uchun katta ahamiyatga ega. Toponim – geografik Qbyektning aniq manzilidir.
Nomlar joyning geografik aniqlash uchun ham, geografik tushunchalari ifoda etish
uchun ham zarur. Geografik xaritada keltirilgan boy va xilma-xil nomlar orasida
Geografik obyektlar shu qadar ko'p va xilma-xilki, ularni ifoda etish uchun
muayyan geografik tushunchalarni ifoda etar ekan, bir qancha hollarda atamaga
aylanib qoladi. Masalan, yonar tog'larni ifoda etuvchi
vulkan atamasi Italiyadagi
Vulkano tog'i nomidan olingan.
Tog'lar to'g'risida ham shunday deyish mumkin. Tog'lar orasida yashaydigan
Tog' so'ziga nisbatan tosh sozi ko'proq ishlatadi. Masalan, tog'li yerda «Tog' tepasiga
chiqib ketdi» deyish o'rniga «Tog’ga chiqib ketdi deyishadi. Yana. Ayritosh,
Qoratosh, Oqtosh deganda ko'pincha qandaydir ayrim tog'lar nazarda tutiladi. Ural va
Sibir tog'larida ham kamen (tosh) deb ataydi.
Shunday bo’lsa ham, geografik nomlarda geografik qonuniyatlarning aks
etganiga juda ko'plab misollar keltirish mumkin. Demak, joy nomlari tasodifiy paydo
bo'lmaydi, aksincha, Eshakhangragan-qir, Qo'yqirilganqala kabi tasodifiy nomlar
kamdan-kam uchraydi. Binobarin, toponimlarning aksari qismi ma'naviy jihatdan
tabiat hodisalarinl aks ettiradi.
Xalq biron tabiat hodisasini geografik atama bilan ifoda etadi va binobarin,
geografik nomlar tarkibida geografik atamalar ko'p uchraydi. Bunday atamalar
toponimiya negizi, ya'ni murakkab geografik nomlarning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Geografik atama (tog', cho'l, ko'l, qishloq va h.k.) hali geografik nom emas,
balki turdosh ot bo'lib, muayyan umumiy yoki xususiy geografik tushunchani
bildiradi. Biroq har qanday geografik atama atoqli otga, ya'ni geografik nomga
aylanishi mumkin.
Geografik atamalar, shuningdek o'simlik va hayvon nomlari biron
qo'shimchasiz yoki aniqlovchisiz toponimga aylanmaydi. Masalan, O'zbekistonda o'n
minglab quduq bor va har biri o'z nomiga ega. Bunda quduq so'zi yonida biron
kishining ismi yoki aniqlovhi so'z (chuqur, katta, uch, to'rt va h.k.) yo bo'lmasa - cha,
-li kabi qo'shimchalar bo'ladi. Agar bordi-yu Quduq, Choqqi, Ariq, Yantoq, Qulon
kabi bir atama yoki birgina o'simlik, hayvon nomidan iborat toponim uchraydigan
bo'lsa, u holda bunday toponimni izohlashda juda ehtiyot bo'lish kerak. Masalan,
Toshkentdagi Zaxariqni ko'pincha Zax deyishadi.
Jizzax viloyatining Zomin tumanida baland tog' yaqinidagi tepasi yassi qir baraz
deyiladi. Masalan, Kattabaraz, Kichikbaraz, To'pchihoybaraz degan joylar bor, Baraz
(«baland») so'zi qadimiy sug'd tilidan qolgan bo'lib, hozir juda katta hududlarda
mustaqil yoki toponimlar tarkibida uchraydi. Masalan, Zarafshon daryosining bosh
tomonidagi Yag'nobda Burazo, Pusfati baroz, Sari baroz, Sibaroso, Vanjda Berazgo
kabi toponimlar bor. Olimlarning yozishicha, Rossiyaning Yevropa qismidagi
Berezalika, Berezau gidronimlari ham O'sha baraz («baland») so'zidan kelib ehiqqan.
Arman tilidagi banter ham o'sha baraz bian o'zakdosh va ma’nodosh.
Bu misollar geografiyani yaxsi bilmasdan turib toponimika bilan shug'ullanish
ishonchli natijalar bermasligini ko'rsatadi.
Geografik nomlar juda uzoq davr mobaynida saqlanib qolishi juda katta
ahamiyatga ega. Damashq shaharining shu nom bilan atalganiga uch ming yil boiadi.
Uni dunyodagi eng keksa nom deb bo'lmaydi. Buxoro, Samarqand, Xorazm kabi
toponimlar ham uda qadimiy nomlardan. Shuning uchun ham ularning kelib chiqishi
hamon uzil-kesil hal bo'lgan emas. Qanchadan-qancha nomlar yozuv paydo
bo'lmasdan oldingi davrlardan qolgan. Xalqlar yo'q bo'lib ketgan, tili unutilgan
bo'lishi mumkin, lekin geografik joy nomlari saqlanib qolaveradi. O'simlik yoki
hayvon yo'q bo'lib ketgan bo'lsa ham, nom yashayveradi.
Tomsk davlat pedagogika institutining professori A.P,Dulzon Sibir
gidronimlarini tahlil qilib qadimda ket xalqi yashagan hudud juda keng bo'lganini
aniqladi. Hozir esa Sibirda, xususan Ob daryosi yoqasida hammasi bo'lib 500 kishiga
yaqin ket qolgan. Toponimik ma'lumotlar bir vaqtlar ketlar juda ko'p sonli xalq
bo'lganini ko'rsatdi.
Yerga bo'lgan xususiy mulkchilik, kishilar o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar, mayda yer egaligi toponimiyada sezilarli iz qoldirgan.
Misollarga murojat qilaylik. 1909 yilda Skobelev (hozirgi Farg'ona) shahrida
nashr etilgan ro'yxatga ko'ra Qo'qon va Marg'ilon uyezdlarida, shuningdek, Andijon
va O'sh uyezdlarida chek so'zini 50 dan ortiq qishloq nomi tarkibida ko'ramiz.
Andijon viloyatida va xususan Farg'ona viloyatida chek so'zidan tarkib topgan joy
nomlari hozir ham anchagina uchraydi.
Andijon tumanida Obtobachichek degan qishloq bor. Bu nom Xudoyorxon
davridan qolgan. Abdurahmon ismli bola (Musulmonqulning o'g'li) xonning qo'liga
suv quyuvchi – obtobachi bo'lgan. Xudoyorxon Abdurahmon obtobachiga bir necha
yuz tanob yemi chek qilib bergan. Abdurahmon obtobachining yeri Chek Obtobaci
deb atalgan, keyinchalik Obtobachichek bo'lib ketgan. Bundan tashqari, Farg'ona
vodiysida
Alihekchek,
Bobochek,
Isoavliyochek,
Muhammad
Aminckek,
Nasriddinbekchek kabi yerlar bo'lgan. Keyinchalik bu yerlarda qishloqlar bunyod
etilgan. Xo'sh chek yer olgan bu kishilar kimlar bo'lgan? Bularning hammasi tarixiy
shaxslardir. Chunonchi Muhammad Amin va Nasriddinbek Xudoyorning o'glllari
bo'lgan, Iso avliyo esa xonning ishonchli kishisi va rnaslahatchisi hisoblangan.
Chek so'zining o'zi nima? Chek deganda,
xon va uning oila a'zolari, amaldor,
ruhoniylar va mashhur shaxslarning, umuman bar qanday kishilarning xususiy yerlari
tushunilgan. Shu bilan birga Farg'ona vodiysida chek so'zi muayyan yer o’lchovi ham
bisoblangan. Su nomlar tarkibida esa check atamasi toponim yasovchi bolib,
feodaizm yer egaligidan darak berib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: