S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb


  Qorayev S. Toponomika. – T., 2006. – 320 b



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/67
Sana03.07.2021
Hajmi0,88 Mb.
#108083
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   67
Bog'liq
toponomika faniga kirish

9.  Qorayev S. Toponomika. – T., 2006. – 320 b. 

   10.  Qorayev  S.  Qoraqolpog'iston  ASSR  toponimlari  //  Mehnat  va  turmush.  – 

Toshkent, –№9. – B. 12-13. 

 

 



 


8-MAVZU: AMALIY TOPONOMIKA (2 soat). 

Reja: 

1.  Geografik nomlar. 

2.  Toponimlarning tarixiy imlosi. 

1. Geografik nomlar – toponimlar katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega o'laroq 

muhim ijtimoiy funksiya bajaradi. 

Toponimlarda  o'lka  tabiatining  ko'pgina  xususiyatlari,  aholining  xo'jalik 

faoliyati  va  etnografiyasi,  asrlar  davomida  mamlakatlarda  ro'y  bergan  tarixiy, 

ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o'zgarishlar hamda voqea-hodisalar aks etgan bo'ladi. 

Toponimlar  o'tmishning  ma'naviy  obidalari  sifatidagina  qimmatli  emas, 

geografik nomlar bugun ham jamiyatning turli ehtiyojlariga xizmat qiladi. 

Geografik  nomlarning  nominatsiya  –  atalish  qonuniyatlarini  o'rganish,  ularni 

tizimga  solish,  ularning  yozilish  qoidalarini  yaratish,  milliy  va  xalqaro  miqyosda 

standartlashtirish  masalalari  bilan  YUNESKO  va  boshqa  bir  qancha  xalqaro 

tashkilotlar sg'ullanmoqda. 

Geografik  nomlar  bir-birlaridan  talaffuz  hamda  yozilishiga  ko'ra  farq  qilgani, 

adreslik  vazifasini  bajargani  uchun  ularni  rasmiy  hujjatlarda,  xaritalarda,  darslik, 

qo'llanmalarda  va  boshqa  nashrlarda  to'g'ri  hamda  har  doim  bir  xil  yozlishi  kerak 

bo'ladi. 

Jahondagi  davlat  idora  organlari,  transport  va  aloqa  muassasalari,  fan,  maorif 

hamda  madaniyat  idoralari,  matbuot,  radio  va  televideniye  joy  nomlarining  xalqaro 

tillarda, xususan milliy tillarda to'g'ri ya qat'iy yozilishidan manfaatdor. 

Har  qanday  geografik  obyekt  nomi  yozilishining  rasmiy  va  umumiy  iste'mol 

uchun 

yagona 


shaklini 

aniqlash 

va 

qat'iylashtirish 



geografik 

nomlarni 

standartlashtirishning mohiyati va vazifasi sanaladi. 

Hozirda  dunyo  mamlakatlarining  ko'pchiligida  geografik  nomlarni  milliy 

standartlashtirish  keng  yo'lga  qo'yilgan.  Bu  mamlakatlarda  geografik  nomlarni 

o'rganadigan  maxsus  muassasalar  bo'lib,  ular  davlat  kartografiya  muassasalari  bilan 

hamkorlikda ishlaydi. 

Shu  narsa  ma'lumki,  geografik  nomlami  tashkil  etadigan  so'zlarni,  ya'ni 

toponimik  leksikani,  xususan,  geografik  atamalarni,  atoqli  otlarning,  ayniqsa 

toponimlarning  nomlanish  qonuniyatlarini  va  strukturalarini  chuqur  o'rganmasdan 

turib joy nomlarini to'g'ri yozishga erishib bo'lmaydi 

Sho'ro  yillarida  O'zbekistonning  mukammal  xaritasi  biron  marta  o'zbek  tilida 

chop  etilgan  emas  (o'quv  xaritalari  bundan  mustasno).  Eng  achinarlisi  shuki, 

respublikamizdagi millionlab geografik nomlarni o'z ichiga olgan topografik xaritalar 

o'zbek  tilini  bilmaydigan  mutaxassislar  tomonidan  tuzilgan.  Sunday  kartalarda 

mikrotoponimlar  (kichik  obyektlarning  nomlari)  gina  emas,  balki  makrotoponimlar 

(katta ob'eklarning nomlari) ham ba'zan tanib bo'lmaydigan darajada o'zgarib ketgan. 

Bordi-yu  tog'u  tosh,  cho'l-u  biyobonlarni  kezib,  nomlarning  mahalliy  talaffuz 

shakllarini aniqlab, to'g'ri yozish ehtiyoji tug'ilsa, ko'p sonli mutaxassis topograflar va 

toponimigtlar  bir  necha  o'n  yil  ter  to'kib  xizmat  qilishi  kerak  bo'lardi  (afsuski 

qog'ozga noto'g'ri tushib qolgan ana shu bebaho yodgorliklarrung ko'plari unutilgan). 

Geografik  obyektlarning  standartlashtirilgan  nomlarini,  ya'ni  qo'llash  uchun 

majburiy  bo'lgan  atoqli  otlarni  aniqlash  va  belgilash  har  bir  davlatning  ichki  ishi. 



Lekin  shu  narsa  ma'lumki,  joy  nomlarining  milliy  shakli  ularning  xalqaro 

standartlashtirilishi uchun negiz bo'lib xizmat qiladi. Buning ma'nosi shuki, mamlakat 

ichida rasmiy tan olingan nomlargina xalqaro iste'mol uchun tavsiya etilishi mumkin. 

2.  Toponimlar  shunday  so’zlarki,  ular  uzoq  davr  davomida  iste'molda 

bo'lganidan  grammatik  va  fonetik  jihatdan  o'zgarishlarga  uchragan.  Ana  shu 

o'zgarishlarning  xarakteri  haqida  tasavvur  hosil  qilish  toponimlarning,  aytaylik, 

bundan  bir  necha  asr  oldin  qanday  talaffuz  qilinganini  aniqlashda  juda  qo'l  keladi. 

Chunki  toponimlarning  ko'hna  yodgorliklardagi  shakli  ularning  dastlabki  holatini 

aniqlash  uchun  qo'shimcha  material  bo'lib  xizmat  qiladi.  Masalan,  O'zbekistonda 


Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish