III-BOB. AHOLI TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISHDA DAVLAT MOLIYAVIY RESURSLARIDAN FOYDALANISH YO‘LLARI
3.1. Aholi tadbirkorligini soliqqa tortish va moliyaviy holatiga ijobiy ta’sir etish masalalari.
Aholi tadbirkorligini tashkil etish hamda uni davlat tomonidan moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, shuningdek mamlakat iqtisodiy holati, moliyaviy resurslarni yaratish yuqoridagi 1.2 paragrafda aytib o‘tilganidek Davlat Moliya resurslari — davlat tashkil etadigan va o‘z vazifalarini bajarish uchun tasarruf qiladigan pul mablag‘lari hisoblanib, hozirgi davlatlar Moliya resurslarini yaratishning asosiy usuli tarzida soliqlardan tashkil topadigan soliq tizimini qo‘llaydi. Xuddi shunday mamlakatimizda ham ushbu tizimi axoli tadbirkorligida ham qo‘llanilib kelinmoqda. Xususan,
2019 yilning yanvaridan yakka tartibdagi tadbirkorlar ikki turga bo‘linadilar va har xil soliq to‘laydilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2018 yildagi qaroriga muvofiq. 2019 yil 1 yanvardan boshlab "O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari va 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan byudjet yo‘riqnomalari to‘g‘risida" gi PQ-4086-sonli buyrug‘i, unga muvofiq:
kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotishdan olingan daromadi 100 million so‘mdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliqni hisoblash va to‘lash tartibi saqlanadi;
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotishdan olingan daromad taqvim yilida 100 million so‘mdan oshgan, ammo bir milliard so‘mdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar 4 foiz stavka bo‘yicha yagona soliq to‘loviga o‘tadilar;
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotishdan tushgan daromad taqvim yilida bir milliard so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laydilar.
1mlrd so‘mdan ortiq oboroti bo‘lgan yakka tartibda-gi tadbirkor(YATT)lar yuridik shaxs sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tishlari zarur bo‘ladi, chunki Soliq kodeksining 126 moddasiga binoan daromad solig‘i to‘lovchilar yuridik shaxs hisoblanadilar;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2018 yilgi PQ-4086 sonli qarorining 8 punktiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga 2019 yil 1 fevralga qadar yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizasiya qilishdan olingan tushumni hisoblash va soliqlar to‘lash tartibini ishlab chiqish topshirilgan.
Soliq kodeksining 350 moddasida soliq davrida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizasiya qilishdan olingan tushumi belgilangan miqdordan oshgan, lekin bir milliard so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar yagona soliq to‘lovchilari (YAST) sifatida ko‘rsatilganlar.
Soliq kodeksining 373 moddasiga binoan agar yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq solinadigan mol-mulkka va (yoki) yer uchastkasiga ega bo‘lsalar, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va (yoki) jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lash majburiyati ularning zimmasida saqlanib qoladi.
Ya’ni barcha soliqlarni to‘lash xususiy tadbirkor sifatidagi oborotidan qat’iy nazar shart hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 257 moddasiga binoan tadbirkorlik faoliyatlari uchun suvdan foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq to‘lovchilar hisoblanadi.
Soliq to‘lash bo‘yicha majburiyat, shuningdek o‘zida hisob-kitob taqdim etishni ham taqozo etadi.
Qat’iy belgilangan soliq stavkalari 2019 yilda an’anaviy tarzda, ya’ni EKOIH hisobida emas, balki aniq miqdordagi so‘m hisobida taqdim etilgan.
3.1.1-jadval.
O‘zbekistonda 2019 yilda qat’iy belgilangan soliq stavkalari.
|
Faoliyat turi
|
Har oydagi qat’iy belgilangan soliqning miqdori (so‘mda)
|
Toshkent sh.
|
Nukus shahri, viloyat- ning markaziy shaharla-ri
|
Boshqa shaharlar
|
Boshqa aholi punktlari
|
1
|
Ulgurji savdo:
|
|
|
|
|
Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan
|
1 000 000
|
750 000
|
400 000
|
300 000
|
Dehqon bozorlarida qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan
|
400 000
|
200 000
|
100 000
|
50 000
|
Gazeta, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan
|
500 000
|
250 000
|
200 000
|
50 000
|
2
|
Maishiy xizmatlar
|
350 000
|
200 000
|
100 000
|
50 000
|
3
|
O‘z mahsulotini ishlab chiqarish va sotish, shu jumladan, milliy shirinliklar va non-bulka mahsulotlarini tayyorlash va sotish, shuningdek donalab sotiladigan ovqatlarning ayrim turlarini tayyorlash va o‘tirish joylari tashkil qilmasdan yoki joylardagi davlat hokimiyati organlarining qarori bilan maxsus ajratilgan joylarda sotish
|
300 000
|
200 000
|
100 000
|
50 000
|
4
|
Bolalar o‘yinchoq avtomatlari
|
300 000
|
200 000
|
100 000
|
50 000
|
5
|
Faoliyatning boshqa turlari
|
300 000
|
200 000
|
100 000,00
|
50 000
|
6
|
Avtomobil transportida yuk tashish bo‘yicha xizmatlar:
|
|
|
|
|
3 tonnagacha yuk ko‘taradigan yuk avtomobillari uchun
|
200 000
|
|
|
|
3 tonnadan ortiq yuk ko‘taradigan yuk avtomobillari uchun
|
300 000
|
|
|
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31 iyuldagi 219-sonli qarori bilan "Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga asosan xususiy tadbirkor xodimlarni yollashni amalga oshiridigan faoliyat turiga bog‘liq holda quyida keltirilgan jadvalga muvofiq 1 nafardan 3 nafargacha miqdorda amalga oshirishi mumkin.
3.1.2-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |