so'z. Lekin toponimlar atoqli otlardir. Atoqli otlar til taraqqiyotining qiyosan keyingi
bosqichlarida turdosh otlardan kelib chiqqan. Qadimiy tillarda atoqli otlar bo'lmagan
deyishadi. Avstraliya, Afrika va Amerikaning tub joy xalqlari – aborigenlar tillarida
atoqli otlar juda kam ekan. Bunday tillarda turdosh otlar, qandaydir so'z birikmalari
atoqli otlar vazifasini bajarar ekan. Ana shunday so'z birikmalari tobora turg'un shakl
oladi. Odamlar tevarak-atrofidagi o'zlariga tanish kichik hududdagi joylarni «Baliq
tutiladigan ko'l», «Sel keladigan soylik», «Qo'y qirilgan yayov», «Cho'chqali soy»
Turdosh otlar ana shu yo'l bilan toponimlashadi, ya'ni toponimlarga aylanadi.
Masalan, olma so'zi umuman olma bog'larmi ifodalaydigan umumiy tushuncha ekan,
turdosh otligicha qolaveradi. Bu tushuncha individuallashsa, konkret bir obyektni
ifodalay boshlasa va shunday qilib ayrim bir tushurietiani bildirsa, atoqli otga
ifodalamas ekan, salbiy relef shakllarini bildiradigan turdosh ot, apellyativ bo'lib
qolaveradi. Shunday qilib, toponimlar geografik tushunchalaming konkretlashishi
hamda individuallashishi jarayonida turdosh otlardan paydo bo'lgan va paydo
bog'lanishi jarayonida ro'y beradi. Shuning uchun bir so'zning o'zi yoki so'z birikmasi
ayni vaqtda turdosh ot bo'lishi ham (agar tushuncha konkret bir obyektni
ifodalamasa) yoki toponim ham bo'lishi mumkin (geografik obyektni bildirsa).
Geografik nomlar turdosh otlar leksikasidan ajralib chiqqan paytdan boshlab
o'zi ifodalagan geografik obyektning belgilaridan uzoqlasha boradi. Toponimlar
nutqda shu obyektning boshqalardan farqli nishonalarini ta'kidlashga emas, balki
konkret obyektni boshqalardan ajratib ko'rsatishga xiimat qiladi. Toponimga
aylangan so'z yangi ma'no kasb etadi, endi bu so'z konkret, yagona, yangi bir
tushunchaga aylanadi.
Geografik nomlar ko'pincha geografik obyektni ifodalaydigan tushunchadan
boshqa ma'no anglatraay qo'yadi. Masalan, Qoraqishloq deganda, kichikroq aholi
punkti tushuniladi. Qishloq ham qora rangda bo'larmikan degan savol hammada ham
paydo bo'lavermaydi. Bu qishloqning nomi qora degan urug' nomidan kelib
chiqqanini o'zbek urug' qabilalarini mayda tarmoqlarigacha biladigan etnografgina
aytib bera olishi mumkin.
Yoki Chorshanba qishlog'ining nega shunday atalganligi to'g'risida ko'pchilik
o'ylab o'tirmaydi, uning qayerda, qaysi viloyat, qaysi tumanda, qanday qishloq
ekanligi muhimroq. Shu yerda chorshanbani bozor bo'lgani haqida tushuncha elas-
elas esga kelishi mumkin.
Toponimga aylangan so'z yangi ma'no kashf etish bilan ko'pincha tipik toponim
shakl oladi, toponimlar uchun xos bo'lgan qo'shimchalar (suffikslar) paydo bo'ladi.
O'zbekiston toponimlari, xususan - iston (Sho'riston, 3og’iston),-iya (O'zbekiya,
Mingiya), -kor {Paxtakor, Lalmikor), -cha (Quduqcha, Buloqcha) kabi affikslar
xarakterlidir.
Hozirgi vaqtda geografik oomlarning toponimlashish darajasi turlicha. Ba'zi bir
toponimlarda so'zlarning toponimga aylanmasdan oldingi ma'no aniq bilinib turadi,
boshqa bir xil toponimlarda qisman saqlanib qolgan, uchinchi bir xil nomlarda bilinar
bilinmas seziladi, yana bir xillarida esa umuman yo'qolib ketgan. Shuning uchun ham
ma'nosi tushunarsiz bo'lgan toponimlarni bir oz o'zgartirib tushunarli qilish to'g'ri
emas, bunday nomlar qadimiy tillardan qolgan qimmatli lisoniy va tarixiy
yodnomalar bo'lishi mumkin.
Asli geografik nomlar xalq ijodi mahsulidir. Ko'pincha toponimlar
dabdurustdan paydo bo'lmaydi. Datlabki geografik obyektlar, masalan, qishloq
turlicha atalishi mumkin. Aytaylik, relefiga, suv manbaiga uni o'zlashtirishga hissa
qo'shgan kishilarning ismlariga, qarab ―falonchi qishloq‖, «falonchining qishlog'i»
deb yuritilishi mumkin. Bora-bora shu nomlardan biri yutib chiqadi. Masalan, u
nayman urug'ining qishlog'i nomini oladi. Bunda chinakam toponimga aylanish
jarayoni tugamaganidan toponim butun bir gapdan iborat va ishlatish uchun qo'pol
bo'ladi va tilning leksik vositalarni tejash qonuniyatiga ko'ra bu toponim nihoyat
Nayman shaklini oladi.
Geografik nom uzoq tarixiy vaqt davomida turdosh ot shaklidagi qiyofasini
butunlay o'zgartirib yuborishi ham mumkin. Masalan, otashparast – zardo'shtiylarni
musulmonlar mug'lar deyishadi. O'zbekistonda Mugo’n, Mug'xona kabi toponimlar
ana shu otashparastlardan qolgan. Miq, Miqtepa singari nomlar ham o'sha mug'
so'zining jonli tildagi in'ikosidir. Yoki xonaqoh Xomqm, Dizak (diz, sug'd tilida
«qo'rg'on») Jizzax, aqba (arabcha dovon) ovg'a shaklini olgan va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: