avtonom rayonigacha, janubda Eron va Afg'onistongacha toponimlar tarkibida tatror-
takror uchraydigan geografik atama.
Bo'ri – etnonim (totem – qabila-urug'ning muqaddas jonivori), Zarafshon
vodiysidagi qipchoqlaring bo'ri degan urug'i bo'lgan. Bo'ri so'zidan tarkib topgan
toponimlarning etnotoponim yoki zootoponim ekanini aniqlash oson emas.
Yaqf – joy nomlari tarkibida uchraydigan yoki mustaqil ravishda toponim hosil
qiladigan ijtimoiy atama. Vaqf so'zi arabcha bo'lib «vasiyat qilingan, inoyat qilingan,
bag'ishlangan» ma'nosini anglatadi. O'rta asrlarda va undan keyin ham katta-katta
yerlar, do'konlar, hunarmandchilik rastalari, tegirmonlar, hammomlar, objuvozlar va
boshqa mulklar masjid-madrasalarga, musofirxona-shifoxonlarga (xona-qohlarga)
vasiyat qilib berilgan, ya'ni vaqf qilingan, ulardan olingan daromadlar shu
muassasalarning ehtiyojlariga sarflangan. Respublikamiz toponimiyasini o'rganishda
vaqf hujjatlarining ahamiyati katta. Bunday hujjatlarda vaqf qilingan yerlarning
chegaralari aniq ko'rsatilgan va qo'shni qishloqlar va ariq-kanallar sanab o'tilgan.
Vodiy – «tog'lar orasidan oqadigan soylik», «obod voha» ma'nolaridagi
geografik atama. Bu atama asli arabcha (vad, vodiy) bolib, Shimoliy Afrikada «vaqt-
bavaqt suv bo'ladigan yoki suvsiz qaqrab yotgan o'zan», «uzunasiga cho'zilgan
soylik», ―mavsumiy oqqan suv‖, ba'zan «daryo» ma'nolarini anglatadi.
Gum – chuqurlik, jarlik. Gumbuloq (Dehqonobod tumani), Gumsoy (G'allaorol,
Zomin tumanlari) toponimlari tarkibidagi gum so'zi «chuqurlik», «tevarak-atrofga
nisbatan pastroq» ma'nosini bildlradi.
Gumbaz, Gunbaz, Gunbad (Eronda Gumbez, Gumbed) – qubbali bino, sag'ana,
ibodatxona, sardoba (toza suv saqlanadigan sardobakr ustiga gumbaz qurilgani uchun
gumbaz deb ham atalgan). Zarafshon vodiysida yashaydigan qoraqalpoqlarning bir
urug’i gumbaz deb ataigan. Gumbaz degan toponimlar O'rta Osiyoda, Eron va
Afg'onistonda ko'p uchraydi.
Darband – tog' yoli, dara, tangi, ozarbayjon va tojik tillarida yana «qal'a»,
«dovon» (dar – eshik, kirish, band – «to'g'an», ―bo'g'oy‖). Kavkazda (Derbent
Dog'istonda, Derbend Armanistonda va Ozarbayjonda), O'rta va Yaqin Sharq
mamlakatlarida (Derbent – Turkiya va Iroqda), O'rta Osiyoda (Darband –
Surxondaryo viloyati Boysun tumani) bir qancha toponimlar hosil qilgan.
Darxon – o'rta asrlarda majburiyatlardan, oliq-soliqlardan ozod kishiga berilgan
unvon. Geografik nomlar tarkibida ko'p uchraydi. Masalan, Samarqand viloyati
Ishtixon tumanida Boshdarxon, Jo'rabaydarxon, Ozoddarxon, Naymandarxon,
Po'latdarxon, Qirqdarxon, Dehqonobod, O'rta Chirchiq, Qibray, Quyi Chirchiq,
Navoiy, Andijon, Yakkabog', Koson tumanilarida Darxon degan qishloqlar bo'lgan.
Toshkentda Bo'zsuvning bir tarmog'i Darxonariq deyiladi. Mo'g'ulshunos T.D.
Nominxanov «Darxon» so'zini mo'g'ulcha («majburiyatlardan ozod temirchi») deb
izohlaydi. Toshkent shahri atroflarida darxan degan qozoq urug'i ham bo'lgan,
qirg'izlarda darqan urug'i qayd qilingan. Darxon degan ism ham bor. Tarixiy
manbalarda, chunonchi, Navoiy, Mirxond asarlarida tarxon shaklida qayd qilingan.
Firdavsiyning «Shohnoma»sida Turkiston podshosi lashkarboshisining ismi Tarxon
boigan. Tarxon unvoniga sazovor bolganlar xohlagan narsasini qila oladigan,
butunlay mustaqil, harbiy xizmatdan ozod kishilar bo'lgan. Tarxonlar jinoyat qilsa
ham, to'qqiz avlodigacha afv etilgan.
Darg'a, dorug'a – qo'mondon, boshliq (mo'g'ulcha). Dorg'a mansabi Chingizxon
davrida paydo bo'lgan va dastlab daruxachi (darugachin) deb atalgan. Dorg'a
mo'g'ullar, temuriylar va shayboniylar davrida (XIV-XVI asrlarda) viloyat, shahar
hokimi hisoblangan. Buxoro, Qo'qon xoniiklarida esa dorg'a oliq-soliq ishlari bilan
shug'ullangan. Qo'qon xonligida dorg'aboshi xonning boshqa mamlakatlarga moi olib
chiqadigan sarbonlariga (tuyakashlariga) boshchilik qilardi.
Dodxoh – Buxoro xonligida XIX asrgacha bo'lgan yuksak harbiy unvon,
ma'nosi «adolat talab qiluvchi» demakdir. Dodxoh Buxoro xonigida alamzada
kishilarning arzlarini mamlakat hokimiga yetkazib turgan, Qo'qon xonligida esa
qozilarning faoliayatini nazorat qilib turgan.
Yozi – dasht, tekislik, dala; qadimgi turkiy tilda ham shu ma'noni anglatadi.
Oltoy tilida azi, xakas tilida chazi shaklida talaffiiz qilinadi. «Yoyilmoq», «yastanib
yotmoq», ―cho'zilib yotmoq‖ ma'nosidagi ym (yoy) fe'lidan kelib chiqqan bo'lishi
kerak. O'zbekistonda Yozyovon, Ozarbayjonda Qorayoz tekisligi, Gilyozi, Oltoyda
Suryazi toponimlari shu so'zdan yasalgan.
Yoyilma – daryo-soylar, sel suvlari tog'-adirlardan tekislikka oqib chiqqan
joylarda oqiziq cho'kib hosil bo'lgan qabariq qiya tekislik, oqar suvlar yoyilib
oqadigan yer. Uchko'prik, Rishton, Farg'ona, Bekobod, Parkent, Jizzax tumanlarida
Yoyilma qishloqlari bor.
Yom – bekat, pochta stansiyasi. Klassik mo'g'ul yozma tilida, Shuningdek,
hozirgi mo'g'ul tili shevalarida yom so'zi jam, zam, yam shakllarida uchraydi va
«yo1» degan ma'noni anglatadi. Mo'g'ullar imperiyasi davrida esa ―pochta
stansiyasI‖, ―bekat‖ degan ma'noni bildirgan. Yom so'zi yoqut, rus, turk, mo'g'ul,
xitoy, anamit, Tibet kabi ko'plab xaiqlarning tillarida turli fonetik shakllarda
uchraydi, hamma xalqlarda deyarli bir ma'noda keladi.
Jaloyir (Jalair) – o'zbek, qozoq, qirg'iz va qoraqalpoqlar tarkibiga kirgan turk-
mo'g'ul qabilasi. O'zbek jaloyirlar Toshkent, Buxoro vohalarida, Nurota tog'lari
etaklarida, Jizzax, Kattaqo'rg'on, Navoiy, Qorako'l tumanlarida, Xorazmda yashagan
va ikkita katta – qaychili va bolg'ali hamda boshqa mayda urug'larga (qarg'ali,
boshqird, qoraabdal, qorako'li, qorachopon, chuvuldoq, jastaban) bo'lingan. Zomin,
Kattaqo'rg'on, Narpay, Xatirchi, Jarqo'rg'on, Sho'rchi, Zangiota, Qibray, Quva
tumanlarida Jaioyir, Rishton tumanida Jaloylrchek qishloqlari bor.
Jangal – sernam joylarda uchraydigan daraxt-buta aralash to'qay, o'rmon,
changalzor. Tojikistonda daryo bo'ylaridagi daraxtzor. Ozarbayjon, turkman tillarida
Do'stlaringiz bilan baham: |