S a m a r q a n d d a V l a t u n I v e r s I t e t I r a h m o n q u L o r z I b e k o V



Download 5,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/193
Sana01.07.2022
Hajmi5,54 Mb.
#724679
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   193
Bog'liq
orzibekov rahmonqul o\'zbek adabiyoti tarixi

Qoshingg'a teguzmag‘ qalamni,
Bu xat bila buzjnag'il raqamni
matla’li go'zal she’riga ajoyib muxammaslar bog'ladi. U o'zining 
amir
so'ziga ma’nodosh Miriy taxallusi bilan ijod qilayotganligidan 
faxrlandi. Olis Xiva xonligidagi Feruz davri adabiyotining ulkan 
namoyandasi Ogahiy devonidagi tazmin muxammaslar ichida biz 
faig'onalik shoirlardan Amiriy g'azallariga bogianganlarining guvohi 
bo'Iamiz. Shular ichida Amiriyning mahorat bilan yozilib, hanuz 
hofizlar kuyida jaranglab turgan


«Lab uyur takallumg'a zulfni parishon qil,
Qand qimmatini sindur, narxi anbar arzon qil
matla’li g'azali ham bor.
0‘zbek adabiyotining peshqadam namoyandalari —
Muqimiy, 
Furqat, Muhyi, Nihoniy ijodini, xususan, lirik she’rlarini Amiriy 
she’rlari ta’sirisiz tasavvur etish qiyin. Muqimiyning beshta tazmin 
muxammasi Amiriy g'azallari asosida ijod qilinganligi bunga dalildir. 
Bu hoi Amiriyning adabiyotga homiyligini, ustoz shoir sifatidagi 
mavqeini yanada chuqur o'rganishni taqoza etadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Amiriy hayoti va ijodiga oid yangi ma’lumotlar, talqinlaiga 
munosabatingizni bildiring.
2. Amiriy bilan Nodira shaxsiy va ijodiy munosabatlarini qanday 
talqin etasiz?
3. Amiriy she’riyatiga xos ibratli jihatlarni aniqlab bering.
4. Amiriyning homiy shaxs ekanligini isbotlovchi dalillar keltiring?
Mustaqil mashgulot uchun topshiriqlar
1. 
Amiriy g‘azallaridan ikkitasini, tuyuqlaridan uchtasini yozma 
ravishda g‘oyaviy-badiiy tahlil qiling.
Adabiyotlar
1. Amiriy. Devon. —
T.,: 1972.
2. Amiriy. 0‘zbek adabiyoti tarixi. Majmua-xrestomatiya, 4-jild. 
-T „ 1960.
3. O'zbek adabiyoti tarixi. 5 jildlik, 4-jild. -Т., 1978.
4. Qayumov A. Qo'qon adabiy muhiti. —Т., 1961.
5. Valixo'jayev B. O'zbek adabiyotshunosligi tarixi. —Т., 1993.
6. Po'latjon Domulla Qayyumov. Tazkirai Qayyumiy, 2—
jild. 
-T „ 1998.
7. Hasanxo'ja Muhammadxo‘ja o‘gii. Ishq ahlining amiri. 
«Muloqot» jumali, 1999. 2—
son.


MAXMUR
Ismi Mahmud, adabiy taxallusi Maxmur (xumorlangan, biror 
narsaga havas qo'ygan) bo'lgan bu shoir XVIII asming II yarmida 
Qo'qonda Norbo'taxon madrasasining mudarrisi Shermuhammad 
AJonal xonadonida tavallud topgan. Uning tug'ilgan va vafot etgan 
yillari aniq emas. Qori Qunduziy «Tavorixi manzuma» (She’riy 
ta'rixlar) asarida Maxmuming 1844 yili Qo'qon hukmdorlaridan 
Sheralixon vafotiga bag'ishlab yozilgan she’riy ta'rixini keltiradiki, 
bundan Maxmuming shu yillari hayot bo'lgani anglashiladi.
Maxmuming otasi Shermuhammad a’lam o'z davrining e’tiborli 
ziyolisi va mudarrisi bo'lishdan tashqari, iste’dodli shoiri ham bo'lgan. 
U ikki tilda ravon she’rlar yozib, devon tartib bergan.
Shermuhammad Akmalning devoni, badiiy ijodi haqida 
Rahmatullo Vozehning 1871 yili Buxoroda kitobat qilingan «Tuhfat 
ul-ahbob...», Po'latjon Domulla Qayyumiyning «Tazkirai 
Qayyumiy», akademik A.Qayumovning «Qo'qon adabiy muhiti» 
asarlarida ayrim ma’lumot va ta’riflar keltiriladi.
Mahmud Maxmur yoshligida otasi mudarrislik qilib turgan 
madrasada tahsil oladi, fozil va shoir kishi sifatida shakllanadi. Awal 
Mahmud Maxdum, so'ngroq taxallusiga ko'ra, Maxmur Mahdum 
nomlari bilan taniladi. Mahmud Maxdumning madrasa tahsilidan 
so'ng bir qancha vaqt, xuddi Gubcaniy kabi, Umarxon lashkarlari 
safida xizmat qilganligi ham aytiladi. Biroq, Maxmuming Umarxonga 
yozgan bir qancha murojaat-arznoma she’rlaridan ma’lum 
bo'lishicha, u va oilasi muhtojlikda, faqirlikda kun kechirgan, hayotda 
ro'shnolik ko'rmagan. Masalan, shoir Umarxonga arznomadan iborat 
«Arz kardani Maxmur ba janobi Umar Sulton» nomli masnaviy 
she’rida uch farzandli bo'lib, oilada eyishga non, kiyinishga kiyim 
yo'qligidan zorlanib, hukmdordan iltifot, yordam kutadi:

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish