Fanning ma’ruza matni Namangan davlat universitetining Tarix fakul’teti ilmiy
kengashining 2010 yil « » – son majlisida muhokama etildi va
ma’qullandi.
Tuzuvchi: t.f.n. Z. Madrahimov,
Ilmiy kengash raisi, t.f.n.: _______________ t.f.n. R. Jorayev.
Bayonnoma №___ «___» ________________ 2010 yil
Kelishildi:
Vatan tarixi kafedrasi mudiri, t.f.d.prof.: __________ A. Rasulov
«___» ________________2010 yil
© Namangan davlat universiteti
1-MAVZU. TOPONOMIKA FANIGA KIRISH (4 soat).
Reja:
1. Kirish.
2. Toponomikaning boshqa fanlar bilan aloqalari.
3. Toponimlarning paydo bo’lishi.
1. Bir joyni ikkinchisidan, bir jilg'ani boshqa bir jilg'adan, bir ko'chani yonidagi
ko'chadan, tog'ladirlarni, shahar va qishloqlarni bir-biridan farq qilish uchun ham
kishilar nomlar o'ylab chiqargan. Joy nomlari, geografik nomlar yoki toponimlar deb
ataladi Toponimlarni toponimika fani o'rganadi.
Toponimika yunoncha topos - joy va onoma (yoki onima) - nom so'zlaridan
tarkib topgan.
Joy nomlari, ya'ni toponimiya bir necha turga bo'linadi. Bular, gidronomiya
(yunoncha gidro - suv), ya'ni daryolar, ko'llar, dengizlar, soylar, kanallar, qo'ltiqlar,
bo'g'ozlar, sharsharalar nomlari: oronimiya (yunoncha oros – tog), ya'ni yer
yuzasining relef shakllari – tog'lar, cho'qqilar, qirlar, vodiylar, tekisliklar nomlari;
oykonimiya (yunoncha oykos –
uy), polinimiya (yunoncha polis –
shahar) yoki
urbanonomiya (lotincha urbos –
shahar), ya’ni qishloq hamda shaharlarning nomlari,
mikrotoponimiya (yunoncha mikros -
kichik), ya'ni kichik obyektlar: buloqlar,
quduqlar, dalalar, o'tloqlar, daraxtzorlar, jarlar, yo'llar, ko'priklar va hitto atoqli otga
ega bo'lgan ayrim daraxtlar nomlari. Bundan tashqari, turli xalq, urug'-aymoq nomlari
bilan atalgan toponimlar etnotoponimlar (yunoncha etnos – xalq) deyiladi. Kishi
ismlari bilan yuritiladigan toponimlarni esa antropotoponimlar (yunoncha antropos –
odam) deb atash mumkin.
Toponimika shaharlar, qishloqlar, daryolar, ko'llar, tog'lar kabi geografik
nomlarni, ularning kelib chiqishini, tarixini o'rganar ekan, bu fan tilshunoslarga ham,
tarixchilarga ham boy ilmiy material beradi.
Geografik nomlar, ya'ni toponimlar til lug'at tarkibining bir qismi bolib, til
qonuniyatlariga bo'ysunadi. Albatta, so'zni tilshunoslik - lingvistika fani o'rganishi
kerak. Demak, toponimika atoqli otlarni o'rganadigan onomastika fanining bir qismi
bo'lib, tilshunoslik fanlari qatoriga kiradi.
Ikkinchi tomondan, geografik nomlar xaritaning eng muhim elementi sifatida
biron mamlakat yoki olka tabiatining xususiyatlarini aks ettiradi. Ana shu nuqtai
nazardan toponimikani geografik fanlar jumlasiga kiritish mumkin.
Shu bilan birgalikda, joy nomlari jamiyat tarixi bilan chambarchas bog'liq.
Joylarga qanday nom berish avvalo jamiyatning muayyan bosqichdagi ehtiyojlari
bilan belgilanadi, Joy nomlari tarixini bilmasdan turib toponimika bilan shug'ullanish
kutilgan natijani bermaydi. Ana shuning uchun ham toponimika tarix fanlari
qatoridan o'rin oladi.
Demak, toponimika uchta katta soha: tilshunoslik, geografiya, tarix oralig'idagi
fandir. Shu bois toponimikaning faktlari xarakter jihatdan xilma-xil bo'lgan
lingvistik, tarixiy va geografik material jalb qilingandagina to'g'ri izohlab berilish
mumkin.