Arzi holimni shammai bilgil,
Bandazodingga marhamat qilg'il...
U boshqa bir o‘zbekcha-tojikcha misralar aralash muxammasi
mulammasida ham o'zi va boshqa o'ziga o'xshash fazilatli, diyonatli
va bilimdon kishilaming og'ir qiyinchiliklar, ruhiy iztiroblar ichida
yashayotganliklarini, e’tibordan mutlaqo chetda ekanliklarini bir
dard va afsus bilan qalamga oladi, adolatsiz davmi la’natlaydi.
Muxamasning 5-bandi:
Qaysi bir zulmittg etay te ’dod ey garduni dun,
Kim sening bedodu javring haddi gbyatdan fuzun.
Behunar johilga herding beadad dunyoi dun,
Jam
’/
donolami qilding holini zoru zabun,
Zog‘ni a ’lo qilib bulbulni nolon aylading.
Adabiy merosi.
XX asming 50-yillarigacha Maxmuming «Majmuat
ush-shuaro»da keltirilgan beshtagina g'azali («Hapalak», «Tarog'»
radifli va boshqalar) hamda Qori Qunduziyning «Tavorixi manzuma»
asaridagi ba’zi ta’rix she’rlarigina ma’lum edi, xolos. Adabiyot tarixi
bilan shug'ullanuvchi olimlar Maxmuming shaxsiyati,
ijodi haqida
shu sanoqli she’rlar asosidagina fikr yuritardilar. 50-yilar boshlarida
qo'qonlik aruznavis shoir Charxiy hamda tazkirachi olim Po'latjon
Domulla Qayyumovning say’-harakati bilan Maxmuming hajviy
asarlami o'z ichiga olgan qo'lyozmasi topildi. Unda yetmishga yaqin
g'azal,
muxammas, masnaviy shakllarida yozilgan hajviy asarlar
mavjudligi ma’lum bo'ldi. O'sha yillari yosh olim bo'lgan, hozirda esa
akademiklik ilmiy darajasiga erishgan Azizxon Poiatjon Domulla o'g'li
Qayumov Maxmuming yangi topilgan asarlari ustida tadqiqot olib
bordi. 1956 yili uning tadqiqot va matnlardan iborat «Maxmur» nomli
kitobi nashr etildi. Bu kitobning I qismi Maxmur hayoti va ijodiga
oid ma’lumot
hamda fikrlardan, ikkinchi qismi esa, Maxmur
asarlaridan iborat. Maxmur otasi Akmal kabi zullisonayn shoir bo'lgan.
Uning hajviy asarlari ichida fors-tojik tilida yozilgan, ba’zan o'zbek-
tojik tillarida shiru-shakar, mulamma’ usullarida bitilgan she’rlari bor.
U Turdi kabi shoirlar an’analariga eigashib, hamma she’rlariga asar
mazmuniga ishora qiluvchi forscha nomlar qo'ygan.
Shu jihatlami
hisobga olib, Aziz Qayyumov o'z kitobida Maxmuming forsiy she’rlari
matnining tarjima ma’nolarini ham keltiiganki, natijada o'quvchi bu
she’rlaming mazmuni, mohiyati va badiiyatini tushunib olishda
unchalik qiynalmaydi. Kitobda olim «Majmuat ut-shuaro»da Fazliy
tomonidan Maxmur sha’niga aytilgan ba'zi noxolis fikrlaming asossiz
ekanligini ta’kidlab o'tadi. Maxmuming hajviy asarlami o'z ichiga
olgan yuqoridagi
majmuadan tashqari, turli qo'lyozma bayozlar,
manbalar orqali Hofiz, Soib kabi shoirlar g'azallariga yozilgan tazmin
muxammaslari ham topildi.
Jumladan, u shirinzabon lirik shoir
Hofizning juda mashhur bo'lib ketgan
Do'stlaringiz bilan baham: