7-sinf adabiyot darsida interfaol usullardan foydalanish. Zulfiya ijodi va faoliyati.
Darsning vaqt taqsimoti.
Sinf
|
Sana
|
Tashkiliy qism
|
O’tilgan mavzuni so’rash
|
Dam olish daqiqasi
|
Yangi mavzu
|
Mustax-kamlash
|
Darsni xulosalash
|
7
|
|
3 daqiqa
|
15
|
1
|
20
|
4
|
2
|
Ta'limiy maqsad: mavzu haqida tushuncha berish, Zulfiya ijodi haqida yaqindan tanishtirish, she'rlaridan yod oldirish.
Tarbiyaviy maqsad: Zulfiyaning she'rlari orqali Vatanga, tabiatga, mustaqillikka va ota-onaga bo’lgan muxabbatni shakllantirish.
Dars jixozi: Mavzuga oid ko’rgazmalar, bukletlar, albomlar, epidoskop va kompyuter.
Darsning uslubi: savol-javob, guruxlar bo’yicha musobaqa.
Darsning borishi: Sinf xonasi mavzuga oid ko’rgazmalar bilan bezatilgan.
O’quvchilar avvalgi darsda aytilgan noan'anaviy usul bo’yicha bitta kompyuter yonida ikki nafar bo’lib saf tortib turadilar.
O’qituvchi xonaga kirgach: Hurmatli o’quvchilar!
Assalomu alaykum.
O’quvchilar:
Va alaykum assalom, ustoz so’ng barcha o’quvchilar qo’llarini ko’ksiga qo’ygan xolda O’zbekiston Respublikasi Davlat madxiyasini baralla jo’r ovozda kuylashadi.
O’qituvchi: Bizning shior?
O’quvchilar:
Shiorimiz: Yoshlikda olingan ilm toshga yozilgan naqsh kabidir.
O’qituvchi: bolalar bugungi sabog’imiz avvalgilardan o’zgacha, ya'ni noan'anaviy usulda bo’ladi shunga rozimisizlar.
O’quvchilar: Juda yaxshi.
O’qituvchi: u xolda xar bir juftlik o’z guruxiga asar nomini qo’yib kompyuterga kirgizsin.
Xar bir gurux maslaxatlashib guruxlariga nom tanlab kompyuterga yozadilar.
1-gurux - Sab'ai Sayyor (Alisher Navoiy).
2-gurux - Hapalak (Maxmur)
3-gurux – Sog’indim (Uvaysiy)
4-gurux - Turkiston (X,X,Niyoziy)
5-gurux - Go’zal (Cho’lpon)
15-gurux - Daxshat (A,Qaxxor)
Ular o’z guruxlarini nomlagan asarlarini aytib berishadi,maxoratiga ko’ra baxolanadi.
Besh baxo uchun- qizil, to’rt baxo uchun- sariq, uch baxo uchun - yashil rangli kartochkalar beriladi.
O’qituvchi: Mana guruxlarga xam bo’linib oldik, endi "Xamma bir kishi uchun- bir kishi xamma uchun" qabilida xamjixatlikda ish olib boramaiz. hozirgi darsimmiz (O’qish) adabiyot darsi ekan. O’quvchilar badiy adabiyotning so’z san'ati deb tariflanishi sababi nimada?
Xar bir kompyuter oldida qizil rangli to’rt burchak kardon qo’yilgan. qaysi gurux birinchi bo’lib ushbu kardonni ko’tarsa o’sha gurux javob beradi va javobning qay darajada berilishiga qarab o’qituvchi tomonidan qizil, sariq yoki yashil rangli kartochkalar beriladi. Dars so’ngida kartochkalarga qarab g’olib gurux aniqlanadi.
"Turkiston" guruxi - Badiy adabiyot san'atining boshqa turlaridan asosiy ish quroli xam asosiy materiallari xam so’z ekanligi bilan farq qiladi. Boshqa san'at turlari xam inson xayotining tasvirga olingan bir xolatinigina ko’rsatishi imkoniyatiga ega. Adabiyot esa so’z bilan birvakayiga bir necha holatni aks ettirish imkoniga ega.
O’qituvchi: juda yaxshi. Adabiy turlar nechta va ularni bo’linish sabablari nimada?
"Go’zal" guruxi-badiy asarlar qanday maqsadda yaratilishiga va nimani ifodalashiga qarab lirik, epik va dramatik turlarga bo’linadi.
O’qituvchi: barakalla bolalar. Endi men sizlarni bilimingizni tekshirish uchun she'riy parchalar bermoqchiman, sizlar esa bu parchalar kimga tegishli ekanligini aytishingiz kerak bo’ladi.
Jamoling vasfini qildim chamanda
Qizordi gul uyottin anjumanda
Tamanno qilg’ali la'lingni ko’nglim
Kishi bilmas onikim, qoldi qanda
"Xapalak" guruxi - Ushbu parcha Lutfiy qalamiga mansub.
O’qituvchi: Yo’q biroz shoshildingiz.
"Sog’indim" guruxi- Parcha Atoiy qalamiga mansub.
O’qituvchi: Barakalla , mana qizil kartochka, qani, diqqat qilingchi:
Solib borma meni , ey Yusufi xusn
Bu kun Ya'kubtek bayt ul- xazonda
Ushbu she'riy parchada qaysi san'at turi qo’llanilgan?
"Daxshat" guruxi- Talmix san'ati qo’llanilgan. Talmix "nazar solmoq" degan ma'noni bildiradi.
O’qituvchi: juda yaxshi topqirlar. Qani quloq solingchi:
Yo’q, xali xammasi o’tganmas
Ko’p xali xayotda nasibam
Silligim bezarar , xech gapmas,
Borini ko’raman, Nasimam
Yo’q xali xammasi o’tganmas.
Ushbu parcha Usmon Nosirning qaysi she'ridan olingan ?
"Sabai Sayyor" guruxi - "Nasimaga deganim" she'ridan parcha.
So’ng o’qituvchi Zulfiya faoliyati va ijodidan so’zlab beradi.
- Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 martda Toshkentda Isroil dergez oilasida tug’ildi. 1922-1931 yillarda maktabda o’qidi. 1931- 1933 yillarda xotin qizlar bilim yurtida o’qidi. 1933- 1935 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogik institutida taxsil ko’radi. 1935-1938 y O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Til va adabiyot instituti aspiranturasida taxsil olgan. 1938-1948 yilda Bolalar nashriyotida muxarrir bo’lib ishladi. 1950-1953 yilda "O’zbekiston xotin qizlari" oynomasida bo’lim boshlig’i sifatida faoliyat yuritadi. 1953-1980 yillarda "Saodat" oynomasida bosh muxarrir bo’lib ishlaydi. 1932 yil "Xayot varaqalari" nomli ilk kitobi chop etilgan.
1938-1939 yillarda "She'rlar" va "qizlar qo’shig’i" she'rlar to’plami nashr etildi. 1943 yil "Uni Farxod der edilar", "Xijron kunlarida" (1944), rus tilida "Vernost" nomli to’plam, "Chorjo’y-Qo’ng’irot" (1947), "Dalada bir kun" (1948), "Zootexnik qiz" (1952), "Tong qo’shig’i" (1953) kitoblari nashr etilgan, "So’roqlaydi shoirni she'rim" (1960), "Oydin" (1953), "Quyoshli qalam " (1967) ocherk, poema va dostonlarini yozgan.
- O’quvchi :Ustoz, Zulfiya qanday mukofotlar olgan ?
- O’qituvchi: Juda yaxshi marxamat yozib olinglar, esingizdan chiqib qolmaydi.
Mukofotlar:
1. Xamza nomidagi Davlat mukofoti - "Uylar", "Shalola" sheriy majmualari uchun
2. Ittifoq Davlat mukofoti - "Saylanma" lari uchun
3. Javoxarlar Neru nomidagi umumxindiston sovrini - xind mavzusidagi she'rlari uchun;
4. Nilufar mukofoti - tinchlik va do’stlikni tarannum etuvchi asarlari va taraqqiyparvar Osiyo va Afrika yozuvlari xarakatidagi faol ishtiroki uchun;
5. Mexnat qaxramoni unvoni
6. Lenin ordeni
7. 3 marta Mexnat qizil Bayroq ordeni
8. Bolgariya xalq Respublikasining 1-darajali "qizil va mefodiy" ordeni
9. Xalqlar do’stligi ordeni - 1975 yil 60 yoshga to’lishi munosabati bilan.
Zulfiya nafaqat shoira, balki tarjimon, pedagog, jurnalist, davlat arbobi xam bo’lgan.
- O’quvchi: Ustoz, Zulfiya kimning asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan ?
- O’qituvchi yaxshi o’rinli savol. U tarjimon sifatida Nekrasov, Lermontov, Shepachyov, Inber, Lesya Ukrainka, Edi Ognesvet, Marvarid Dilboziy, Amrita Pritam asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. Uning she'rlari xam rus, ingliz, nemis, arab, fors, xind, bolgar va xitoy tillariga tarjima qilingan.
- O’quvchi: Zulfiya chet davlatlarida xam bo’lganmi ?
- O’qituvchi: Albatta u Xindiston, Yugoslaviya, Shri Lanka, Misr, Birma, Avstriya kabi davlatlarda bo’lgan. 1956 yil Osiyo va Afrika yozuvchilarining Dexlida o’tkazilgan 1-Konferensiyasida qatnashdi. 1962 yil Osiy va Afrika mamlakatlari bilan aloqa qiluvchi sovet komitetining raisi bo’lgan. O”zbekiston Oliy Sovetining deputati lavozimida ishlagan.
So’ng o’qituvchi yana xam bolalarni qiziqtirish, jalb etish uchun doskaning yonidagi oq tasvir tushirg’ichda epidoskopdan Zulfiya ijodi va faoliyati uchun ishlangan slaydlar tushiriladi. Unda shoiraning xayoti va ijodiga oid suratlar, sherlaridan namunalar bulishi lozim.
O’qituvchi: Endi xar birimiz sherlaridan navbati bilan o’qib taxlil qilamiz.
Bu jarayonda xar bir O’quvchining ifodali, ravon O’qishi aniqlanadi. She'rlar o’qib chiqilgach, yangi fikrlar bildiriladi, taxlil qilinadi.
O’tdi oylar xam bilan oqib
Dil topmadi zarra tasallo
Firoqingda qoldim tutoqib
Ne baloga etding mubtalo !
"Go’zal" guruxi - ushbu sherni Zulfiya turmush o’rtog’i Xamid Olimjonga bag’ishlab yozgan. Unda yorisiz
oylar xam bilan o’tayotganini, xech taqdirga ko’nika olmaganini yorqin tasvirlab bergan.
Jilib-jilmas to’lin-oy
Bulut xayolday yengil
Oy anxorda kulun toy
Gilosda shiqil-shiqil
Yaxlit oynaday bo’lib,
Xovuzga yoyilgan u
Egilsam tubdan to’lib
O’zim chiqdim ro’baro’
"Xapalak" guruxi Oydinda sherida shoira oqshomni juda go’zal tasvirlagan. Xovuzda oyning oynaday bo’lib turganini va suvga egilsa, o’zining aksini ko’rganligini sodda va chiroyli tasvirlagan.
Qalb bo’lganda yiroqda
Iroda ekan ojiz
Do’stlar xam ko’p atrofda
Ammo men yakka-yolqiz
Birdan qalbim keksarib,
Qon xam qochdi yuzimdan
Sen, sirdoshni axtarib
Xayol ketar izingdan
Shunday qilib xar bir guruxning maxoratiga qarab kartochkalar tarqatiladi.
O’qituvchi: Endi xamma o’z kompyuterini yoqsin, xar bir kampyuterda zulfiya ijodi va faoliyatiga oid testlar berilgan. Ushbu testlarni yechish uchun sizga ikki daqiqa beraman, qaysi gurux tayyor bo’lsa qizil kardonni ko’tarsin.
1. Zulfiya "O’ylar" va "Shalola" sheriy majmualari uchun qanday mukofot bilan taqdirlangan ?
A) Ittifoq Davlat mukofoti S) Nilufar mukofoti
V) Lenin ordeni D) Xamza nomidagi davlat mukofoti
2. 1956 yil osiy va Afrika yozuvchilarining 1-Konferensiyasi qaerda bo’lib o’tgan?
A) Yugoslaviya S) Birma
V) Dexli D) Avstriya
3. Ishqqa maskan yuragim
Topib ber deb qistaydi
Nima qilay beraxm
Ruxim seni istaydi Ushbu parcha qaysi sheridan olingan ?
A) Ne baloga etding mubtalo S) Oydinda
V) Sen qaydasan yuragim D) Sensiz
4. "Kirill va Mefodiy" qaysi xalqning 1-darajali ordeni?
A) Xindiston S) Bolgariya
V) Ukraina D) Avstriya
5. "Dalada bir kun" sheriy to’plami qachon chop etilgan ?
A) 1948 yil S) 1960 yil
V) 1952 yil D) 1944 yil
6. 1950-1953 yilda qaerda faoliyat olib boradi.
A) "Saodat" oynomasida S) "O’zbekiston xotin qizlar" oynomasida
V) "Bolalar" nashriyotida D) Til va adabiyot institutida
7.1975 yil 60 yoshga to’lishi bilan qanday orden bilan taqdirlangan ?
A) Mexnat qizil Bayroq S) Mexnat Kaxramoni
V) Xalqlar do’stligi D) Ittifoq Davlat mukofoti
8. Qachon O’zbekiston Oliy Sovetining deputati bo’lgan ?
A) 1975 yil S) 1947 yil
V) 1954 yil D) 1962 yil
9. Zulfiya uta kamtar, uta zaxmatkash, bilim ufqi keng, doimo dili tashqin, olamni timsollar obrazlar ko’zgusida tasavvur etishga qodir yetuk va asl shoira kimga tegishli
A) Cho’lpon S) Mirtemir
V) A.Qaxxor D) Usmon Nosir
10. Ilk sheriy kitobi qaysi va qachon chop etilgan ?
A) Sherlar (1938) S) "qizlar qo’shig’i" (1939)
V) Xayot varaqalari (1932) D) Xijron kunlarida (1944)
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
D V V S A S V D S S
O’tilgan mavzu O’qituvchi tomonidan mustaxkamlanadi.
Test yakuni bo’yicha barcha gurux kartochka oladi
Demak O’quvchilar Zulfiya tinchlik va do’stlikni kuylovchi, Osiy va Afrika yozuvchilari xarakatining faol ishtirokchisi, o’z asarlari bilan mexnatkash xalqning xayotini yoritib beruvchi, o’zbek ayolining eng yuksak namunasi.
Va vafo xamda muxabbatni tarannum etuvchi yetuk shoiradir. Uning mana shunday komilligi uchun O’zbekiston Respublikasi 2001 yil 10 iyunda yosh qizlar uchun "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti ta'sis etdi. O’zbek qizlari xar tomonlama Zulfiya timsolida gavdalanishi yurtimizning faxri, istiqbolidan dalolatdir, shuningdek o’zbek ayolining oilada, jamiyatda tutgan o’rni sizdan kelajakda Zulfiyaxonim qizlari chiqishidan, qaysi kasbni egallamang, o’z tanlagan kasbingizning yetuk, fidoyi egasi bo’lib, mustaqil yurtimizda jon dilingiz bilan xizmat qilib, Vatanimizni bundan-da gullab yashnashi rivojlanishiga o’z xissangizni qo’shishingizga ishonaman.
O’qituvchi dars davomida yiqilgan kartochkalardan qolib guruxni aniqlaydi va rag’batlantiradi.
Uyga topshiriq beralid: Zulfiya ijodi va faoliyatini yaxshilab o’rganib chiqish va sherlaridan namunalar yodlash
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Islom Karimov. Barkamol avlod orzusi.
2.Zulfiya. Tong va shom aro.
3.Mullaxonov. O’zbek adiblari.
4.Adabiyot. 7-sinf.
5.Zulfiya. Tongning o’ziday pok.
Do'stlaringiz bilan baham: |