(Nayman qishlog'i va qabilasi Farg'ona vodiysida Neyman shaklida talaffuz etilishini
ba'zan asliyatiga, mahalliy talaffuziga yaqin bo'lsa ham, hamon ularning imlosi uzil-
Shunday qilib, geografik nomlarning ruscha yozilish shakli u yoqda tursin,
milliy, o'zbekcha yozilishi ham talaffuzidan jiddiy farq qilardi. Buning asosiy
sabablaridan bin shundaki, topografik xaritalar, geografik xaritalar ham, ulardagi
boshqa yozuvlar bilan bir qatorda geografik nomlar ham, aholi punktlari ro'yxati kabi
ma’lumotlar odatda ko'pincha o'zbek tilini yaxshi bilmaydigan kishllar tomonidan rus
tilida to'ldirilar edi. Keyinchalik zaruriyat tug'ilgan paytda ro'yxat o'zbekchaga
«tarjima» qilinar edi. Oqibatda mahalliy sharoit hisobga olinmasdan ko'plab xatolarga
o'zaro munosabatidir. Bu o'rinda birinchi galda sug'dcha toponimlar tarkibida tez-tez
uchraydigan tovushlar – tishlar orasidan sirg'alib chiqadigan s tovushi bilan bogiiq.
tarzida talaffuz qilingan va «uy», «qishloq» ma'nolarini anglatgan. Aksari shahar,
qishloq nomlari tarkibida keladigan bu qo'shimcha arabcha-forscha manbalarda arab
shakllarida o'zlashgan. Biroq bu leksema oxiridagi tovush turdosh otlar taikibidagi d
yoki
y, shuningdek,
t yoki
s tovushiga aylangan. Masalan, «oila boshlig'i», «qishloq
oqsoqoli», «qabila boshlig'i», «davlat boshlig'i» ma'nolaridagi tojikcha-o'zbekcha
leksema katxudo (sug'dchasi kasxudo, «uyning xo'jayini») yoki «uy bekasi»
ma'nosidagi kaybonu, kayvoni (sug'dcha shakli kasbonu) so'zlarini eslang. O'zbek
tilida kasana, kasanachilik («uyda ishlab berish») degan so'zlar bor. Bu so'zlar ham
sug'dcha kas-kat unsurining o'zgargan shaklidir. Qiyoslang: lotinchadan kas «kulba»,
«qishloq uyi», «xutor» fransuzcha kasa – «kulba», italyancha kasa – «uy», «bino»,
«oila»» «ro’zg'or», dastlab «uy», «oila», «qabila» keyinchalik, ―qala‖, «qishloq»
ma'nolarini bildirgan, qadimiy eroncha (parfyancha) misan (bunda s tovushi tishlar
orasida sirg'alib chiqadi) so'zi ham xuddi shunday fonetik o'zgarishirga uchragan.
Endilikda bu atama mitan, meton kabi ko'pgina toponimlar tarkibida uchraydi.
Z, d, j, t, y tovushining o'zaro almashishi va munosabati ham toponimda katta
ahamiyatga ega. Masalan, Ozoq – odoq – etak – oyoq. Yoki afsonaviy payg'ambar
nomi Xizr, bir qancha shevalarda Xidir shaklida talaffuz etiladi. Xidirota, Xidireli,
Xidirsho nomli qishloqlarning nomlari ham shu so'zdan olingan. Dizak nomining
Jizzax shaklini olishi ham ana shu qonuniyat mahsulidir.
Shuni aytish kerakki, joylarga nom qo'yishda xalq ijodi va jonli til katta rol
o'ynaydi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, geografik nomlarda shevaning izlari
sezilarli darajada saqlanib qolgan. Tojikcha «yangi ariq» ma'jiosidagi Jui nav
toponimi bir joyda Jeynav yoki Jenov shakllarida uchraydi. Yoki ikki suv qo'shilgan
joyi tojikchasiga Duob deyiladi. Bu toponim bir joyda Duob, boshqa joyda Duoba,
uchinchi bir xil yerda Dug'oba yoki Duvova tarzida talaffuz qilinadi. Bu kabi xilma-
xilliklarni bartaraf qilish oson emas.
Arabcha shayx so'zi (aynan «keksa», «oqsoqol») islom mamlakatlarida
ulamolar, ruhoniylarni bildirgan. O'rta Osiyoda shayx deganda ko'proq muqaddas
mozorlarda va qabristoalarda sadaqa va nazr-niyoz hisobiga kun ko'radigan
ruhonlylar nazarda tutilgan.
O'zbekiston hududida bu so'z shayx, shix, shex, sheyx shakllarida toponimlar
hosil qilgan. Shu bilan birga o'zbeklar, turkmanlar tarkibida shix (shex, shayx) nomli
qavm Ham bo'lgan. Bu qavm vakillari o'zlarini ulamo shayxlar, xo'jalar,
sayyidlarning avlodlari deb bilishgan.
Arabcha amir so'zi («lashkarboshi», «amru farmon beruvchi») O'rta Osiyoda
mir shaklini olgan. Bu o'z ma'nosidan tashqari O'zbekistonda ijtimoiy guruhni,
Turkmanistonda kichik bir urug'ni bildirgan va bevosita yoki kishi ismlari orqali amir
va mir shakllarida bir qancha toponiitttaftla uchraydi.
Tall atamasi arab tilida «tepalik» degan so'z. O'rta Osiyoda, jumladan,
O'zbekistonda, xususan, Zarafshon vodiysida tal, tol shakllarida ko'plab toponimlar
hosil qilgan (Tolimarjon, Tollimoron, Tolliqo'rg'on, Tolimarjon, Talaktepa,
Toliborzu, Tallaki va hokazo). Tal yoki tol deganda tepalik, qo'rg'ontepa,
mozorqo'rg'on tushuniladi.
Arabcha robot (ash ribot) deganda dastlab harbiy istehkomlar tushunilgan. O'rta
Osiyoda ikki shahar tashqarisidagi shahar rabod deyilgan (Aslida raboz – zot harfi
bilan yozilgan. Keyinchalik bu ikki so'z birlashib ko'proq karvonsaroylarni bildirgan.
Robot, Rabotak, Rahotixo'ja, Rabotcha, Ravot, Ravotobod, Ravotcha kabi toponimlar