Rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 1,04 Mb.
bet22/25
Sana07.07.2022
Hajmi1,04 Mb.
#754908
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
buvayda




Xulosa.
Amalga oshirilgan tadqiqot natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Mamlakatda bank tizimini rivojlantirish, unda moliyaviy
barqarorlikni mustahkamlash, kapitallashuv va likvidlikni oshirish
borasida olib borilgan islohotlar samarasida bir qator ijobiy
natijalarga erishildi. Jahon moliya bozorida davom etib kelayotgan
inqirozli jarayon bank faoliyati barqarorligini kuchaytirish bilan bog‘liq
bo‘lib, bunda mamlakat miqyosida olib borilgan oxirgi yillardagi keskin
islohotlar va bank amaliyotidagi liberallashtrish siyosati tahlikali vaziyat
va xalqaro bank moliya munosabatlarida banklarning kapitallashuv va
likvidlilik darajasini oshirish, kreditlash mexanizmini
takomillashtirish, turli toifadagi risk darajasini pasaytirish tijorat
banklar barqarorligini ta’minlashni taqozo etadi.
2. Mamlakatimiz bank xizmatlari bozorida faoliyat yuritayotgan tijorat
banklarda innovasion boshqaruv texnologiyalarini qo‘llash, menejmentni
rivojlantirish asosida tijorat bankining boshqaruv tizimini
taqomillashtirish uchun menejmentning yangi samarali konsepsiyalari
jumlasiga kiruvchi «seven yes», «biznes g‘ildiragi» singari tamoyillarni
boshqaruvga kiritish, har bir banklarning missiyasi, kelajagi, maqsadi,
vazifalari, strategiyasi va taktikasini aniq belgilash zarur.
3. Tijorat banklari barqarorligini samarali boshqarish mexanizmini
quyidagi yo‘nalishlarda takomillashtirish lozim:
tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish
tizimini xalqaro andoza va me’yorlar, jumladan, bank nazorati bo‘yicha
Bazel qo‘mitasining yangi tavsiyalari (Bazel III) asosida takomillashtirish;
banklarning kapitallashuv darajasi va likvidligini yanada oshirish,
depozit bazasini kengaytirish va diversifikasiyalash, aktivlar, jumladan,
kredit portfeli sifatini yanada yaxshilash orqali bank tizimining
moliyaviy barqarorligini mustahkamlash;
tijorat banklarining balans doirasidagi operasiyalari bilan bir
qatorda balansdan tashqari operasiyalarni amalga oshirish, biznes
faoliyatini diversifikasiyalash;
banklarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi rolini yanada
kuchaytirish, ularning investisiya jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirib
borish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini moliyaviy qo‘llab-
quvvatlash bo‘yicha operasiyalarni yanada faollashtirish va biznes riskini
turli zamonaviy sug‘urta usullari asosida pasaytirish;
jahon banklari tajribasi asosida ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari
turlarini differensiyasiyalash hamda diversifikasiyalash va xizmatlar
sifatini yanada yaxshilash, xususan, bank infratuzilmasini rivojlantirish,
ayniqsa, qishloq joylarda axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng
qo‘llagan holda masofadan bank xizmatlarini ko‘rsatish ko‘lamlarini yanada
kengaytirish. Jumladan, bank xizmatida innovasion texnologik vositalar:
Cash Back, Personel manager, Coobrending singari dasturlardan keng
foydalanish;rivojlangan mamlakatlar tajribasi, jumladan, banklarning
biznes portfelini optimallashtirish, ichki reytingini tuzish, bank
operasiyalari samaradorligini baholashda iqtisodiy matematik usullardan
keng foydalanish, axborot kommunikasiyalarini joriy etish, kompyuter
dasturlaridan foydalanish;
mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan yetakchi xalqaro reyting
agentliklari yuqori reyting baholarining olinishi uchun moliya-bank
tizimi faoliyatining qonunchilik bazasini xalqaro andoza va tamoyillar
asosida yanada takomillashtirish tavsiya etiladi.
4. Istiqbolda kontrakt banklar vujudga kelishi uchun qonuniy baza va
normativlarni jahon andozasi darajasida takomillashtirish kerak.
Tijorat banklarining kreditlash faoliyatini nazorat qilish va tartibga
solishni kuchaytirish borasida:
banklarning aholi bilan muloqotini kengaytirish, kreditga talabni
o‘rganish uchun marketing tadqiqotlarini mahalla va tumanlar kesimida
muloqat tarzida olib borish, korxona va tashkilotlar bilan aloqadorligini
kuchaytirish kerak;
kredit tashkilotlarida likvidlik bilan bog‘liq tavakkalchillikni
boshqarish tizimi holatini baholash va boshqarishdagi yondashuvlarni,
kredit operasiyalari va shartnomalarni amalga oshirish chog‘ida kredit tashkilotlari tomonidan qo‘llaniladigan alfa, betta risklarini baholash
orqali tavakkalchilik boshqaruvini takomillashtirish;
5. Zamonaviy tijorat banklarida jahon tajribasini o‘rgangan holda
moliyaviy vositachilik funksiyasini kuchaytirish bilan birga bank
balansidan tashqari faoliyatlarini ham kengaytirish maqsadga muvofiq.
Shuningdek kelgusida kontrakt bank nomi bilan bank biznesini
O‘zbekistonda rivojlantirish muhim samara bergan bo‘lardi.
6. Bank tadbirkorligi zamonaviy mikroiqtisodiy talqinida ishlab
chiqarishni bozor mexanizmi bilan uzviy ravishda tahlil qilib, bozor
tuzilishi, bozor mexanizmi va korxonaning natijalari bilan uzviy
ravishda hamda dinamik ko‘rinishda boshqarilishi lozim. Bu jarayonda
ishlab chiqarish funksiyalari tushunchalari, marjinal xarajat va marjinal
daromad kategoriyalaridan keng foydalanilsa, bank menejmenti yangi
pog‘onaga ko‘tariladi.



Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish