Toshkent esa dastlab Choch, keyinchalik Shosh, X asrdan e'tiboran Toshkent shaklida
qayd qilingan.
O'rta Osiyoga turkiy xalqlar kelmasdan oldin, hozirgi O'zbekiston hududidagi
vohalarda yashagan mahalliy xalqlar va qabilalar - xorazmiylar, sug'diylar Choch
(Toshkent) atroflari hamda Farg'ona vodiysi (qadimgi Parkan) aholisi saklar (shaklar)
o'zbeklarning eng qadimiy ota-bobolari hisoblangan va sharqiy eron tillarida
so'zlashganlar. Shunday qilib, O'zbekiston hududida eroncha nomlar substrat
toponimlar, ya'ni o'zbeklar tomonidan assimilyatsiya qilingan tub nomlar hisoblanadi.
Samarqand, Xorazm, Jizzax, Qo'qon, kabi ko'p sozlar qadimiy nomlar ana shunday
substrat toponimlardir.
Turkistonda arablarnhig uzoq davr davomida hukmronlik qilishi joy nomlarida
o'z aksini topgan. Bunda arab tilining adabiy til bo'lib xizmat qilishi katta rol
o'ynagan.
Arablar nomlari orasida avliyolar, payg'ambarlar va har xil diniy e'tiqodlar bilan
bog'liq bo'lgan nomlar alohida o'rin tutadi. Arablardan qolgan toponimlarning eng
ko'p sonlisi Rabotlardir. Arablar o'zlari bosib olgan joylarda harbiy punktlar -
ko'pdan-ko'p rabotlar (ribotlar) qurgan. Chunonchi Buxoro biqinidagi Boykand
(Paykand) yaqinida 1000 dan ortiq rabot bo'lgan. Bu rabotlarda turkiy xalqlarning
hujumlariga qarshilik ko'rsatadigan qo'shinlar turgan. Rabot nomli toponimlar
O'zbekiston hududida hozir ham kam emas. Masalan, Chor Rossiyasining harbiy
olimi N.F.Sitnyakovskiyning 1899 yilgi «Ro'yxat»ida Zarafshon vodiysining faqat
Buxoro qismida Balandrabot, Beshrabot, Yettimhot, Jarmbot, Deganrabot,
Kaltarabot, Kattambot, Oltirabot, Oqmbot, foshrabot, Chamgimbot, Chonrabot,
Chuqurrabot, Qo'shrabot, Rabot, Rabotio'zbek, Rabotimulla, Raboii Yusuf, Navmbot,
Yangirahot kabi 160 dan ortiq qishloq, bundan tashqari, shu qishloqlar nomi bilan
atalgan bir necha o'n ariq qayd qilingan. Shuningdek, bob (bobil), nahr, tal (tepa),
masjid (machit), madrasa kabi arab atamalari geografik nomlar tarkibida ko'p
uchraydi.
Shu bilan birga O'rta Osiyoda, jumladan, O'zbekistonda arablardan oldin paydo
bo'lgan nomlar ham bor. Masalan, Narshaxiyning «Buxoro tarixi» kitobida tilga
olingan bir qancha nomlar Buxoro atroflarida hozirgi kunlarda ham uchraydi.
Shopurkon, K
AR
mana, G
(
ijduvon, Ishtixon kabi qadimiy ariq hamda qishloqlar ana
shular jumlasidan.
Mo'g'ullarning
kirib
kelishi
O'rta
Osiyo
toponimiyasini
yanada
murakkablashtirib yubordi – Bultig'ur, Darxon, Norm, Norinko'l, Norinkapa, Shiherti
kabilar mo'g'ulcha nomlardir. Shunisi qiziqki, Norinko'l degan ariq N. F.
Sitnyakovskiyning «Ro
i
yxati»da ham uchraydi. Dovon, ko'tal, to'qay, shiber,
qapchig'ay kabi mo'g'ulcha atamalar O'rta Osiyo turkiy xalqlari tillari leksikasidan va
toponimiyasidan mustahkam o'rin olgan.
O'rta Osiyo, jumladan O'zbekistondagi ruscha nomlar turli yo'llar bilan paydo
boigan. Vannovskiy, Vladikino, Vrevskaya, Obmchevo, Ursatevskmya kabi temir yo'l
stantsiyalari chor hukumati hokimlarining qarorlari bilan qo'yilgan rasmiy nomlar
edi.
Rus dehqonlari ko'chirib keltirilgan joylarda anchagina ruscha nomlar paydo
bo'lgan. Mirzacho'lga rus dehqonlari dastlab 1886 yilda ko'chirib keltirilgan. O'sha
yili bu yerda to'rtta posyolka vujudga kelgan. Bular Zaporojskiy, Nadejdinskiy,
Romanovskiy va Sretenskiy posyolkalari edi. 1898 yilga kelganda Sirdaryoning har
ikkala sohilida 9 ta rus posyolkasi bunyod etildi. Bundan keyin paydo bo'lgan ruscha
geografik nomlar ham Rossiyadagi nomlardan farq qilmas edi, boshqacha aytganda,
ruslar o'zlari yashab kelgan yoki o'zlariga tanish bo'lgan joy nomlarini qo'ygan edilar.
O'zbekiston toponimlari tarkibida eng ko'p keladigan affikslar (topoformantlar):
-zor (Marg'zor, Olmazor), -kat, -kent (Navkat, Binkat, Parkent), -iston (Guliston,
Bog'iston), -loq (Toshloq, Sangloq, Qumloq), -obod {Dehqonobod, Dashnobod,
Xalqobod, Xaqqulobod), -li, -lik -liq, (Gazli, Totti, Soyiik, Ohaklik, Bo'stonliq,
Qoyliq), -on (Ohangoron, Childuxtamn, So'zangaron), -xona (Arabxona, Bo 'rixona,
Urganjixona), -goh, go (Namozgoh, Janggoh), -chi (Sho'rchi, O'qchi, Chiroqchi), -
cha (Shorchi, Ko'kcha, Shoxcha),-ark -ik (Hisorak, Jizzox, Bog’dodiq), -kor
{Paxtakor, Lalmikor) va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |