O'ba, o'va – baland joyga, ba'zan tekislikka terib qo'yilgan tosh uyumi, tepalik
(G'arbiy Sibir, Qozog'iston). Rus adabiyotida obo (obon) – biron muqaddas joydagi
suyak, shox, tosh uyumi, shuningdek daraxt yoki tayoq boshiga osilgan latta-puttalar;
Oltoy, Qozog'istonda o'ba (oba) atamasidan hosil bo'lgan toponimlar kam emas;
masalan, Qozog'istonda Besota, Obali, O'balikol, Obalisoy, O'balisarijal degan joylar
bor. Mo'g'ulchada o'bo' (o'bo'n) – uyum, qo'rg'ontepa (tepaqo'rg'on, tuproqqo'rg'on)
demakdir. Bu atamaning turkiy tillarda «turarjoy», «qishloq», «o'tov», «urug'»
ma'nolari ham bor. Turkman tilida doimiy yaylovlari hamda chorva mollarini
sug'orish uchun quduqlari bo'lgan ko'chmanchi qabila-urug' o'ba deyilgan.
O'guz – daryo. Olimlar Amudaryoning qadimiy nomi (O'ks, O'ksus, O'xsus) shu
so'zdan kelib chiqqan deb biladilar. Buni Mahmud Qoshg'ariy ham isbotlaydi: «O'kuz
– Jayxun, Firot kabi daryolarga berilgan nom. Turk mamlakatlaridagi bir qancha
boshqa daryolar ham shu nom bilan yuritiladi («Devonu lug'otit turk», I torn,
Toshkent, 1960. – B.1.). Demak, O'kuz «katta daryo» demak.
Qal'a (arabcha) – Yevropa, Afrika va Osiyoning katta qismida «istehkom»,
«qasr», «qalin va baland devor hamda xandaqlar kabi mudofaa vositalari bilan
mustahkamlangan joy», «shahar», «qishloq» ma'nolarida toponimlar tarkibida
keladigan geografik atama. Xorazmda qal'a – bu atrofi qalin devor bilan o'ralgan joy:
Ichanqal'a - ichki shahar (forscha-tojikcha qal'ai damn), Dishanqal'a (forscha-
tojikcha shahri berun). Xorazmda Burgutqal'a, Qo'yqirilganqal'a, Jonbosqal’a kabi
shahar xarobalari uchraydi. Qozoqcha qal'a, qirg'izcha qalaa – «shahar».
O'zbekchada ham qal'a deganda rus shaharlari tushunilgan. Rossiya shaharlariga
borib,
savdo-sotiq
qiluvchi savdogarlar «qal'achi» deyilgan. Qalakovush
(qal'akovush) deganda rezinka kalish (rus shaharlaridan keltirilgan) tushunilgan.
Qarshi – shoh qasri, xon qo'rg'oni, saroy, xon qarorgohi. Mahmud
Qoshg'ariydan tortib Hofizi Abru, akademiklar V.V, Radlov, V.V. Bartoldgacha
turkiy qarshi so'ziga shunday izohlar berilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur esa
shunday izoh beradi: «Qarshi – mo'g'ulcha so'z, go'rxonani (sag'anani) mo'g'ul tili
birla qarshi derlar». T. Nafasov yozganidek, XV-XVI asrlarda xon avlodi, ulug'
ruhoniy va boshqa mo'tabar shaxslar qabri uchun qurilgan daxma, maqbara ham
qarshi deyilgan, chunki o'sha davr odatiga ko'ra bunday kishilar jasadi maqbara
ichiga qo'yilgan, maqbara esa saroy, ya'ni qarshi ichida bo'lgan. Hozirgi Qashqadaryo
viloyatining markazi Qarshi shahridan tashqari, shu so'z bilan atalgan boshqa
toponimlardan qadimgi Mo'g'ulistondagi mo'g'ullarning yozlik o'rdasi Qarshi shahrini
(Hi daryosi bo'yida), Turkmaniston Respublikasining Turkmanboshi shahri
yaqinidagi Qarshi toponimini, Rossiya Federatsiyasi Xakasiya avtonom oblastidagi
Karshi (Xarshi) aholi punkti nomlaritti aytish mumkin. Denov, Yuqori Chirchiq,
Jarqo'rg'on, Pastdarg'om tumanlaridagi Qarshi (Qarshiyora, Qarshilik) toponimlari
viloyat markazi nomi in'ikosidir.
Qarg'a – umumturkiy etnonim: oltoyliklar, boshqirdlar, qoraqalpoqlar,
qirg'izlar, xakaslar, o'zbeklar (qo'ng'irot va yuz qabilalari) tarkibida qayd qilingan
urug'. O'zbek qipchoqlar va saroylar ichida qarg'aoyoq yoki qarg'aoyoqli urug'i
uchraydi.
Qasr (arabcha) – qal'a, hashamatli saroy, ko'shk (asli lotincha kastra, kastrum
so'zidan). Mashhur shayx, naqshbandiylik tariqati asoschisi Bahovuddin Naqshband
Qasri Hinduvon qishlog'ida tug'ilgan. Bu qishloq keyinchalik buyuk shayx sharafiga
Qasri Orifoa – «Bilimdonlar qasri» deb atalgan. Qasr atamasidan tarkib topgan
toponimlar arab va Yaqin. Sharq mamlakatlarida, shuningdek Eron, Afg'onistonda
ko'p.
Qorabayir – etnonim. Zarafshon vodiysidagi mang'itlarning, o'zbek
qipchoqlarning bir urug'i qorabayir deb atalgan. Payariq, Koson, Qarshi tumanlarida
Qorabayir qishloqlari bor. Qovchin qabilasi tarkibida qorabovur urug'i qayd qilingan.
Qorovul – posbon, soqchi. Turkiy tillarda «qarab, qo'riqlab turmoq»
ma'nosidagi qara felidan olingan. Ba'zi bir turkshunoslar «vul» qo'shimchali so'zlar
mo'g'ul tilidan o'tgan deyishadi. Bu so'z rus tiliga ham kirgan. Har xil fonetik
variantlarda Rossiya hududida (ayniqsa Sibirda), Qozog'iston, Turkmaniston, Eron,
Afg'oniston, Kavkazda Qoravul, Qoravultepa singari nomlar ko'p uchraydi. Qadimda
yovning qayoqdan kelayotganini ko'rish uchun tosh-tuproq uyib ko'tarilgan
sun'iy tepaliklar Qorovultepa deb atalgan.
Qoracha – etnonim. O'zbeklarda qatag'on, qirq, laqay, saroy qabilalari tarkibida,
qozoqlarning jetiruv, qirg'izlaniing munduz, saruu qabilalari tarkibida qoracha
(qaracha) urug'i qayd qilingan. Ishtixon, Narpay, Xatirchi, Jalaquduq tumanlarida
Qoracha qishloqlari bor.
Hazora – Amir Temur davrida mingta jangchi yetkazib beradigan ma'muriy-
hududiy birlik yoki olingan hosil bilan ming jangchini boqish mumkin bo'lgan hudud.
Samarqand, Shahrisabz tumanlarida Hazora qishloqlari bor.
Hisor (arabcha) – tekislikdagi qo'rg'on, qal'a; devor bilan o'ralgan istehkom.
Turkiy tillarda hasar (ozarbayjoncha), har (qozoqcha), isar (qirg'izcha), shevalarda
esa zar kabi shaklltr olgan. Atamashunos T. Nafasov Zartepa ham asli Hisortepa
("qo'rg'on o'rnida paydo bo'lgan tepalik") demakdir, deydi. /
Do'stlaringiz bilan baham: