S. Y. Yusupov, sh. R. Gulomov, N. B. Nasrullayev



Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/180
Sana19.02.2022
Hajmi2,92 Mb.
#457739
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   180
Bog'liq
61c5a35e77fa72.44071569

Kriminallashtirish.
Tahlil qilish maqsadida
 
tuzilgan savolnoma 
yordamida kiber jinoyat sohasidagi jinoiy qonunchilik ma‘lumotlariga 
asosan hamda mamlakatlar qonunchiligi tо‗g‗risida mavjud bо‗lgan 
hozirgi ma‘lumotlarni qо‗llagan holda asosiy manbalarni о‗rganish 
orqali odatda kiber jinoyatchilik tushunchasi tarkibidagi 14 ta jinoyat 
belgilandi. Sо‗rovda ishtirok etgan davlatlar shuni kо‗rsatdiki, ushbu 14 
jinoyat keng miqyosda kriminallashtiriladi, yaqqol istisno sifatida spam 
bilan bog‗liq jinoyatlar, bir qancha darajada kompyuterdan noqonuniy 
foydalanish bilan, millatchilik va irqchilik bilan, internetdan bolalarni 
jalb qilish va ―gruming‖ uchun foydalanish qayd etildi. Davlatlar 
sо‗rovnomada keltirilmagan ba‘zi jinoyat turlarini keltirishdi. Ular 
asosan kompyuterda saqlanuvchi ma‘lumotlarga tegishli edi, xususan, 
nomaqbul materiallar, onlayn qimorbozlik va giyohvandlik va odam 
savdosi bozori singari noqonuniy onlayn bozorlar shularning 
jumlasidandir. Kо‗rsatilgan 14 ta jinoyatga tо‗xtalganda esa, davlatlar 
shuni xabar berishdiki, maxfiylik, ma‘lumotlar yaxlitligi, kompyuter 
tizimlarining keng tarqalganligiga nisbatan asosiy kiber jinoyatlar uchun 
kiber jinoyatchilik sohasidagi maxsus jinoyatlar qо‗llaniladi. Kiber 
jinoyatning boshqa turlariga nisbatan kiber jinoyatchilikka bog‗liq 
bо‗lmagan umumiy turdagi qonunbuzarliklar qо‗llaniladi. Shu bilan 
birga, kompyuterdan shaxsiy hayotga aralashish, firibgarlik yoki 
qalbakilashtirish, shaxsiy ma‘lumotlar bilan bog‗liq jinoyatlarni sodir 
etishda foydalanilganda ikkala yondashuv qо‗llaniladi.
Kompyuter tizimlari va ma‘lumotlariga noqonuniy kirish jinoyat 
obyekti (axborot, tizim ma‘lumotlari) va ―shunchaki‖ kirish yoki 
yо‗qotish , zarar yetkazishning qо‗shimcha niyatlari bilan amalga 
oshirilgan ishning kriminalizatsiyasiga qarab farqlanadi. Kompyuter 
tizimlari yoki ma‘lumotlari faoliyatiga aralashuv kriminallashtirilganda 
niyatning mavjudligiga yondashuv turlicha bо‗ladi. Kо‗plab 
mamlakatlarda aralashuv atayin uyushtirilgan bо‗lishi lozim bо‗lsa, 
boshqalarida ehtiyotsizlik tufayli yuzaga kelgan kirish ham hisobga 
olinadi. Kompyuter ma‘lumotlariga aralashuv, о‗chirish va zarar 
yetkazishdan tortib to о‗zgartirish, bloklash, kiritish va tarqatishgacha 


187 
bо‗lgan qilmishlarni qamrab oladi. Ma‘lumotning noqonuniy qо‗lga 
olinishining 
kriminallashuvi 
omma 
uchun 
mо‗ljallanmagan 
ma‘lumotning qо‗lga olinishi bilan cheklangan yoki cheklanmaganligi, 
hamda ma‘lumot ―texnik vositalar‖ yordamida qо‗lga olinganligiga 
binoan farqlanadi. Barcha davlatlarda ham kompyuterning noqonuniy 
qо‗llanishi vositalari kriminallashtirilmaydi. Bu kriminallashtiriladigan 
davlatlarda jarayon jinoyatning kompyuter dasturlari va kirish kodlarini 
saqlash, tarqatish yoki foydalanishiga qarab bir-biridan ajraladi. 
Butunjahon hamkorligi nuqtai nazariga kо‗ra, bunday farqlanish ikki 
karra jinoiy javobgarlikka ta‘sir qilishi mumkin. 
Qator mamlakatlarda maxsus kiber jinoyatlarga: kompyuter 
firibgarligi, qalbakilashtirish va shaxsiy ma‘lumotlardan foydalanishga 
nisbatan munosabat qabul qilingan. Boshqa davlatlarda firibgarlik va 
о‗g‗rilikka nisbatan umumiy munosabat belgilanadi yoki asos tariqasida 
qilmishning markaziy elementini aks ettiruvchi jinoyat, jumladan, 
shaxsiy ma‘lumotlarga bog‗liq holatda noqonuniy kirish, ma‘lumotlarga 
aralashish va qalbakilashtirish olinadi. Ma‘lumotlarning mazmuni, 
xususan, bolalar pornografiyasiga aloqador jinoyatlar kriminallashuvi 
juda keng tarqalgan. Biroq "bola" atamasi ta‘rifida, vizual materiallarga 
nisbatan cheklovlar yoki simulyatsiya qilingan materiallar yо‗qligi 
hamda harakatlarga nisbatan ham nomuvofiqliklar mavjud. Garchi 
kо‗pchilik davlatlar bolalar pornografiyasini ishlab chiqarish va tarqatish 
qilmishlarini jinoyat deb hisoblasa-da, saqlash va foydalanishning 
kriminallashuvida sohasidagi keng qamrovli о‗zgarishlar kuzatilmoqda. 
Kompyuter jinoyatlariga kelsak, mamlakatlar kо‗pincha mualliflik 
huquqi va tovar belgilari bilan bog‗liq bо‗lgan qilmishlar ular qasddan 
va tijoriy maqsadda qilinsa umumiy jinoiy javobgarlikka tortilishini 
xabar qiladilar. 
Ijtimoiy tarmoqlar va foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan 
Internet 
kontentining 
ortib 
borayotgan 
ommaviyligi kо‗plab 
mamlakatlarda jazo qonunchiligi kо‗rilishiga olib keldi, bu esa sо‗z 
erkinligi huquqlarini hurmat qilishga chaqirgan tartibga solish 
choralarini kо‗rishga sabab bо‗ldi. Respondent davlatlar sо‗z erkinligini 
cheklashning turli darajalari, jumladan, ifloslanish, hurmatsizlik, 
tahdidlar, nafratni qо‗zg‗atish, diniy his-tuyg‗ularni haqorat qilish, 
odobsiz materiallarni tarqatish va jamoatchilikning xavotirlanishiga 
barham berish haqida hisobot beradi. Ba‘zi cheklovlarning ijtimoiy-
madaniy elementi nafaqat milliy qonunchilikda, balki kо‗p tomonlama 
hujjatlarda ham namoyon bо‗ladi. Bu borada, kiber jinoyatlarga qarshi 


188 
kurash bо‗yicha mintaqaviy 
hujjatlarda jamoat axloqi, pornografik 
materiallar va diniy, oilaviy prinsiplar yoki qadriyatlarning buzilishi 
bilan bog‗liq umumiy jinoyatlarni kо‗zda tutilgan. 

Download 2,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish