S. M. Masharipov X. S. Tadjiyeva tibbiy kimyodan amaliy mashg’ulotlar uchun darslik



Download 8,51 Mb.
bet42/68
Sana26.03.2022
Hajmi8,51 Mb.
#511663
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68
Bog'liq
5.Тиббий киме дарслик

Etilendiamintetraatsetat (EDTA) — (HOOCCH2)2NCH2CH2N(CH2COOH)2
Eng ko‘p ishlatiladigan antidotdir. Bevosita EDTA ning qo‘llanilishi organizmdan ko‘plab Ca2+ ionlarining chiqib ketishiga olib keladi. Shu boisdan tibbiyotda uning Ca2+ li tuzi (kalsiy tetatsin) dan foydalaniladi. Ammo u Hg2+ bilan zaharlanganda samarasizdir.

Bu antidot EDTA singari ko‘pgina og‘ir metallarni o‘zi bilan bog‘lay oladi. Ayniqsa DTPA Pb2+ va Cd2+ bilan zaharlanganda ko‘p ishlatiladi.
Qator hollarda organizmda yig‘ilib qolgan og‘ir metallarni tashqi muhitga chiqarib yuborish uchun makrotsiklik ligandlar, ayniqsa kriptandlardan keng foydalaniladi. Bu tur antidotlarning afzalligi ularning faqat ma’lum tur metallarni (ularning ion-radiusi, funksional guruhlarga bo‘lgan moyilligiga qarab) sellektiv (tanlangan) holda bog‘lashidadir.
Masalan, tuzilishi quyidagicha bo‘lgan kriptand

biologik sistemalarda hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan Zn2+ va Ca2+ ionlari bilan mutloq bog‘lanmaydi. Ammo zaharli Cd2+ ionlari bilan juda barqaror bog‘lanib, ularni organizmdan olib chiqib ketadi.
Tibbiyotda zaharli metallarni organizmdan chiqarib yuborishda bir vaqtda bir necha antidotlardan foydalanish ham mumkin. Bunda ularning xossalari sinergistik effekt hisobiga kuchayib, bemorlarni davolash jarayoni ancha tezlashadi. Masalan, Hg2+ tuzlari bilan zaharlanishda unitiol va dimerkaptoqaxrabo kislotalarini qo‘llash bemorlarning umumiy holatining (ularni alohida-alohida qo‘llanishiga qaraganda) tez orada tuzalishiga, asteniya va vegetativ o‘zgarishlarning yo‘qolishiga olib keladi.
Antidotlarning sinergistik effektlari asosan quyidagilarga bog‘liq.
1.Toksik metal ionlari va antidotlarning ta’sirlashuvi natijasida aralash ligandli komplekslar hosil bo‘lib, metallning organizmdan chiqib ketishi tezlashadi, miqdori esa ortadi.
2.Antidotlar metall ionlari bilan bog‘lanib, ularni organizmdan chiqarib yuborish jarayonlarining ma’lum bosqichlaridagina kompleks hosil qiladi. Nati­jada bu jarayon tezlashadi.
Antidotlarni noto‘g‘ri tanlash yoki me’yoridan ortiq qo‘llash qator ko‘ngilsiz oqibatlarga olib keladi. Masalan, Hg2+ ionlari bilan zaharlanganda EDTA ni qo‘llash samarasizdir, chunki zaharli metall ioni saqlanib qolib, shu bilan bir qatorda EDTA organizmdagi biogen elementlar bilan kompleks hosil qilib ularni organizmdan chiqarib yuboradi. Oqibatda simobning zaharli ta’siri kuchayishi bilan birga biogen elementlar etishmovchiligi oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar shakllanadi. Biogen elementlarning tanqisligi natijasida hosil bo‘ladigan kasalliklar to‘g‘ri tanlangan, ammo me’yoridan ortiq miqdordagi antidotlardan foydalanish natijasida ham kelib chiqadi. Jumladan bemorlarga ortiqcha miqdordagi CaNa2EDTA (EDTA ning kalsiy natriyli tuzi) berilishi siydik tarkibida ajralib chiqayotgan temir miqdorining 13— 30 marotaba, axlat bilan ajralib chiqayotgan misning miqdorining esa 2 barobar ortishiga olib keladi. Buning natijasida mis va temir yetishmovchilik holatidagi ka­salliklar kelib chiqadi.



Download 8,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish