtisodiy 
manfaatlardan 
tashqari, 
kompyuter 
texnologiyalari va Internet ham, odamlar о‗rtasidagi о‗zaro 
munosabatlarning imkoniyatlarini kengaytiruvchi boshqa vositalar kabi, 
jinoyatlarni sodir etishda ishlatilishi mumkin. Kompyuter yordamida 
amalga oshiriluvchi jinoyatlar yoki kompyuter jinoyatlar nisbatan uzoq 
vaqtdan beri davom etayotgan hodisani tashkil etsa-da, global tarmoqqa 
ulanishning о‗sib borishi zamonaviy kiber jinoyatlarning rivojlanishi 
bilan uzviy bog‗liqdir. 
Zamonaviy kiber 
jinoyatchilikning asosi 
-
global 
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarining yaqinlashuvi transmilliy miqyosda 
jinoyatlarni sodir etish uchun ishlatilishi mumkin degan fikrdir. 
Bunday jinoyatlar yuqorida kо‗rsatilgan barcha kompyuter 
jinoyatlarini, shuningdek, kompyuter yoki Internet-kontent bilan bog‗liq, 
shaxsiy yoki moliyaviy daromad uchun kompyuterdan foydalanish kabi 
kо‗plab boshqa jinoyatlarni о‗z ichiga olishi mumkin. 
Shunga qaramay, bugungi kundagi va ayniqsa ertangi kiber 
jinoyatchilikning markaziy elementi sifatida global tarmoqqa ulanish 
kо‗rilishi kerak. Kibermakon va IP-trafikning kengayishi hamda simli 
ulangan qurilmalarga nisbatan simsiz ulangan qurilmalarning trafigi 
ortishi, kompyuter bо‗lmagan qurilmalar internet-trafigining kо‗payishi 
bilan bir qatorda, global tarmoqqa IP-ulanishsiz rо‗y bergan kompyuter 
jinoyatlarini tasavvur qilish qiyin. Mobil qurilmalarning maxsus 
moslashtirilganligi va maishiy texnika yoki shaxsiy buyumlarning 
internet-prorokollariga ulanishi elektron ma‘lumot va ularning uzatilishi 
deyarli har bir inson xatti-harakatlarining, u qonuniy yoki noqonuniy 
bо‗lsin, ajralmas qismi bо‗lishiga olib keladi. 

Download 2,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish