O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti “gumanitar fanlar” kafedrasi



Download 51,59 Kb.
bet1/9
Sana10.06.2022
Hajmi51,59 Kb.
#650361
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
24-MAVZU TOVAR VA UNING IKKIYOQLAMA XUSUSIYATI. TOVAR QIYMATI MIQDORI.


O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI

GUMANITAR FANLAR” KAFEDRASI



IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN

KURS ISHI
MAVZU: TOVAR VA UNING IKKIYOQLAMA XUSUSIYATI. TOVAR QIYMATI MIQDORI.

Bajardi: ________________________________.
Qabul qildi: ___________________________.

ANDIJON 2022
MAVZU: TOVAR VA UNING IKKIYOQLAMA XUSUSIYATI. TOVAR QIYMATI MIQDORI.

REJA:
KIRISH.
ASOSIY QISM.
1. Tovarning nafliligi va qiymatining tovar ayriboshlashuvining ob’ektiv asosi.
2. Tovar xususiyatlari va baxo. Tovar va baxo toʻgʻrisidagi xozirgi zamon ta’limotlari.
3. Tovar qiymatining miqdori va unga ta’sir etuvchi omillar.
4. Ijtimoiy zaruriy mexnat va baxo.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

KIRISH.
Tovar-pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Tovarga ta`rif berishda ham iqtisodchilar tomonidan turlicha yondoshuvlar mavjud. Jumladan, E.F.Borisov ta`rifiga ko’ra «Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida ayirboshlashga mo’ljallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflikdir».  Bundan ko’rinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli sifatida qaraydi. Bir qator olimlarning fikrlari asosida ta`kidlash mumkinki, tovar - bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo’lgan ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsuli. Yoki, boshqacha aytganda, tovar biron-bir naflilikka (iste`mol qiymatga) va almashuv qiymatiga ega bo’lgan, bozor uchun ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatlardir. Demak, tovarning ikki xususiyati bor: birinchidan, u kishilarning qandaydir ehtiyojini qondiradi: ikkinchidan, u o’zida ijtimoiy mehnat sarflarini mujassamlashtiradi. Tovar boshqa buyumga ayirboshlana oladigan buyum bo’lib, u iste`mol qiymatga va almashuv qiymatlariga ega. Buyumning iste`mol qiymati shundan iboratki, u kishilar uchun foydali, naflidir. U shaxsiy iste`mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron–bir ehtiyojini qondiradi.
Shuningdek, iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik degan tushuncha ishlatiladi va bozor mana shu ijtimoiy zaruriy naflilikni tan oladi.
Ijtimoiy zaruriy naflilik deb talab miqdoriga mos keladigan miqdordagi naflilikka aytiladi. Tovarning ikki xil xususiyatga ega bo’lishiga sabab tovar ishlab chiqaruvchi mehnati tabiatining ikki tomonlamaligidadir. Bir tomondan, bu – muayyan turdagi aniq mehnatdir.
Xo’sh, uning o’ziga xos xususiyati nimada? Bu xususiyat shundaki, tovar ishlab chiqarish sharoitida mehnatning ijtimoiy tavsifi yashiringan bo’ladi. Mehnat faqat ayirboshlash sohasida, ya`ni o’zi amalga oshib bo’lganidan keyin ijtimoiy xususiyatni namoyon etadi. Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondoshuvlar mavjud. Masalan, marjinalizm maktabi asoschilari ham, ularning keyingi davomchilari ham tovarlar nafliligini aniqlashda alohida olingan individning hayolidagi psixologik yondoshuv bilan aniqlash usulini qo’llaydilar. Har bir tovar ma`lum bir naflilikka ega, lekin bu naflilik uni yaratuvchining o’z ehtiyojlarini emas, balki ayirboshlash orqali boshqa kishilar talabini qondiradi, ya`ni tovarning ijtimoiy nafliligi hisoblanadi. Bozor har qanday naflilikni emas, ijtimoiy naflilikni hisobga oladi. Agar bu fikrni yanada rivojlantirsak, bozor ijtimoiy zaruriy naflilikni, ya`ni jamiyat uchun (xaridorlar uchun) zarur miqdordagi naflilikni hamda shu ijtimoiy zaruriy miqdordagi naflilikni ishlab chiqarish uchun sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnatni hisobga oladi. Ijtimoiy naflilik tovarlarning boshqa tovarlarga ayirboshlanish qobiliyatiga ega bo’lganligi uchungina o’zining yaratuvchisini qiziqtiradi. Tovarning ayirboshlanuvchanlik xususiyati almashuv qiymati nomini oladi. Tovarlarni sotishda ularning narx ko’rsatkichi almashuv qiymatini yaqqol ko’rsatadi. Inson mehnati bilan yaratilmagan ko’plab ne`matlar masalan, buloq suvlari, yovvoyi daraxt mevalari ma`lum naflilikka ega bo’ladi. Lekin ular har doim ham tovar bo’lavermaydi. Masalan, bu ne`matlar o’sha joyning o’zidan olinib, iste`molchi tomonidan iste`mol qilinsa tovar hisoblanmaydi. Ne`matlar tovar bo’lishi uchun, ular ayirboshlashga mo’ljallangan, ma`lum mehnat sarflangan, bozorga sotishga chiqarilgan bo’lishi zarur. Shunga ko’ra, tovar mahsulotdan farqlanadi. Tovar, eng avvalo, o’z iste`moli uchun emas, balki boshqalarning iste`moli uchun bozorga sotish maqsadida tayyorlanadigan mahsulotdir. Tovarning natural–buyum va ijtimoiy–iqtisodiy tomonlari, xususiyatlari ana shundan kelib chiqadi. Almashuv qiymati nimaga asoslanadi: Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari1 hisoblaydiki, tovarlar qiymatining umumiy asosi – bu mehnat, shu sababli ular ma`lum miqdorlarda bir-biriga tenglashtiriladi. Ularning fikricha tovarlarning tabiiy xususiyatlaridan birortasi – og`irligi, hajmi, shakli va shu kabilar umumiy asos bo’la olmaydi, faqat mehnat sarflari shunday asos hisoblanadi. Almashishning zarur sharti ayirbosh-lanadigan tovarlarning turlicha nafliligi hisoblanadi, lekin har xil tovarlarning nafliligi sifat jihatidan turlicha bo’lib, ular miqdoriy o’lchamga ega emas. Miqdor jihatdan baravarlashtirish esa, hamma sifat jihatidan umumiy, yagona biron-bir narsa bo’lishini taqozo etadi, bunday umumiy narsa ularni yaratish uchun sarflangan mehnatdir. Bu o’rinda so’z mehnatning muayyan, aniq turlari to’g`risida bormaydi. Bu turlar bir-biridan sifat jihatdan farq qiladi, bu esa aniq iste`mol qiymatlarining xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Tovarlar o’lchovdosh bo’lishining boisi shuki, bularning hammasi umuman inson mehnati mahsulidir, ya`ni inson kuchi, miyasi, mushagi, asablari va hokazolari sarfning mahsulidir. Demak, umuman inson mehnati mahsuli sifatida tovarlar bir xil va o’lchovdoshdir. Tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mehnat uning qiymatini tashqil qiladi. Bu qiymat tovar ayirboshlaganda ko’rinadi, shuning uchun almashuv qiymati (ya`ni iste`mol qiymatlarini ayirboshlash nisbati) qiymat shakli bo’lib, uning ichki mazmunini tashkil etadi. Tovarning o’zi esa ikki tomon - naflilik va qiymatning uzviy birligidan iboratdir.


Download 51,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish