S a m a r q a n d d a V l a t u n I v e r s I t e t I r a h m o n q u L o r z I b e k o V


Ey, jahondori zafar kavkabai davri falak



Download 5,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/193
Sana01.07.2022
Hajmi5,54 Mb.
#724679
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   193
Bog'liq
orzibekov rahmonqul o\'zbek adabiyoti tarixi

Ey, jahondori zafar kavkabai davri falak,
Go‘sh qil qissai qishloqi xarobi Hapalak.


Turfa qishloqi g ‘azab kardaki, parrandalari,
Tovug‘i ignachiyu o'rdagu g ‘ozi ~ kapalak.
Bor-yo‘q uylarini banda bayon gar qilsam:
Bir katak, ikki кара, uch olachuq, to‘rt katalak.
Dema uy, balki, zaminkandur, agar kirsa kishi,
Har taraf betiga urgaylar aning ko‘rshapalak.
Xalqini ko‘rsang agar о ‘lasiyu qoqu xarob,
Ochlikdin egilib qomati misli kamalak.
Ajiriq tomirini o ‘g ‘irida mayda tuyub,
Qaynatib kunda ichar, otini derlar sumalak.
Gar tahorat qilsa qavmi suv topolmay nochor,
Betini qumga yuvib ко ‘ziga surtar guvalak.
Kecha go *уо eshitib shuhrati tillo pulini,
Hapalak qo'rqusidin uchdi misoli kapalak.
Ey falak, qadru adolat shiyamu mulki malak,
Marhamat chog'ida rahm ayla baholi Hapalak.
Himmating yo'lida bir turfa karomat qilg'il,
Hapalak boz qo'nub joyig'a bo‘lg‘ay hapalak.
Maxmur qo'ygan nom: «Maxmur Maxdum aloqador bo'lgan 
«Hapalak» qishlog'ining sifatida». Maxmuming yana ikkita xonga 
arznomadan iborat she’ri bor. Biri g'azal, biri masnaviy. Uning 
«Ta’rifi viloyati Qurama» muxammasi sayohatnoma tarzidagi asardir. 
Unda shoiming Qandil dovoni va Qirovchi cho'li orqali Quramaga 
qilgan sayohati taassurotlari aks ettirilgan. Qurama yo'llaridagi xarob 
joylar, cho'lu biyobonlar, xasis boy-badavlat kishilaming xudbinligi 
shoir tomonidan afsus bilan ifodalanadi. U o'n to'qqiz beshlikdan 
iborat. Maxmuming bu asari o'sha davrdagi zamondoshi Dilshod- 
Bamoning Farg'ona viloyati shaharlari haqidagi muxammasining, 
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib esa, shoir G'urbatning 
Namangan safari haqidagi sayohatnoma muxammasining, Muqimiy 
sayohatnomalarining paydo bo'lishiga ta’sir ko'rsatgan.
Maxmur hajviyotiga mansub asarlar ichida hazil-mutoyiba, 
chandish orqali o'ziga yoqmagan shaxsni tanqid qiluvchi yumoristik 
she’ri ham bor. U satira bilan yumorga xos xususiyatlami o'zida


mujassamlashtirgan asardir. U «Avsofi Karimqul Mextar» 
mavzusidagi masnaviysida mansabdor shaxs Karimqulning 
Maxmuiga ot va’da qilib, unga nihoyatda xarob bir otni hadya 
etganligi, bu otning kulgili qiyofasi tasvirlanadi.
Garchand yumoristik she’rlar Maxmurgacha ham og'zaki 
hajviyotda, ham yozma adabiyotda (Turdi she’rlari) yaratilgan boisa- 
da hazil-mutoyibaning o'tkirligi, hayotiyligi, kulgi qo‘zg‘atish kuchi 
jihatidan Maxmur she’rlari darajasida emas edi. Shu bois, bu 
turkumdagi she’rlar Muqimiyda yumoming muhim o'rin tutishiga 
omil bo‘ldi. Muqimiy bevosita Maxmuming shu mavzudagi she’ridan 
ta’sirlanib, muxammas shaklida «Ot», «Hajvi ot», g'azal shaklidagi 
«Bu otingiz», «Otim», «Dar sifati asbi Toji tilgirofchi» asarlarini yaratdi.
Demak, Mahmud ibn Akmal Maxmur XIX asming I yarmi 
o'zbek adabiyotida o'ziga xos mavqe egallagan ijodkor boiib, 
xususan, hajviyotda maktab yarata olgan desak boiadi. U hajviyotda 
mubolag'a, bo'rttirish, piching, kesatiq, laqab qo'yish, lcinoya, 
masxaralash, satirik tavsif, obrazning o'zini tilga kiritish, syujetli 
hajviy hikoyalar yaratish kabi an’anaviy usullami rivojlantirgan, 
ayrim yangiliklar bilan boyitgan, shular asosida hayotiy, zamonaviy 
asarlar yoza olgan.
M avzuni m ustahkam lash uchun sa vo lla r
1. Maxmur (matn va tadqiqot) asarlarini mutolaa qilish. Shoir 
asarlari qachon topildi?
2. Turkum hajviyalarda kimlar hajv etilgan. Ularning asosiy 
xususiyatlarini ayting?
3. Sayohat taassurotlari haqidagi muxammas.
4. Maxmur hajvlari va yumoriga xos an’analar kimlar ijodida 
ko'proq ko'rinadi?
Adabiyotlar
1. Maxmur she’rlaridan namunalar. O'zbek adabiyoti. Majmua,
3—
tom. —Т., 1959.
2. Poiatjon Domulla Qayyumov Tazkiran Qayyumiy 1 jild. —
Т., 1998
3. Qayumov A. Maxmur (tadqiqot, asarlari, lug'at). —
Т., 1956.
4. Qayumov A. Qo'qon adabiy muhiti. —
Т., 1961.


MUJRIM OBID
Mujrim Obid XVIII asming oxiri —
XIX asming I yarmi Buxoro 
amirligi hududidagi adabiyotning iste’dodli, zullisonayn 
namoyandalaridan biridir. U Mirza Sodiqiy Munshiy, Xislat kabi ikkitilli 
shoirlar qatorida adabiyotimiz rivojida o‘z o'miga ega. Uning Alisher 
Navoiy an’analari asosida tartib berilgan o'zbek tilidagi, tojik tilidagi 
she’rlami o'z ichiga olgan alohida devonlari qo'lyozmalari O'zFA 
Sharqshunoslik instituti fondlarida saqlanmoqda. Shundan 3798-raqamli 
o'zbek tilidagi devon ancha tola bo'lib, unga shoir debocha yozgan. Shu 
debochadagi qaydlariga ko'ra, devon «Qarilig'quwati a’zog'a sustlik paydo 
qilgan» yillari tuzilgan. Shu devondagi she’rlar, asosan, g'azallar saralanib 
1960 yili «Mujrim Obid. G'azallar» kitobi nashr etildi. 1975 yili Buxorolik 
olim M.Abdurahmonov o'z dissertaixiyasida Mujrim Obidning hayoti 
va ijodi haqida dastlabki kuzatishlarini keltiidi. «O'zbek adabiyoti tarixi» 
darsligining ikkinchi kitobida (1980), «O'zbek adabiyoti tarixi» besh 
jildligida (1978, III kitob) shoiming ixcham adabiy portreti berildi. 2001 
yili O'zFA Til va adabiyot instituti ilmiy xodimi G'.Eshmonov nomzodlik 
dissertaixiyasi yoqladi. Bu yangi tadqiqotda Mujrim Obidning har ikki 
tildagi she’rlari qamrab olingan, ular xiyla mukammal tahlil etilgan. 
Galdagi vazifa —
Mujrim Obidning hech bo'lmasa, o'zbek tilidagi devonini 
mukammal holida nashrdan chiqarishdir.
Shoiming hayoti va adabiy faoliyati Buxoroning mutasawuf 
amirlari Shohmurod, Haydar va Nasrullo hukmronligi yillariga to'g'ri 
keldi. Bu yillari Buxoro amirligida Qo'qon xonligi markazida hukmdor 
Umarxon —
Amiriy tashabbusi va homiyligida yuzaga kelgan adabiy 
markaz kabi madaniy markaz yo'q edi. U erda ko'proq diniy- 
tasawufiy asarlarni tashviq qilishga, shunday asarlar yaratishga 
e’tibor berilardi. Shoirlar parokanda holda turli kasb-hunar bilan 
birga badiiy ijod bilan ham mashg'ul boiardilar. Badiiy ijodga, uning 
namoyandalariga homiylik bu hududda xiyla so'ngan edi. Bu holatlami 
biz Mujrim Obid, uning kattaqo'rg'onlik zamondoshi Shavqiy 
taqdirlarida ham ochiq ko'ramiz. Agar Mujrim amir Haydar tazyiqi, 
qistovi bilan Obid (ibodat qiluvchi) ikkinchi taxallusini ham qabul 
qilishga majbur bo'lgan bo'lsa, Shavqiy madrasani bitirib, Buxoroda


o'z maqsadiga erisholmagach, boshi qotib Qamab yo'li orqali o‘z 
yurti Kattaqo'rg'onga qaytishga ehtiyoj sezganligini afsus ila ifodalagan 
edi. Ijtimoiy turmushdagi tanazzul, adabiy hayotning sust va 
parokandaligi, Buxoro hukmdorlarining ravshan fikrni bo‘g‘ishi, 
ijod ahliga nisbatan sovuq va ters munosabati tufayli Hozik, Koshif, 
Turobiy, Mushtoq kabi shoirlar najot umidida Qo'qonga qarab 
yo'l olgan bo'lsalar, Mujrim Obidga o'xshash ta’bi rasolar amirning 
buyrug'i bilan Mujrim (gunohkor) o'miga Obid (ibodat qiluvchi) 
taxallusini qo'llab ham moddiy ahvolida biron natijaga erishaolmadi. 
Mujrim Obid amir Haydarga bag'ishlab bir qasida yozganida xon 
unga yordam berish o'miga shoirlikdan voz kechib, qalandarlik qilishni 
maslahat berdi:

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish