II-bob bo‘yicha xulosa.
Ushbu bobda Buvayda tumanida aholi tadbirkorligini rivojlantirishda davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish hozirgi holati, kamchiliklar, va undagi muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha ayrim muloxazalar to‘g‘risida bayon qilingan shumladan:
Davlat moliyaviy resurslari hisobidan berilgan kreditlar tadbirkorlik sub’yektlari salmog‘ining ortib borishi mehnat resurslarining ish bilan ta’minlanishiga sharoit yaratib beradi. Ish bilan ta’minlanish oqibatida aholi turmush darajasi yaxshilanishi nazarda tutilgan.
Davlat moliyaviy resurslari hisobidan banklar orqali berilgan kreditlarda Buvayda tumaniga ham alohida salmoqli moliyaviy mablag‘lar belgilangan va ish o‘rinlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Buvayda tumanida 13,22 mln so‘m hisobiga 1ta ish o‘rni yoki moliyalashtiriluvchilar soniga nisbatdan olinganda har bir tadbirkorlik sub’yekti 2 ta ish o‘rni tashkil qilgan. Kutilayotgan yillik daromad yaratilgan ish o‘rinlari soni bo‘yicha har bir kishi uchun yillik 3,3 mln so‘mni tashkil qiladi bu esa “is’temol savatchasi”dagi mahsulotlarni sotib olishga yetarli emas. ya’ni ijtimoiy himoyaga muxtojlikni bartaraf eta olmasligi bildirmoqda.
Buvayda tumanida ham moliyaviy resurslardan samarali foydalanish uchun 432 mln so‘mlik moliyaviy resurslar jalb qilindi. Bu tadbir doirasida tumanda aholi tadbirkorligini rivojlantirish hunarmandchilikni yo‘lga qo‘yish maqsadida manzilli dasturlarga e’tibor qaratilgan. Bu sohani rivojlantirishda aholi tadbirkorlari yetarli salohiyatga egaligi inobatga olingan.
Tumanda sabzavotlar va poliz mahsulotlarini yetishtirishda kiritilgan mablag‘lar umuman o‘zini oqlamagan shu jumladan go‘sht yo‘nalishidagi qora mollar soni ham 98,1 foizga pasayib borgan. Aholining soni o‘sib borayotgan sharoitda bu ko‘rsatkichni o‘ta salbiy deb baholash mumkin, sut yo‘nalishidagi holatni ham ijobiy deb bo‘lmaydi. Shu o‘rinda takidlab o‘tish kerakki go‘sht va sut yo‘nalishda qora mollarni soni ko‘paytirish ichki bozor imkoniyatlariga tayanib ish ko‘rish orqali ko‘zlangan maqsadga erisha olmaymiz. Xorijdan mahsuldor hayvonlarni keltirish xamda qobiliyatli aholi tadbirkorlariga kredit hisobiga biriktirish hozirgi kunda maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.
Buvayda tumanida aholi tadbirkorlari tomonidan mahsulotlarni qayta ishlash darajasi o‘ta pastligi ya’ni davlat tomonidan ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha qayta ishlash ko‘rsatkichlari savsavotlar bo‘yicha 2021 yilda o‘tgan yillarga nisbatan 183,15 foizga o‘sgan bo‘lsada jami yetishtirilgan sabsavotlar bo‘yicha 3,2 foizni tashkil qilgan. Mevani qayta ishlash 2021 yilda 2019 yilda 238,9 foizga va 2020 yillarga nisbatan 211,2 foizga o‘sgan lekin jami yetishtirilgan mevalarga nisbatan olib qaralgan 14,4 foizgina qayta ishlanayapti xolos. Keyingi uch yil ichida muttasisil ko‘rsatkichlar pastlab borganligini ko‘rish mumkin. Go‘sht mahsuloti 2019 yilda 264,5 tonna, 2020 yilda 274,5 tonna va 2021 yilga kelib 267,6 tonna ya’ni o‘tgan yilga nisbatan 97 foizni tashkil etgan. Aholi tadbirkorligni ulishi ham 2 foizga kamaygan. Sutni qayta ishlash bo‘yicha esa 2020 yilda 3 784,4 tonna bo‘lgan bo‘lsa 2021 yilga kelib 3 068,1 tonna ya’ni 19 foizga kamaygan aholi tomonidan qayta ishlash esa 7,1 foizdan 5,1 foizga kamaygan. Bu raqamlardan ham ko‘rinib turibdiki Buvayda tumanida aholi tadbirkorligini rivojlantirish uchun yetarlicha sharoitlar bo‘lsada, uni rivojlantirishda hudud imkoniyatlari, ixtisoslashtirilganlik holatlariga e’tibor qaratilmagan. Dasturlarni ishlab chiqishda tajribali mutaxassislarning jalb etilmaganligi yoki loqaydlikka yo‘l qo‘yilgan deb izohlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |